Konfutsiy ta’limotida nutq madaniyati masalalari
Konfut siy t a’limot ida nut q madaniy at i masalalari
X it oy da not iqlik san’at i Konfutsiy va uning ta’limoti Konfutsiylik tamoyillari va adabiyoti, bu dinning asosiy qoidalari Tahlilchilarning zamonaviylik va Konfutsiychilik haqidagi fikr va mulohazalariReja:
Konfutsiy yoki konfutsiychilik – Xitoydagi axloqiy- siyosiy ta’limot; keyinchalik eng ta’sirli uch asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan bizga) . Konfutsiyning ilk davomchilari – Men-sze (Mek Ke – miloddan avvalgi 371 – 289), Ven-sze (miloddan avvalgi VI asr), Xan Yuy (768 – 824) va boshqalar. Konfutsiy ta’limotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim o‘rin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga ko‘ra odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulug‘, mavqei baland kishilarni hurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo‘lishlari kerak.
“ Buyuk ta’limot” va “O‘rtalik haqida ta’limot” degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga ko‘ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashkil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Odob qoidalari tushunchasiga ko‘ra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson kamolatga erishadi.Uning negizida “sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning yetishishiga ko‘maklash”, “sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo ko‘rma” kabi hayotiy tamoyillar yotadi.
Konfutsiy milodiy birinchi asrda davlat ta’ limotiga aylandi, IX asrda buddizm, XI asrda daosizm ustidan to’la g‘alaba qozongan. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960- 1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.