Amir Temur dars ishlanma


Darsning mavzusi : Amir Temur Darsning maqsadlari: a) ta’limiy: Amir Temur haqida ma’lumot berish va “Temur o`gitlari”ni o’rgatish; b) tarbiyaviy: o’quvchilarda do’stlik va adolatlilik hislatlarini tarbiyalash. Darsning tashkiliy qismlari: Salomlashish; davomatni aniqlash; o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning shiori :” Kuch- adolatda ” Darsning turi: Innovatsion dars Darsning usuli: Interfaol Darsning jihozi: T.G’afforova va boshqalar: 1-sinf “O’qish” darsligi, T.: Sharq. 2012. 21-22-betlar, darsga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, boshqotirmalar, mavzuga oid qoidalar aks etgan ko’rgazmali vositalar. Darsning borishi: Darsning blok- sxemasi: 1. O’tgan mavzuni mustahkamlash 2. Yangi mavzuning bayoni 3. Klaster metodi 4. Quvnoq daqiqalar 5. Boshqotirma 6. Tez javob 7. Darsni mustahkamlash 8. O’tilgan darsni baholash va rag’batlantirish 9. Uyga vazifa Darsning qoidalari: 1.Darsda tinch o’tir va darsga tayyor bo’l 2. Qo’l ko’tarib javob ber 3. Darsda faol bo’l Darsning borishi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Vatan nima? 2. Qanday sport turlarini bilasiz? 3. Sog’lom bo’lish uchun nima ishlarni qilish kerak?
4. ”Vatan” she’ridan aytib bering. 5. Vatan haqidagi maqollardan ayting. Yangi mavzuning bayoni . O’qituvchi matnni ifodali o’qib beradi. Amir Temur Muhammad Ali Sohibqiron Amir Temur bobomiz buyuk davlatga asos solgan. Ona yurtimiz Turkiston diyorini butun dunyoga tanitgan. ”Kuch - adolatda” so’zlari uning uzugiga hamisha yaraqlab turgan. Bobomiz millat, Vatan sharafini hamma narsadan baland turgan. ”Olamni adl va ehson bilan obod etibmen”,- degan. U bunyodkor, ilm –fan homiysi va kuchli sarkarda bo’lgan. Zukko va donishmand Amir Temur betakror siymodir. Amir Temur o’gitlari Do’stlik haqida Aql va adolat haqidagi o’gitlari Kuch - adolatda Oq bo’lsang, ont ichma Qo’rqmasang, yov qochar Boshga qilich kelsa-da, rost so’zlaYaxshini yomon kunda sina Birliksiz kuch bo’lmas Sodiq va vafodor do’st o’z do’stini ranjitmaydi
Quvnoq daqiqa ”Top-top topishmoq” 1. Momiq yungli bir maymoq, O’zi ko’p o’yinqaroq. Sabzi, karam yemishi, Qo’sh kurak, ikki tishi. 2. Ham nordon, ham shirinman, Po’stimda yashirinman. Ichim to’la g’ij-g’ij don, Ko’rsang qolasan hayron. 3. Tuya desam kattakon, Usti keng-u, bir makon. “Bu kim?” Bu kim?
Rasmning nomini bosh harfini qo’yib o’qisangiz, mavzuga doir so’zni bilib olasiz. 1 . 2 . 3. 4 5 . Topishmoqlarning javobini topsangiz, mavzudagi so’zlardan birini bilib olasiz . 1 2 3 4