AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND ME’MORCHILIGI VA SHAHARSOZLIGI
MAV ZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAV RIDA SAMARQAND ME’MORCHILIGI VA SHAHARSOZLIGI
KIRISH I BOB. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida Amir Temur va temuriylar davri me morchiligining manbalarda aks ʼ etishi II BOB. Amir Temur davrida qurilish ishlarining kengayishi hududlar misolida 2.1. Amir Temurning Shahrisabzda amalga oshirgan qurilish ishlari tarixi 2.2. Amir Temurning ulug’ zotlarga ehtiromi me’morchilik ishlari misolida III BOB. Temuriylar davrida binokorlik va shaharsozlik ishlari tarixi 3.1. Mirzo Ulug’bek davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari 3.2. Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasining ahamiyati XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, 6 ta paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar r оʻ yxati hamda ilovalardan tarkib topgan. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi “ Ami r Temur dav ri da Samarqand me’morchiligi ning o‘ziga xos x ususiy at lari ” deb nomlangan b оʻ lib, bu bobda Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida, Amir Temur va temuriylar davri meʼmorchiligining manbalarda aks etishi tahlili masalalariga yoritilgan. Markaziy Osiyoni arablar istilo qilganining dastlabki yillarida bu yerga tashrif buyurgan tarixchilar va sayyohlar Movarounnahr shaharlarining uch qismdan, yaʼni ark yoki ko‘handiz, shahriston yoki madina va savdo-hunarmandchilik qismi-rabotdan tashkil topganligiga eʼtiborni qaratishadi. Baʼzi holatlarda shahriston ikkiga – ichki shahar va tashqi shaharga bo‘lingan. Arklar ilk o‘rta asrlarda shahristondan tashqarida joylashgan bo‘lsa (Buxoro, Panjikent), keyinchalik ko‘p holatlarda ular o‘zaro birikib, arklar hatto shahriston hududiga kirib ketgan. Bunga misol tariqasida o‘rta asrlardagi Buxoro va Samarqandni ko‘rsatib o‘tish mumkin. XIII asrga kelib, Samarqandni mo‘g‘ullar istilo etgan chog‘ida uning arki hozirgi Afrosiyob deb ataladigan ichki shahriston qalʼasi mudofaa devorlari ichida bo‘lgan. Bu ichki shahar to‘rt qator, yarim halqasimon mudofaa devorlaridan tashkil topgan. Har bir halqa sirtida chuqur mudofaa handaqlari bo‘lgan. Afrosiyobning janubida esa hozirgi Siyob bozoridan boshlab Ruhobod mavzeigacha, shaharning janubiy darvozasidan tashqarisidagi savdo-hunarmandchilik hududi-raboti mavjud bo‘lgan. Rabotning o‘zi ham ikki qismdan – ichki va tashqi rabotlardan tashkil topgan va ichki rabot tashqi shahar deb atalgan.