logo

Antik davrida O‘rta Osiyodagi etnogenetik jarayonlar

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1768.4521484375 KB
Antik  davrida O‘rta Osiyodagi 
etnogenetik  jarayonlar    
1. Iskandar Zulqarnay harbiy yurishlaridan keyin 
O‘rta Osiyodagi sotsial iqtisodiy va siyosiy 
o‘zgarishla r.

2. Qang‘, Dovon, YUnon- Baqtriya davlatlar i, 
YUechji qabilalarining kirib kelishi va 
xunlarning g‘arbga ko‘chib o‘tishi bilan tarkuiy 
elementlarning qalinlashishi .

3. Jetiasar va Qovunchi madaniyati ,  «O`rta Osiyo 
ikki daryo oraligi tipi»ning shakllanishi va uning 
antik davr etnik holatiga ta’siri Reja :   Har  bir  xalqning  etnnogenetik  tarixi 
mavjud.  Etnogenetik  jarayonlar  esa  juda 
uzoq  davom  etadigan  ijtimoiy  hodisadir.  Bu 
masalani  o‘rganishda  A.Asqarov  2-  ta  omilga 
e’tibor  qaratish  lozim  deydi:  1. 
O‘rganilayotgan  xalq  hozirgi  yashayotgan 
hududlari  bilan  azaldan  bog‘liqmi  yoki  yo‘q: 
2. Ushbu xalqning tili azaliy ajdodlar tili bilan 
birmi  yoki  bir  necha  tillar  qorishuvining 
mahsulimi.  Shu  nuqtai  nazardan  o‘zbeklar 
ham  xalq  bo‘lib  shakllanguniga  qadar  qator 
tarixiy  va  etnomadaniy  jarayonlarni  bosib 
o‘tgan Qadimgi  yozma  manbalar 
tahliliga  ko‘ra  neolit  va  bronza  davr 
O‘zbekistoning  tub  joy  aholisi  eroniy 
tillar  oilasining  sharqiy  lax;asida 
so‘zlashuvchi  so‘g‘diylar,  xorazmiylar, 
bohtariylar  va  sak  qabilalari 
bo‘lganligi  fanda  e’tirof  etilgan. 
Mustaqil  O‘zbekiston  aholisining  tili  – 
o‘zbek  tili  esa  turkiy  tillar  oilasiga 
kiradi.  Demak,  o‘zbeklar  2-  xil  tilda 
so‘zlashuvchi  (sharqiy  eroniy  va 
turkiy)  qabila  va  elatlarning 
qorishuvidan tarkib topgan etnosdir.     Evroosiyo  cho‘llarida  asosan  chorvachilik  (qisman 
dehqonchilik)  xo‘jaligi  bilan  shug‘ullanib  kelgan. 
Bu  aholi  yodgorliklari  “Andronov  madaniyati” 
nomi  bilan  fanga  ma’lum.  Ular  Janubiy  Sibir,  tog’‘li 
Oltoy,  Qozog‘iston  cho‘llari,  Qirg‘iziston  tog’‘  oldi 
adirlariga  keng  tarqalgan.  Ularning  O‘rta  Osiyoga 
kirib  kelishi  2  –  yirik  etnik  to‘lqin  bilan  bog‘liq: 
dastlab  ular  mahalliy  aholi  o‘zlashtirmagan 
rayonlarga  joylashib  erli  aholi  bilan  iqtisodiy 
aloqada  bo‘lgan  (Tozabog‘yob,  Qayroqqum, 
Andronov  madaniyatining  O‘rta  Osiyo  varianti); 
keyinroq  mil.avv  2  –  ming  yillikning  oxirgi 
choragida  ularning  juda  katta  guruhi  kelib,  O‘rta 
Osiyoning  qadimgi  dehqonchilik  madaniyati 
mintaqalarigacha borib etganlar

Antik davrida O‘rta Osiyodagi etnogenetik jarayonlar

 1. Iskandar Zulqarnay harbiy yurishlaridan keyin O‘rta Osiyodagi sotsial iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishla r.  2. Qang‘, Dovon, YUnon- Baqtriya davlatlar i, YUechji qabilalarining kirib kelishi va xunlarning g‘arbga ko‘chib o‘tishi bilan tarkuiy elementlarning qalinlashishi .  3. Jetiasar va Qovunchi madaniyati , «O`rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi»ning shakllanishi va uning antik davr etnik holatiga ta’siri Reja :

Har bir xalqning etnnogenetik tarixi mavjud. Etnogenetik jarayonlar esa juda uzoq davom etadigan ijtimoiy hodisadir. Bu masalani o‘rganishda A.Asqarov 2- ta omilga e’tibor qaratish lozim deydi: 1. O‘rganilayotgan xalq hozirgi yashayotgan hududlari bilan azaldan bog‘liqmi yoki yo‘q: 2. Ushbu xalqning tili azaliy ajdodlar tili bilan birmi yoki bir necha tillar qorishuvining mahsulimi. Shu nuqtai nazardan o‘zbeklar ham xalq bo‘lib shakllanguniga qadar qator tarixiy va etnomadaniy jarayonlarni bosib o‘tgan

Qadimgi yozma manbalar tahliliga ko‘ra neolit va bronza davr O‘zbekistoning tub joy aholisi eroniy tillar oilasining sharqiy lax;asida so‘zlashuvchi so‘g‘diylar, xorazmiylar, bohtariylar va sak qabilalari bo‘lganligi fanda e’tirof etilgan. Mustaqil O‘zbekiston aholisining tili – o‘zbek tili esa turkiy tillar oilasiga kiradi. Demak, o‘zbeklar 2- xil tilda so‘zlashuvchi (sharqiy eroniy va turkiy) qabila va elatlarning qorishuvidan tarkib topgan etnosdir.