logo

ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

15814.40234375 KB
ANTROPOGEN 
LANDSHAFTLAR Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda 
tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga 
qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning 
xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri  antropogen ta’sir  deyilib, 
uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi,
miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi.  Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy 
xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan
insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir. Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi 
boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli 
yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki 
chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi. Shu 
bilan birga, inson faoliyati ham turlichadir. Masalan, inson geotizimlarga konchilik sanoati orqali 
bir xil ta’sir ko‘rsatsa, shahar qurilishida boshqa xil, 
dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligida esa yana 
boshqacharoq ta’sir etadi. Natijada har xil daraja va 
ko‘rinishda inson uchun ijobiy va salbiy o‘zgargan 
geotizimlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat 
komponentlari  bilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqon-
chilikda tuproq, chorvachilikda va o‘rmonchilikda 
o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida 
tog‘ jinsi (foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi.  Binobarin, ushbu  komponentlar o‘sha hududlarda 
ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi. Ba’zan bu 
o‘zgarishlar boshqa komponentlarning ham u yoki bu 
darajada o‘zgarishiga olib keladi.  Ayrim xo‘jalik sohalarida inson ikki va undan ortiq 
tabiat komponent-lari bilan munosabatda bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproq va suv, sanoat 
ishlab chiqarishida tuproq, suv, havo, o‘simlik bilan 
munosabatda bo‘ladi. Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon 
geotizimlarning uzviy bog‘liqligi komponentlardan 
biriga biror maqsadda qilingan ta’sir, ko‘pincha boshqa 
komponentlarga ataylab qilinmagan ta’sirning sodir
bo‘lishiga olib keladi (suvomborlarini qurish – atrofdagi 
yerlarni suv bosishiga, yerosti suvlarining olinishi – yer 
yuzasining cho‘kishiga va h.k Aslida, xo‘jalik faoliyatining deyarli barcha turi (ishlab 
chiqarish, rekreatsiya, tabiatni muhofazalash, ilmiy-
tekshirish) amalda doimiy yoki vaqti-vaqti bilan 
geotizimlarga ta’sir etadi.  Mazkur ta’sirning miqyosi, tezligi va boshqa ko‘rsat-
kichlari asosida geotizimlar ma’lum darajada 
o‘zgarishga uchraydi. Geotizimlardagi o‘zgarish, o‘z 
navbatida, aholining sog‘lig‘i va xo‘jalik faoliyatida 
ijobiy yoki salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Aslini olganda, geotizimlar juda ko‘p va turli-tuman 
omillar ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi, o‘zgaradi. 
O‘tgan asrning 70-yillariga kelib, inson xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida o‘zgargan geotizimlarni  antropogen
landshaftlar  deb, ularni alohida o‘ziga xos geotizim 
sifatida ilmiy tadqiq etish boshlandi. Aslini olganda, inson, hozircha, butun boshli 
landshaftlarni yaratishga qodir emas. Inson o‘z xo‘jalik 
faoliyati davomida tabiiy landshaftlarning  u yoki bu 
xususiyatini o‘zgartiradi.  Landshaftga kiritayotgan biron  o‘zgarish (ya’ni, shu 
landshaftga xos bo‘lmagan o‘simlik, hayvon, tog‘ jinsi, 
suv va boshqlar) ham, aslida, boshqa bir landshaftdan 
olingan bo‘ladi.  Shuningdek, inson tomonidan kiritilgan “begona” 
tarkibiy qismlar ham shu landshaftdagi tabiiy 
qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Masalan, kanallar 
daryolarga o‘xshab qirg‘oqlarini va tubini yemiradi,
ulardan suv bug‘lanadi, qirg‘oqlarida to‘qayga xos 
o‘simliklar paydo bo‘ladi.  Suvomborlari ko‘llarga o‘xshab qirg‘oqlarini yemiradi, 
tagi oqiziq jinslar bilan to‘ladi, atrofdagi grunt suvlari 
sathiga ta’sir etadi. Muhandislik inshootlari va yo‘llar 
nurab, yemiriladi. Madaniy o‘simliklar shu landshaftga 
xos o‘simliklar bilan aralashib, moslashib ketadi
va h.k.. Shu nuqtayi nazardan antropogen ta’sir natijasida 
o‘zgargan landshaftlarni antropogen landshaftlar deb 
atashdan ko‘ra, antropogen omil ta’sirida o‘zgargan 
landshaftlar, deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Lekin bu atama qo‘llashda qulay emasligidan 
antropogen landshaftlar atamasidan foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, geotizimlar xususiyat-
larining turli-tumanligi va insonning xo‘jalik faoliyati 
har xilligi munosabati bilan Yer yuzida turli-tuman 
antropogen landshaftlar vujudga keldi, fan-texnika
rivojlangani sayin ularning yangi-yangi xillari paydo 
bo‘lmoqda.  Bu esa tabiatdan foydalanishni to‘g‘ri va oqilona tashkil 
etish uchun ularni tasniflashni taqozo etadi. Olimlar 
tomonidan antropogen landshaftlarning quyidagi turlari 
ajratiladi. F. N. Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlarda 
qay darajada aks etganini hisobga olib, barcha 
antropogen landshaftlarni 8 xil landshaft sinfiga ajratadi 
(5-jadval). Landshaft sinflari turlarga bo‘linib ketadi.                                                                             5-jadval
Antropogen landshaftlarning turlari
№ Antropogen landshaft sinfl ari   Antropogen landshaft turlari
1 Qishloq xo‘jalik landshaftlari  Dehqonchilik, bog‘dorchilik, o‘tloq-yaylov, aralash.
2 Sanoat landshaftlari   Karyer va tashlamalar, terrikonlar, psevdokarst va 
boshq.
3 Chiziqli-yo‘l landshaftlari Avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, neft va gaz quvurlari va 
boshq.
4 O‘rmon antropogen landshaftlari Daraxtzorlar (ihotazorlar), kesilgan o‘rmonlar o‘rnidagi 
ikkilamchi o‘rmonlar va boshq.
5 Suv antropogen landshaftlari  Suvomborlar, kanallar, ko‘llar, baliqchilik hovuzlari va 
boshq.
6 Rekreatsion landshaftlar Sanatoriylar, dam olish maskanlari atrofi dagi bog‘-
daraxtzorlar va boshq.
7   Seliteb landshaftlar   Shaharlar, qishloqlar
8 Belligerativ (lot. velligero – 
urush) Qo‘riqchilik tepalari, himoya qo‘rg‘onlari, devorlar, 
qal’alar xandaqlar, okoplar va boshq.             A. G. Isachenko antropogen ta’sir oqibatida
geotizimlarning qay darajada o‘zgarganligini asos qilib 
oladi va barcha antropogen landshaftlarni 4 guruhga 
ajratadi: 1.  Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar).  Ular 
bevosita inson ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga 
duchor bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson 
faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina
payqash mumkin, xolos. Masalan, baland tog‘lardagi 
qor-muzliklar va o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va h.k. 2.  Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar.  Bular, asosan, 
inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) 
xili ta’siriga duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday 
landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponent-
largagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzil-
magan va avvalgi o‘z holatini tiklab olishi mumkin; 3.  Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar.  Bu 
guruhdagi landshaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal 
ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p 
komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining
sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, 
karyerlar, konchilik  sanoati chiqindilari uyumlari va h.k. 4.  Madaniy landshaftlar.  Tuzilishi inson tomonidan 
jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan 
holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan,
sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, paxtazorlar, 
plantatsiyalar va h.k. Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda  madaniy 
va buzilgan landshaftlar  atamalari ko‘p ishlatiladi. 
Madaniy landshaft  – jamiyat manfaatlarini ko‘zlab 
xususiyatlari inson tomonidan ilmiy asosda va oqilona 
o‘zgartirilgan landshaftlar.  Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos: 
1) odamlarning yashashi uchun qulay, sog‘li g‘ini 
saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam 
beradigan muhit; 2) yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy 
samaradorlik. Bunda inson tomonidan landshaftlarning ichki imko-
niyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish 
va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy 
maqsad bo‘ladi. Respublikamizda uzoq yillardan buyon 
o‘zlashtirilib, obodonlashtiribkelinayotgan vohalar – 
madaniy landshaftlardir (4  a -rasm). Vohalarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga 
nisbatan aholi yashashi uchun ekologik muhit qulay, 
xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. Buni 
quyidagilarda ko‘rish mumkin: Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi vohalarda 
yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublikamiz yer 
fondining 1/10 qismini tashkil etgani holda qishloq 
xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 
9/10 qismini beradi. Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, 
aslida, landshaftlar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar 
natijasida to‘liq buzilishga uchramaydi. Balki ularning 
tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim 
qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. 
Shuning uchun “buzilgan yerlar” deb ifodalangani 
ma’qul. Buzilgan yerlar  – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar 
oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, yaroqsiz yoki 
kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining 
va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning 
vujudga keltirilishi munosabati bilan atrof-muhitga 
salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqimsiz manzarali 
hududlar.  Ular tuproq, suv, havoning ifloslanish manbayi 
hisoblanadi, odamlarning yashash va mehnat faoliyati 
muhitini murakkablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, 
insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga 
keladi.  Ekin dalalaridagi jarlar, suv omborlari yonidagi 
botqoqlar, konchilik sanoati hududlaridagi surilmalar, 
o‘pirilishlar va tashlamalar, chiqindixonalar va h.k. (4  b -
rasm).  Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta mablag‘ talab 
qilinadi. Respublikamizda hozirgi paytda bunday 
yerlarda yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, rekreatsiya
maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda foydalanilmoqda. Antropogen omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir 
ko‘rinishi texnika ta’siri bo‘lib, texnikaning tabiat bilan 
o‘zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik 
tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda  geotextizimlar
deb yuritiladi.  Geotextizim  tabiiy-texnik tizimlarning alohida o‘ziga 
xos geografik xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va 
texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va 
tizimning bir butunligi tushunchasi alohida ahamiyat 
kasb etadi. Geotextizimlarga misol tariqasida suv omborlari, yirik 
kanallar, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil zavod 
va fabrikalar, ular joylashgan landshaftlar hamda yon 
atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin
bo‘lgan landshaftlarni aytish mumkin. Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y 
beradigan jarayonlar bilan landshaftda yuz beradigan 
jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. Masalan, 
sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlarda
o‘simlik, tuproq kabi komponentlarning xususiyatlari 
texnika yordamida inson tomonidan belgilanib, sozlanib 
turiladi.  Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina 
emas, balkim yirik sanoat obyektlari atrofida ham 
shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik 
tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat 
obyekti o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi.  Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga 
oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli 
xil issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya 
kombinatlari, yirik qazilma konlar va boshqalar 
bajarishi mumkin. © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR

Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi.

Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.

Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi. Shu bilan birga, inson faoliyati ham turlichadir.

Masalan, inson geotizimlarga konchilik sanoati orqali bir xil ta’sir ko‘rsatsa, shahar qurilishida boshqa xil, dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligida esa yana boshqacharoq ta’sir etadi. Natijada har xil daraja va ko‘rinishda inson uchun ijobiy va salbiy o‘zgargan geotizimlar hosil bo‘ladi.