logo

Landshaftlarni zonal va vertikal tabaqalanishi

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3738.505859375 KB
Landshaftlarni zonal 
va vertikal 
tabaqalanishi  Reja:
 
2
 
3
 
4  
Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari
1
Antropogen landshaftlarning turlari
Geotextizimlar Madaniy landshaft Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri  antropogen ta’sir 
deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, 
miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi.
Bu bir tomondan 
geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy 
xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan insonning 
geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga 
bog‘liqdir.  Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi 
boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki 
kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki 
chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi. Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat 
komponentlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Lalmi dehqonchilikda 
tuproq, chorvachilikda va 
o‘rmonchilikda o‘simlik 
(o‘t o‘simliklar va daraxt), 
konchilik sanoatida tog‘ 
jinsi (foydali qazilma) 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon 
geotizimlarning uzviy bog‘liqligi komponentlardan biriga biror 
maqsadda qilingan ta’sir, 
ko‘pincha boshqa 
komponentlarga ataylab 
qilinmagan ta’sirning sodir 
bo‘lishiga olib keladi 
(suvomborlarini qurish – 
atrofdagi yerlarni suv 
bosishiga, yerosti 
suvlarining olinishi – yer 
yuzasining cho‘kishiga va 
h.k.).  Suv ombori O‘tgan asrning 70-yillariga kelib, inson xo‘jalik faoliyati 
ta’sirida o‘zgargan geotizimlarni  antropogen landshaftlar  
deb, ularni alohida o‘ziga xos geotizim sifatida ilmiy tadqiq 
etish boshlandi.   F. N. Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay 
darajada aks etganini hisobga olib, barcha antropogen 
landshaftlarni 8 xil landshaft sinfiga ajratadi (5-jadval). 
Landshaft sinflari turlarga bo‘linib ketadi.  A. G. Isachenko antropogen ta’sir oqibatida geotizimlarning qay 
darajada o‘zgarganligini asos qilib oladi va barcha  antropogen 
landshaftlarni 4 guruhga ajratadi: 
1. Shartli o‘zgartirilmagan 
(ibtidoiy landshaftlar).  Ular 
bevosita inson ta’siriga va 
xo‘jalikdagi faoliyatiga 
duchor bo‘lmagan 
landshaftlardir. 
Masalan, baland 
tog‘lardagi qor-muzliklar va 
o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va 
h.k.   2. Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar.  Bular, asosan, inson 
faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga 
duchor bo‘lgan landshaftlar.
Bunday landshaftlarda 
inson faoliyati ayrim 
komponentlargagina ta’sir 
etib, tabiiy aloqadorliklar 
hali buzilmagan va avvalgi 
o‘z holatini tiklab olishi 
mumkin; 3. Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar.
Bu guruhdagi landshaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal 
ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p 
komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli 
darajada buzilishiga olib kelgan.  Masalan, karyerlar, konchilik 
sanoati chiqindilari uyumlari va h.k. 4. Madaniy landshaftlar
Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan 
va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan 
landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, 
paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k. Antropogen omilning 
tabiatga bo‘ladigan 
ta’sirining bir ko‘rinishi 
texnika ta’siri bo‘lib, 
texnikaning tabiat bilan 
o‘zaro tutashib ketishi 
natijasida yaxlit tabiiy-texnik 
tizimlar vujudga keladi. 
Ularni fanda  geotextizimlar 
deb  yuritiladi. Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, 
balki yirik sanoat obyektlari atrofida ham shakllanishi 
mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik tizimlar sifatida 
tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti o‘zaro aloqa va 
ta’sirda bo‘ladi. Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. 
Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli xil issiqlik 
elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, yirik 
qazilma konlar va boshqalar bajarishi mumkin.

Landshaftlarni zonal va vertikal tabaqalanishi

Reja: 2 3 4 Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari 1 Antropogen landshaftlarning turlari Geotextizimlar Madaniy landshaft

Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.

Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi.

Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat komponentlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda va o‘rmonchilikda o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog‘ jinsi (foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi.