logo

LANDSHAFTLAR

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

639.830078125 KB
LANDSHAFTLAR RE JA:
1. LANDSHAFT TUSHUNCHA SIGA 
BO’LGA N  X ILMA-X IL  QARASHLAR.
2. LA NDSHAFTLAR YOSHIN I AN I QLASH  
MUAMMOSI .
3.LAN DSHAFTLAR KELA J AGI NI  
BASHORATLASH  MUAMMOSI .  LANDSHAFT   TUSHUNCHASIGA    BO’LGAN  
 QARASHLAR
  Landshaft so’zi aslida nemischa bo’lib, (land – 
yer va schaft – o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni 
anglatuvchi suffiks), umumadabiy tilda manzara, 
joyning ko’rinishi degan ma’noni anglatadi. Landshaft 
atamasi geografiyaga dastavval deyarli bir vaqtda 
A.A.Borzov, L.S.Berg, I.M.Krashennikov, 
L.F.Morozovlarning ilmiy ishlari orqali tabiiy geografik 
kompleks so’zining sinonimi sifatida kirib keldi. 
Keyinchalik landshaft tushunchasining 
chuqurlashtirish va uning ta’rifini 
mukammallashtirish jarayonida tabiiy geograflar 
uchga bo’linib kedi. LANDSHAFT   TUSHUNCHASIGA    
BO’LGAN   QARASHLAR
Landshaft  Umumiy 
tushuncha
Regional 
tushuncha
Tipologik 
tushuncha LANDSHAFT – UMUMIY TUSHUNCHA
  Birinchi guruh tabiiy geograflarining fikricha landshaft ham xuddi 
relyef, iqlim, tuproq, o’simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchadir. Bu 
holda landshaft atamasi xoxlagan ko’lamdagi tabiiy geografik komplekslarga 
nisbatan, ularning katta-kichikligidan qatiy nazar ishlatilishi mumkin.  Bu 
tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Y.K.Yefremov, V.I.Prokayev 
kabilar) fikricha landshaft bizning ko’z o’ngimizda tarixiy shakllangan va 
uzluksiz rivojlanishda bo’lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida 
namoyon bo’lgan o’zaro bog’liq va aloqador bo’lgan narsa, hodisalarning 
yig’indisidir. 
  Landshaftga berilgan bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, landshaft ham 
tabiiy geografik kompleks ham bir narsadir. Tabiiy geografik kompleks so’zi 
aniq ifodaga ega bo’lganiga qaramay, atama sifatida noqulay. Shuning uchun 
tabiiy geografik kompleks so’zining ma’nosini anglatadigan, ammo qisqagina 
va ishlatilishida qulay landshaft atamasidan foydalanilgan ma’quldir. Bu holda 
“landshaft qobig’i” atamasi “geografik qobiq” atamasining sinonimi sifatida 
ishlatilmoqda. LANDSHAFT – REGIONAL TUSHUNCHA
  Ikkinchi guruh geograflar ta’kidlashicha, 
landshaft ma’lum bir hududni egallagan, o’ziga xos 
xususiyatga ega bo’lgan regional birlikdir.   Landshaftni 
regional birlik, ya`ni geografik individum sifatida 
talqin qilish dastlab L.S.Berg ishlarida bayon qilingan.  
Landshaft A.A.Grigoryev, S.V.Kalesnik, A.G.Isachenko, 
N.A.Solnsev, K.I.Gerenchuk, N.I.Mixaylov, A.Saidov, 
Y.Sultonov, L.Alibekov, T. Jumaboyev,  A.Raxmatullayev 
va boshqa ko`pgina olimlar tomonidan regional 
mazmunda talqin qilinadi.  N.A.Solnsev landshaftni 
asosiy geografik birlik deb qaraydi va geologik 
tuzilishi, relyef shakllari, yer osti va yer usti suvlari, 
mikroiqlim, tuproq xillari, fito va zootsenozlari o’zaro 
bog’liq bo’lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib 
turadigan genetik jihatdan bir butun hududni 
landshaft deb qaraydi. N.A.Solnsev   Landshaft ta’rifini boshqacharoq va qisqaroq 
qilib A.G.Isachenko quyidagicha ta’riflaydi: “Landshaft – 
mahalliy ko’lamda geotizimlarning o’ziga xos 
yig’indisidan iborat bo’lib, o’zining zonal va azonal 
belgilari bo’yicha bir butun hamda genetic jihatdan 
yaxlit geotizimdir”. A.G.Isachenko fikricha landshaft 
o’zidan kichik geotizimlarning yig’indisidan iborat 
bo’lishidan tashqari o’zidan katta va murakkabroq 
tuzilgan geotizimning bir qismi bo’lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun landshaftlarning  hosil bo’lishini 
geografik qobiqning rivojlanishi va tabaqalanishining 
natijasi deb qarash kerak. Undan tashqari landshaft 
tabiiy geografik komplekslarning taksonomik birliklar 
tizimida shunday bir pog’onani egallaydiki, u o’zining 
azonal va zonal xususiyatlari bo’yicha bir butundir. 
Demak, tabiiy geografik rayonlashtirishning eng kichik 
va asosiy birligidir. A.G.Isachenko fikricha landshaft va 
tabiiy geografik rayon ikkalasi bir narsadir. Bu holda 
landshaft bir konturlidir. Yer yuzasida bir landshaft bir 
marta uchraydi. A.G.Isachenko LANDSHAFT – TIPOLOGIK TUSHUNCHA
  Uchinchi guruh geograflar landshaft – 
tipologik birlikdir degan tushuncha 
tarafdorlaridir. Ular landshaftlarning nisbatan 
bir xilligi tushunchasiga asoslanadilar. Bunda 
landshaft ma’lum xarakterdagi hudud yoki joy 
deb qaraladi. Bundan tashqari landshaft tabiiy 
komponentlar (geologic tuzilishi, relief, tuproq, 
o’simlik va h.k) ning dialektik birligi, majmuasi 
deb, hamda nisbatan bir xil bo’lgan tabiiy 
geografik kompleks deb qaraladi. Landshaftlar 
ularning hududiy tarqalishidan qat’iy nazar, 
xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
B.B.Polinov, I.M.Krashennikov, N.A.Gvozdetskiy, 
E.M.Murzayev, N.Babushkin, N.A.Kogay, 
M.U.Umarov, F.Baratov, Sh.S.Zokirov va boshqa 
bir qator olimlar tomonidan landshaft tipologik 
kompleks sifatda talqin qilinadi.      Landshaftga nisbatan bunday 
qarashning faol targ’ibotchisi bo’lgan 
N.A.Gvozdetskiyning aytishicha, landshaft – 
tabiiy geografik kompleksning turi, kichik turi, 
xilidir. Masalan, geomorfologiyada relief turi, 
tuproqshunoslikda tuproq turi, xili 
tushunchalari qaysi ma;noda ishlatilishi kerak. 
Masalan, dasht tuproqlari deyilganidek, dasht 
landshaftlari deb aytish mumkin. Landshaft 
tipologik birlik sifatida katta katta maydonlarni 
ham yoki kichik joyni ham egallashi mumkin. Bir 
xildagi yoki bir turdagi landshaft ma’lum 
hududda qayta qayta uchrashi, ya’ni ko’p 
konturli bo’lishi mumkin. U yoki bu 
landshaftning tarqalish areali kabi uzuq yuluq 
bo’lishi mumkin. Ana shunday landshaftlarning 
ma’lum bir yig’indisi tabiiy geografik rayonlarni 
tashkil qiladi.    Landshaftlar regional birlik deb qaralganda ular orasidagi har xillikka 
ko’proq e’tibor berilsa, tipologik birlik deb qaralganda uning nisbati bir xilligiga 
ko’proq e’tibor beriladi.
  Landshaft tushunchasiga nisbatan yuzaga kelgan bu uch xil qarashni 
landshaftshunoslikda hosil bo’lgan uch yo’nalish desa ham bo’ladi. 
Landshaftshunoslikka bag’ishlangan ko’pgina ilmiy asarlar, darslik va qo’llanmalarda 
asosan yuqorida bayon qilingan uch xil tushuncha haqida so’z yuritiladi. Ammo 
ularning qaysi biri haqiqatga yaqin, qaysi biri to’g’ri degan savolga kelganda 
mualliflar u yoki bu yo’nalishga qo’shilib ketadi. LANDSHAFTLAR YOSHINI ANIQLASH
  Landshaft taraqqiyoti yoki rivojlanishining muammoli 
masalalaridan biri bu landshaft yoshini aniqlash masalasidir. 
  Umuman olganda turli katta-kichik geotizimlarning yoshini 
aniqlash bo’yicha ozmi-ko’pmi ishlar qilingan va geotizimning ko’lami 
qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik oldinroq paydo bo’lgan degan 
xulosa mavjud. Ammo ularning yoshini qaysi vaqtdan boshlab 
hisoblash kerak degan masala hanuz munozarali hisoblanadi. Ayrim 
tabiiy geograflar landshaftning geologic-geomorfologik asosi qachon 
shakllangan bo’lsa, uning yoshini o’sha vaqtdan boshlash kerak desa, 
ayrimlari geotizim maydoni qachon muz bosish yoki dengiz bosishdan 
ozod bo’lgan bo’lsa o’sha vaqtdan boshlab hisoblashni taklif qiladi. Bu 
holda landshaftlarning Yoshi yuz minglab yoki millionlab yillarni o’z 
ichiga olib geologic davrlar bilan o’lchanishini mumkin. Ammo Orol 
dengizi atrofidagi yerlar bundan mustasno bo’lib qoladi.    Landshaftlar yoshini qaysi vaqtdan boshlab hisolash haqidagi 
yana bir fikr anchagina ma’qul ko’rinadi. Uning mazmuni shunday, 
landshaftning yoshini uning hozirgi ichki tuzilishi qachon shakllangan 
bo’lsa o’sha vaqtdan boshlab hisoblash kerak. Ammo landshaftning 
turli komponentlari turlicha rivojlanganligi uchun hamda landshaftlar 
haqida tarixiy ma’lumotlar juda kam bo’lganligi uchun uning ichki 
tuzilishi qachon hozirgi ko’rinishda rivojlana boshlaganligini aniqlab 
olish ilojsiz. Chunki landshaftdagi bir tuzilma o’rniga yangi ichki 
tuzilma hosil bo’lish jarayoni uzoq davom etadi. Shuning uchun 
landshaftlarning ham hosil bo’lish vaqtini hozirgi tabiiy geografik 
sharoitning asosiy xususiyatlari shakllana boshlagan vaqtdan 
boshlab hisoblagan ma’qul. Masalan Turon provinsiyasi yirik 
geotizimining hozirgi tabiiy sharoitining shakllanishi oligotsen – 
to’rtlamchi davr mobaynida davom etgan. Ammo Turon 
provinsiyasida joylashgan undan kichikroq bo’lgan geotizimlar 
masalan tabiiy geografik okruglar turli kelib chiqish tarixiga ega. 
Bularning ichida eng Yoshi Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi 
bo’lsa, nisbatan qarirog’I Qizilqum tabiiy geografik okrugidir.    Ko’rinib turibdiki, landshaftning yoshini aniqlash jarayonida 
ikkita narsaga e’tibor berish kerak. Birinchisi hozirgi landshaftning 
oldingi ichki tuzilishi asosida shakllangan birlamchi unsurlaarning 
Yoshi va ikkinchisi landshaftning hozirgi tuzilishi. Xulosa qilib 
aytadigan bo’lsak landshaftning yoshini aniq qilib 2-3 yoki 10 yil deb 
aytish mumkin emas. Ammo landshaftlardan oqilona foydalanish va 
landshaftlar kelajakda qanday ko’rinishda bo’lishini oldindan aytib 
berish uning yoshini aniqlashdan ko’ra ko’proq ahamiyatliroq. Buning 
uchun uning rivojlanishidagi barqaror va ma’lum bir yo’nalish va 
xususiyatlarni (shuningdek hozirgi vaqtda eng asosiy jihat 
landshaftlarga inson ta’sirini ham) aniqlab olish muhim. Inson 
faoliyatining tabiatga va uning jarayonlariga ta`siri tobora kuchayib 
borayotgan sharoitlartda bu ta`sirni optimallashtirish (tartibga soish, 
cheklash)ning muhim amaliy ahamiyatga ega. LANDSHAFTLAR KELAJAGINI BASHORATLASH
    Landshaftlarni o`rganish muhim umumilmiy va  amaliy ahamiyatga ega. 
Chunki, landshaftlar – tabiiy resurslarga ega bo`lgan va resurslar qayta tiklanadigan 
hamda bevosita insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit. Landshaft – 
insonning  hayoti va turli xil faoliyatining muhiti sifatida qaraladi. Bundan tashqari 
xo`jalik tarmoqlari uchun landshaft qayta tiklanadigan resurslarni ishlab chiqarish 
manbai, qishloq va o`rmon ho`jaligi uchun  biomassa qayta tiklanishining tabiiy 
tuzilmasidir. Landshaftlar resursli tabiiy sistema sifatida muhofaza qilinayot ganda 
uning resurslarni qayta tiklaydigan xossalarini asrash, eroziya, ifloslanish tu
 fayli 
buzilishidan saqlash kabi tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilish lozim.
Dastlab ki vaqtlarda  landshaftshunoslikning muhim vazifalaridan birini  real 
vaqtda  mavjud bo`lgan tadqiqot ob`yektlari – tabiiy  geografik  komplekslarni  o’rganish  
va ularning kartalarini tuzishdan iborat bo`lgan edi.  Hozirgi vaqtda esa  
landshaftlarning   kelajakdagi holatini  bashoratla sh  ishlari  ahamiyati oshib ketdi.  
Endilikda tabiiy geografik komplekslar bir butun mexanizmlar – sistemalar sifatida 
qanday mavjud bo`ladi, ularning rivojlanish qonunlari qanday, degan savollarga javob 
berish muhimroq. Landshaftlarni kelajakdagi holatinin oldindan bashorat qilish 
landshaftshunoslik oldida turgan jiddiy vazifa. Bu vzaifani bajarish fanning amaliy 
ahamoyatini keskin oshiradi. E’ TIBORIN GIZ UCHUN  
RA HMAT!

LANDSHAFTLAR

RE JA: 1. LANDSHAFT TUSHUNCHA SIGA BO’LGA N X ILMA-X IL QARASHLAR. 2. LA NDSHAFTLAR YOSHIN I AN I QLASH MUAMMOSI . 3.LAN DSHAFTLAR KELA J AGI NI BASHORATLASH MUAMMOSI .

LANDSHAFT TUSHUNCHASIGA BO’LGAN QARASHLAR Landshaft so’zi aslida nemischa bo’lib, (land – yer va schaft – o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni anglatuvchi suffiks), umumadabiy tilda manzara, joyning ko’rinishi degan ma’noni anglatadi. Landshaft atamasi geografiyaga dastavval deyarli bir vaqtda A.A.Borzov, L.S.Berg, I.M.Krashennikov, L.F.Morozovlarning ilmiy ishlari orqali tabiiy geografik kompleks so’zining sinonimi sifatida kirib keldi. Keyinchalik landshaft tushunchasining chuqurlashtirish va uning ta’rifini mukammallashtirish jarayonida tabiiy geograflar uchga bo’linib kedi.

LANDSHAFT TUSHUNCHASIGA BO’LGAN QARASHLAR Landshaft Umumiy tushuncha Regional tushuncha Tipologik tushuncha

LANDSHAFT – UMUMIY TUSHUNCHA Birinchi guruh tabiiy geograflarining fikricha landshaft ham xuddi relyef, iqlim, tuproq, o’simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchadir. Bu holda landshaft atamasi xoxlagan ko’lamdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan, ularning katta-kichikligidan qatiy nazar ishlatilishi mumkin. Bu tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Y.K.Yefremov, V.I.Prokayev kabilar) fikricha landshaft bizning ko’z o’ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda bo’lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo’lgan o’zaro bog’liq va aloqador bo’lgan narsa, hodisalarning yig’indisidir. Landshaftga berilgan bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, landshaft ham tabiiy geografik kompleks ham bir narsadir. Tabiiy geografik kompleks so’zi aniq ifodaga ega bo’lganiga qaramay, atama sifatida noqulay. Shuning uchun tabiiy geografik kompleks so’zining ma’nosini anglatadigan, ammo qisqagina va ishlatilishida qulay landshaft atamasidan foydalanilgan ma’quldir. Bu holda “landshaft qobig’i” atamasi “geografik qobiq” atamasining sinonimi sifatida ishlatilmoqda.