logo

TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23211.651367188 KB
TABIATNI MUHOFAZA 
QILISHNING
GEOGRAFIK ASOSLARI  Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti 
munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora 
kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy 
oqibatlarga olib kelmoqda.    Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay 
ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib 
qolmoqda.   Tabiatni muhofaza qilish  deganda, tabiatni insoniyat 
manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda 
o‘zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, 
hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan
barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat 
va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilishning  eng asosiy masalalari  – 
atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha 
turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, 
hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona
va isrof qilmay foydalanish. Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo‘li mavjud. 
Birinchisi,  alohida muhofaza etiladigan hududlar 
ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlar yoki noyob tabiat 
yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o‘simlik
va hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish tadbirlari amalga 
oshiriladi. Ikkinchisi,  keng qamrovli bo‘lib, tabiatni undan xo‘jalik 
maqsadlarida foydalanish jarayonida muhofaza qilishni 
o‘z ichiga oladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar  – tabiatni 
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-
madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv 
(akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy 
bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, buyurtma-
xonalar kiradi. Milliy bog‘  – alohida 
muhofaza etiladigan 
hududlarning eng yirik shakli 
bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik 
yoki tarixiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan tabiat komplekslarini, 
nodir tabiat obyektlari, 
xushmanzara landshaftlarini 
saqlash uchun tashkil qilinadi 
va tabiatni muhofaza 
qilishning maxsus rejimi bilan 
saqlanadi.    Milliy bog‘lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni 
muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi
mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun 
millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza 
tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi.    Milliy bog‘ hududi foydalanish va muhofaza qilish 
rejimi turlicha bo‘lgan maydonlarga – zonalar 
(qo‘riqxona, buyurtmaxona, tabiat yodgorliklari, dam 
olish zonasi va boshqalar)ga bo‘lib qo‘yiladi. Shunday qilib, tabiiy bog‘larni tashkil qilishda bog‘ 
maydoni, tabiiy sharoiti (relyef, o‘simlik)ni hisobga 
olish zarur. Bu esa bog‘ tabiiy landshaftlarini uzoq 
muddat saqlashga imkon beradi.  Respublikamizda 3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: 
Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy  tabiat bog‘lari 
hamda Do‘rmon tabiat bog‘i.
Ugom–Chotqol davlat 
milliy tabiat bog‘i Zomin davlat milliy 
tabiat bog‘i    Qo‘riqxona  – har qanday 
xo‘jalik faoliyati 
taqiqlangan, tabiat 
komponentlari va 
landshaftlar qonun asosida 
qat’iy muhofazaga olingan 
joy.
Qo‘riqxona tabiatni 
muhofaza qilishning eng 
samarali shakllaridan biri.    Alohida muhofaza etiladigan hududlar orasida 
qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy 
vazifasi – tabiati o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan 
hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari 
uchun saqlashdan iborat.   Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda foydalanish, hatto,
pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin 
terish umuman ta’qiqlanadi. Ularning atrofi kam 
foydalaniladigan, muhofaza qilinadigan zona bo‘lishi 
kerak. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha 
saqlanadi.  Qo‘riqxona hududi turli hayvon va o‘simlik turlarini, 
ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini 
saqlash uchun ajratiladi. Ular inson tomonidan 
o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni
hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.   Bunday namunalar inson xo‘jalik faoliyatining biz 
uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga,
tabiatdan amaliy foydalanishda u yoki bu usul ning 
qanchalik maqsadga muvofi qligini nazorat qilishga 
imkon beradi.   U tabiat komponentlari 
o‘rtasidagi uzviy 
aloqadorlikni o‘rganib, 
tabiiy boyliklardan unumli 
foydalanish yo‘llarini 
ishlab chiqish uchun zarur. 
Qo‘riqxonalar
ilmiy muassasalar 
hisoblanadi. 
Respublikamizda 8 ta 
qo‘riqxona faoliyat 
ko‘rsatmoqda.    Biosfera rezervati  (lot. 
rezervo – saqlayman) – 
biologik xilma-xillikni 
saqlashni va bir vaqtda 
mintaqaning barqaror 
iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlash
maqsadida tabiiy va 
madaniy landshaftlar 
muhofaza qilinadigan joy.    Biosfera rezervati 
konsepsiyasi UNESKO 
tomonidan «Inson va 
biosfera» dasturi doirasida 
ishlab chiqilgan. Birinchi 
biosfera hududlari 1976-
yilda tashkil etilgan. 
Hozirgi kunda biosfera 
rezervatlari 411 ta bo‘lib, 
97 mamlakatga tegishli. Xalqaro mezonlarga ko‘ra, biosfera rezervatlari hududi
uchta zonaga ajratiladi:  qo‘riqlanadigan zona, bufer 
zona  va  oraliq zona.  Respublikamizda Quyi Amudaryo 
biosfera rezervati tashkil etilgan. Buyurtmaxona  – ayrim 
tabiiy obyektlar va landshaft-
larni saqlab qolish, takror 
ko‘paytirish va tiklash uchun 
mo‘ljallangan muhofaza 
etiladigan tabiiy hudud yoki 
suv havzasi. Ularning 
hududida ayrim tabiiy resurs-
lardan foydalanishga, 
tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsat-
maydigan xo‘jalik faoliyatiga 
ruxsat beriladi.    Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning
maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtma-
xonalar doimiy va  vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurt-
maxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilina-
digan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘pay-
tirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklan-
gandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona 
yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda  botanik, zoologik, geologik, ixtiologik  
(baliqlar),  ornitologik  (qushlar)  va boshqa xil 
buyurtmaxonalar tashkil qilinmoqda.
zoologik
ornitologikbotanik geologik
ixtiologik      Tabiat yodgorliklari  – jonli va jonsiz tabiatdagi noyob, 
diqqatga sazovor obyektlar: g‘orlar, sharsharalar, ajoyib 
shaklli qoyatoshlar (5-rasm), daralar, geyzerlar, 
buloqlar, relyefning g‘aroyib shakllari, geologik
ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar va 
boshqalar.  Tabiat yodgorliklari milliy bog‘, qo‘riqxona va 
buyurtmaxonalardan farq qilib, asosan, muhofazaga 
olingan ayrim nodir tabiiy yoki antropogen obyektlardir.  Tabiat yodgorliklarining ko‘zga yaqqol tashlanib 
turadigan xo‘jalik ahamiyati bo‘lmasligi mumkin, lekin 
ulardan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, 
istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Shuning
uchun ham ularni muhofaza qilish zarur. Tabiat yodgorliklarini umumiy xususiyatiga qarab 
geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, 
astronomik va landshaft yodgorliklariga  bo‘linadi.
geologik-geomorfologik
botanik
paleontologik astronomik landshaft      Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan 
foydalanish murakkab tadbirlar tizimi bo‘lib, ularni 
oqilona tashkil etish uchun quyidagi geografik-ekologik 
tamoyillarga amal qilinadi. Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro 
ekologik muvozanat tamoyiliga  ko‘ra, har bir tabiiy 
chegaralangan hududda jonli va jonsiz tabiat orasida 
shunday teng munosabat mavjudki, bunda ular
bir-biri bilan muayyan tabiiy muvozanatda bo‘ladi. Lekin, ulardan birining tashqi ta’sir natijasida buzilishi 
uzoq muddatli muvozanatni izdan chiqishiga olib 
keladi. Ekologik muvozanat tabiatda juda ham mo‘rt 
bo‘lib, ko‘p hollarda o‘simlik olamining qashshoq-
lanishi, suv maromining buzilishi va tuproq qoplami-
ning yemirilishi bilan bog‘liq. Ekologik muvozanat barqarorligi geotizimlarning qaysi 
taksonomik pog‘onadaligiga bog‘liq. Masalan, ekologik 
muvozanat landshaftda joyga nisbatan, joyda esa 
urochishega nisbatan, urochisheda esa fatsiyaga
nisbatan barqaror hisoblanadi.
landshaft
urochishe     Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik 
tamoyiliga  asosan ishlab chiqarish jarayonida va 
kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli 
chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni 
tozalab, butunlay zararsizlantirish lozim. Ushbu tamoyilning amaliyotga tatbiq etilishi ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkam-
lash, kasallik keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi 
manbalarni yo‘qotish va shu kabi ekologik 
muammolarning oldini olishda yuqori samara beradi. Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish 
tamoyili  tabiiy resurslarning ma’lum miqdorga egaligi, 
ularning o‘z miqdori va foydalanish me’yori mavjud 
ekanligiga asoslanadi.  Ushbu me’yorga amal qilmaslik ularning qashshoq-
lanishi va ifoslanishiga, modda va energiya almashi-
nuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada geotizim-
larning ekologik muvozanati buzilib, o‘zgarishiga olib 
keladi, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonini 
murakkablashtiradi, sun’iy taqchilliklarga sabab bo‘ladi.  Masalan, dehqonchilikda suvdan ortiqcha foydalanish
tog‘oldi va yuqori terrasa landshaftlarida eroziya, 
suffoziya, karst, surilma kabi tabiiy geografi k 
jarayonlarni tezlashtiradi yoki yuzaga keltiradi.   Quyi terrasalardagi landshaftlarda esa suv tanqisligi, 
botqoqlanish,flora va faunaning kamayishi kabi ko‘plab 
ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni keltirib 
chiqaradi. Axborotning to‘liqligi tamoyili.  Geotizimlarning 
xususiyatlari va rivojlanishi haqida mutlaqo ishonchli, 
ilmiy asoslangan ma’lumotga ega bo‘lmasdan, uni 
o‘zlashtirishga urinib, osongina zarar keltirish mumkin. Geotizimlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay 
turib, amalga oshirilgan tadbirlar oqibatida tabiatda 
muayyan o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiatning aks ta’siri 
unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha barobar
oshib ketishi mumkin. Masalan, Orol va Orolbo‘yidagi 
ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. Xilma-xillikning zarurligi tamoyili . Tabiatni muhofaza 
qilish va tabiatdan foydalanish tadbirlarini qo‘lla-
yotganda turli usullar, ayniqsa, biologik xilma-xillikga, 
asosan, mahalliy elementlarga katta e’tibor berish kerak. Chunki, o‘simliklar eroziya, sel, ko‘chki kabi jarayon-
larning oldini olishda va geotizimlarning barqarorligini 
ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi.  Ayniqsa, antropogen landshaftlar bir xil ekinlardan 
iborat bo‘lib qolsa (masalan, paxta, sholi, bug‘doy, 
makkajo‘xori) ob-havodagi ozgina o‘zgarish yoki ayrim 
kasallik va zararkunandalar bunday landshaftlarni
birdaniga xarob qilishi mumkin. Tabiatni muhofaza 
qilish va tabiatdan foydalanishda bunday holatlarni 
hisobga olish zarur.                         Tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza 
                   etiladigan hududlar, milliy bog‘, qo‘riqxona, 
           biosfera rezervati, buyurtmaxona, tabiat 
yodgorligi. © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI

Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.

Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay foydalanish.