ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI
ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi.
Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi.
Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi.
Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.