logo

Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro va milliy huquqiy standartlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

533.259765625 KB
Mavzu: Atrof muhitni muhofaza qilishning 
xalqaro va milliy huquqiy standartlari 
■ Bugungi kunda er sharidagi ko`plab ekotizimlar zaxirasi deyarli 
butkul tugab, ortga qaytarib bo`lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz 
ustiga aholi nufusi o`sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj 
kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof muhitni saqlash har 
qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
■ Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishga bag`ishlangan 
huquqiy asoslar xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar asosida 
ko`rib chiqildi Atrof-tabiiy muhitni muhofaza 
qilishning xalqaro standartlari.
■ Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro doirada qo`yilgan birinchi qadam 1913 
yilda Bern (Shvesariya)da 18 ta davlat ishtirokida "Tabiatni muhofaza qilish" bo`yicha 
xalqaro konferensiya o`tkazish bo`ldi. 1923 yilda esa Parijda birinchi xalqaro tabiatni 
muhofaza qilish kongressi bo`lib o`tdi. 1928 yilda Bryussel (Belgiya)da "Tabiatni 
himoya qilish xalqaro byurosi" ochildi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida Atrof-tabiiy 
muhitni muhofaza qilishga e`tibor bir muncha kuchaydi.
■ 1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof-
muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot 
faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT dastlab 1948 yilda 
"Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" "Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi" ga 
aylantirdi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 
636 tadan ziyod davlat va jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etmoqdalar. ■ Shuningdek, bugungi kunda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi 
atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Xususan: 
■ YuNESKO - ta`lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining 
asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy 
tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan. 
■ FAO - oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U er, suv, o`simlik va hayvonlardan 
kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi. 
■ JST - xalqaro sog`liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar gigienik 
masalalari bilan shug`ullanadi. 
■ XMT - xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umum sayyoraviy o`zgarishlar bilan 
shug`ullanadi. 
■ DMT - dengizlar bo`yicha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va 
okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi. 
■ Yuqoridagilardan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi 
kengashi - EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e`tibor beriladi. Xalqaro atrof-tabiiy muhitni 
muhofazalash kuni
■ 1972 yilda Stokgolm (Shvesiya)da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari 
ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo`yicha konferensiyasi o`tkazildi. Uning natijalari 
asosida "Atrof-muhit to`g`risida deklarasiya" qabul qilindi.
■ Stokgolm konferensiyasi qarorlari BMTning 32 -Bosh Assambleyasida ko`rib chiqildi va ular asosida 
11 ta rezolyusiya qabul qilindi. Bu rezolyusiyalarda BMTning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi 
tadbirlarining tashkiliy ma`muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi.
■ Atrof-muhit muhofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e`tiborini yanada kuchaytirish maqsadida 
1972 yil BMTning 1-jahon kongressida har yili 5 iyunni "Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni" deb e`lon 
qilindi. Shu yili BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va 
moliyaviy tadbirlarini belgilovchi "Tashqi muhit bo`yicha BMTning ish dasturi" (YuNEP) va uni 
boshqaruvchilari Kengashi ta`sis etildi. 1973 yil (Stokgolm) mazkur kengashning 1-sessiyasida 
"Atrof-muhit sohasidagi harakat dasturi" muhokama qilinib, unda XEHning 7 ta eng asosiy 
yo`nalishlari belgilab berildi.
■ 1982 yilda BMT "Umumjahon tabiat Hartiya"sini tasdiqladi. Uni insonning tabiatga munosabatini 
belgilovchi o`ziga xos kodeksi deyish mumkin. ■ Shuningdek, BMTning 2030 yilgacha bo`lgan davrda Barqaror Rivojlanish 
sohasidagi 17 ta milliy maqsad va vazifalarning 13, 14, 15 maqsadlari bevosita 
atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi vazifalarni va yo`nalishlarni belgilab 
bergan.
■ Bunda:
■ 13-maqsad: Iqlim o`zgarishiga qarshi kurash – Iqlim o`zgarishi va uning 
oqibatlariga qarshi kurash bo`yicha tezkor choralarni ko`rish;
■ 14-maqsad: Dengiz ekotizimlarini asrash – Barqaror taraqqiyot yo`lida okeanlar, 
dengiz va dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish;
■ 15-maqsad: Er ekotizimlarini asrash – O`rmonlardan oqilona foydalanish, 
qumlanishga qarshi kurash, erlarning tanazzulga uchrashi jarayonini to`xtatib, 
erlarni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning yo`qolib ketishini to`xtatish. 5- iyun Jahon atrof muhitni 
muhofaza qilish kuni  Atrof-tabiiy muhitni muhofaza 
qilishning milliy standartlari
■ Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari birinchi navbatda 
O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida o`z aksini topgan. Konstitusiyaning 
50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolaring ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, 
atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`g`inlarining faoliyati belgilangan. 
Jumladan, 50-moddada "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo`lishga majburdir"lar deyiladi. 100-moddada atrof-muhitni muhofaza qilish 
mahalliy hokimlik organlari vazifasiga kirishi ta`kidlangan.
■ Shuningdek, 1996 yil 27 dekabrda O`zbekiston Respublikasining "Atmosfera 
havosini muhofaza qilish to`g`risida"gi qonuni qabul qilingan. Qonun 30 ta 
moddadan iborat bo`lib, atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonun 
hujjatlari, fuqarolarining huquq va majburiyatlari, standartlar va me`yoriy hujjatlar, 
havo muhitiga zarar etkazganlik uchun javobgarlik kabi moddalar mavjud. ■ Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.04.2021 yildagi 
«O zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitni ʻ
muhofaza qilishning iqtisodiy me х anizmlarini yanada 
takomillashtirish to g risida»gi	
 	ʻ ʻ 202 -son qaror qabul 
qilindi. Ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni 
himoya qilish tizimining yangi bosqichi – yangi 
Konstitutsiyada ekologiya masalasi
■ Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 
"O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun 
loyihasi e'lon qilindi. Loyihada asosiy 
qonunning 64-ta moddasiga 200 dan ortiq 
o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani 
o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-
moddalar) qo‘shish taklif etilmoqda. Bu 
takliflarning ichida ekologiya masalasi 
dolzarb masalalardan biridir. Chunki, 
hozirgi davrda ekologik muammolar faqat 
bizning yurtimizda emas, butun dunyo 
bo‘yicha asosiy masala bo'lib 
ko‘tarilmoqda. ■ Davlatimiz rahbari tomonidan ekologik 
xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilib, 2020-yil 23-
sentyabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 75-
sessiyasidagi so‘zlagan nutqida jahon 
hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning 
jiddiy muammolaridan biri - global iqlim 
o‘zgarishlariga to‘xtalib, bugungi kunda har bir 
mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his 
etayotganini, bunday o‘zgarishlar Markaziy 
Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf 
tug‘dirayotgani bildirildi. 
Hozirda yurtimizda boshqa sohalar qatori 
ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay 
tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va 
samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan 
ekologik muammolarning oldini olish va ularning 
salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga 
ham jiddiy e'tibor qaratish kerak. ■ Bundan tashqari, loyihaning 55-moddasini "Yer, yer osti 
boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy 
boylikdir, ulardan oqilona foydalanilishi lozim va ular 
davlat mulkida bo‘ladi. Yer qonunda nazarda tutilgan 
shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi 
mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon 
fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlariga 
ijara shartnomalari asosida ajratiladi. Tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi" jumlalari bilan to'ldirish taklif 
etilmoqda.
Yuqoridagi takliflar hozirda dolzarbligi bilan ajralib turadi. 
Konstitutsiyada ekologik-huquqiy normalarning o‘z aksini 
topishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug'lash 
sifatida fuqarolarning ekologiya va atrof-muhit 
muhofazasi sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini 
ta'minlashga, aholining qulay tabiiy muhitda hayot 
kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni 
yaratishga, tabiiy resurslardan oqilona va samarali 
foydalanishga hamda ekologik muammolarning oldini 
olishga xizmat qiladi.■ Shuning uchun ham yangilanayotgan Konstitutsiyada ekologiya masalasi bo‘yicha alohida modda kiritilmoqda. Bu 
moddaga "Har kim sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo‘lish hamda 
o‘z sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega" 
degan so‘zlar kiritilishi kutilmoqda. Shu bilan birga Konstitutsiyamizning 40-moddasida davlat barqaror rivojlanish 
prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni 
ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi belgilanmoqda. 
Yangi Konstitutsiya loyihasining 54-moddasida "Mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolarning, 
yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak"ligi 
belgilanmoqda. E’t iboringiz uchun rahmat !

Mavzu: Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro va milliy huquqiy standartlari ■ Bugungi kunda er sharidagi ko`plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib bo`lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o`sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi. ■ Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishga bag`ishlangan huquqiy asoslar xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar asosida ko`rib chiqildi

Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro standartlari. ■ Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro doirada qo`yilgan birinchi qadam 1913 yilda Bern (Shvesariya)da 18 ta davlat ishtirokida "Tabiatni muhofaza qilish" bo`yicha xalqaro konferensiya o`tkazish bo`ldi. 1923 yilda esa Parijda birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo`lib o`tdi. 1928 yilda Bryussel (Belgiya)da "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" ochildi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga e`tibor bir muncha kuchaydi. ■ 1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof- muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT dastlab 1948 yilda "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" "Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi" ga aylantirdi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat va jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etmoqdalar.

■ Shuningdek, bugungi kunda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Xususan:  ■ YuNESKO - ta`lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.  ■ FAO - oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U er, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi.  ■ JST - xalqaro sog`liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar gigienik masalalari bilan shug`ullanadi.  ■ XMT - xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umum sayyoraviy o`zgarishlar bilan shug`ullanadi.  ■ DMT - dengizlar bo`yicha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi.  ■ Yuqoridagilardan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi - EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e`tibor beriladi.

Xalqaro atrof-tabiiy muhitni muhofazalash kuni ■ 1972 yilda Stokgolm (Shvesiya)da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo`yicha konferensiyasi o`tkazildi. Uning natijalari asosida "Atrof-muhit to`g`risida deklarasiya" qabul qilindi. ■ Stokgolm konferensiyasi qarorlari BMTning 32 -Bosh Assambleyasida ko`rib chiqildi va ular asosida 11 ta rezolyusiya qabul qilindi. Bu rezolyusiyalarda BMTning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi tadbirlarining tashkiliy ma`muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi. ■ Atrof-muhit muhofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e`tiborini yanada kuchaytirish maqsadida 1972 yil BMTning 1-jahon kongressida har yili 5 iyunni "Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni" deb e`lon qilindi. Shu yili BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va moliyaviy tadbirlarini belgilovchi "Tashqi muhit bo`yicha BMTning ish dasturi" (YuNEP) va uni boshqaruvchilari Kengashi ta`sis etildi. 1973 yil (Stokgolm) mazkur kengashning 1-sessiyasida "Atrof-muhit sohasidagi harakat dasturi" muhokama qilinib, unda XEHning 7 ta eng asosiy yo`nalishlari belgilab berildi. ■ 1982 yilda BMT "Umumjahon tabiat Hartiya"sini tasdiqladi. Uni insonning tabiatga munosabatini belgilovchi o`ziga xos kodeksi deyish mumkin.

■ Shuningdek, BMTning 2030 yilgacha bo`lgan davrda Barqaror Rivojlanish sohasidagi 17 ta milliy maqsad va vazifalarning 13, 14, 15 maqsadlari bevosita atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi vazifalarni va yo`nalishlarni belgilab bergan. ■ Bunda: ■ 13-maqsad: Iqlim o`zgarishiga qarshi kurash – Iqlim o`zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo`yicha tezkor choralarni ko`rish; ■ 14-maqsad: Dengiz ekotizimlarini asrash – Barqaror taraqqiyot yo`lida okeanlar, dengiz va dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish; ■ 15-maqsad: Er ekotizimlarini asrash – O`rmonlardan oqilona foydalanish, qumlanishga qarshi kurash, erlarning tanazzulga uchrashi jarayonini to`xtatib, erlarni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning yo`qolib ketishini to`xtatish.