logo

Ayollar huquqini muhofaza qilishga oid milliy qonun hujjatlari

Yuklangan vaqt:

15.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

445.78515625 KB
Mavzu; Ayollar huquqini muhofaza 
qilishga oid milliy qonun hujjatlari 
•
                   Reja:
•
1. O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish 
huquqiy asoslari.
•
2. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida Ayollar 
huquqlarini himoya qilish qonunchilik tizimi.   O‘zbekistonda ayollar huquqlarini 
himoya qilishning huquqiy asoslari
•
Bugungi kunda xotin-qizlarimizni turmushini o‘tgan 
kunlarning o‘tmish sahifalariga yozilgan va bitilgan 
kechmishlariga aslo solishtirib bo‘lmaydi. Momolarimizni 
cheklangan huquqlari, siyosiy tugul oddiy o‘rta maktab 
ta’limini olish borasidagi cheklovlar va ularni yengish uchun 
qanchalik darajadagi chekkan mashaqqatlari ayollarning 
hozirgi huquq va manfaatlariga yetishishi  yo‘lida debocha 
bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat bizni 
mamlakatimizda balki, butun dunyoda ayollar huquqlarini 
himoya qilish har doim dolzarb bo‘lib kelgan. O'zbekistonda ayollar huquqlarini 
himoya qilish huquqiy asoslari. 
•
Ayollar huquqlarining global muammolari 
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eng muhim 
muammolardir. Bu sohadagi muammolar va 
muammolarni aks ettiruvchi bir necha asosiy 
jihatlarni sanab o‘tsak:
•
1. Gender tengsizlik: Erkaklar va ayollar o'rtasidagi 
tengsizlik asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Bu ish 
haqi, ta'lim olish imkoniyati, biznes va siyosiy 
faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlariga 
taalluqlidir. O'zbekistonda ayollar huquqlarini 
himoya qilish huquqiy asoslari 
•
2. Zo'ravonlik: Ayollarga nisbatan zo'ravonlik millionlab 
ayollar hayotiga ta'sir qiluvchi global muammodir. Bu 
oiladagi zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, odam savdosi va 
huquqlarning buzilishining boshqa shakllarini o'z ichiga olishi 
mumkin.
•
3. Ta'lim olish imkoniyati: Dunyoning ayrim hududlarida 
ayollar hali ham sifatli ta'lim olishda qiynalmoqda. Bu 
ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga to'siqlar yaratadi.
•
4. Sog'liqni saqlash: Bir qator mamlakatlarda ayollar sifatli 
tibbiy xizmatdan, jumladan, reproduktiv salomatlik 
xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu ularning 
farovonligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. •
5. Siyosat va yetakchilikdagi ishtiroki: Taraqqiyotga qaramay, 
ko‘plab mamlakatlarda ayollarning siyosat va yuqori 
rahbarlik lavozimlarida ishtirok etish darajasi hali ham yetarli 
emas.
•
6. Bolalar nikohi va bolalarga nisbatan zo'ravonlik: Ko'pgina 
qizlar majburiy turmushga chiqish va zo'ravonlikka duch 
kelishadi, bu ularning huquqlarining buzilishi va jiddiy 
ijtimoiy va psixologik oqibatlarga olib keladi.
•
7. Texnologiyadan foydalanish imkoniyati: Ayrim 
jamiyatlarda ayollarning axborot texnologiyalari va raqamli 
resurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan, bu esa 
ularning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun qo‘shimcha 
to‘siqlar yaratishi mumkin. •
Dunyo bo‘ylab ko‘plab guruhlar va tashkilotlar ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, 
qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va hayotning turli sohalarida xotin-qizlarning 
mavqeini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu 
muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda.
•
Mamlakat ayollar huquqlarini qay darajada ta'minlayotganini baholash turli 
jihatlarga, jumladan, qonunlar, siyosatlar, ijtimoiy-madaniy omillar va haqiqiy 
turmush sharoitlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Biroq, ayrim davlatlar tenglik va 
ayollar huquqlarini ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlari bilan taniqlidir. Shuni 
ta'kidlash kerakki, bunday mamlakatlarda ham muammolar mavjud bo'lishi 
mumkin va hech bir davlat bu sohada to'liq mukammallikka erishmagan. 
Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib 
hisoblanadi. O‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligi jamoada, guruhda, norasmiy 
birlashmada muloqot qilish va harakat qilish, boshqalar bilan samarali 
munosabatda bo‘lish, tengdoshlari, oilaning katta va kichik a’zolari, mahallalar 
oldidagi muayayn majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarishdari, o‘zini va 
o‘zgalarini rivojlantirish va faollashtirishga qaratilgan ongli hamda tizimli 
faoliyatidir •
Jamoat arbobi S.L.Rubinshteynning fikricha “ijtimoiy faollik 
faqat insonning ongli faoliyatida namoyon bo‘ladi”. Shu 
sababli ham jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish 
borasida мamalakatimizda ham juda ko‘plab islohotlar 
amalga oshirilgan va yanada amalga oshririb borilmoqda. 
Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” 
reytingida 2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball 
to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni, 
Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi.[1] “Gender 
Data Compass”  mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini 
yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta gender 
ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, 
imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi. •
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha bo‘limlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender 
statistikasiga oid ko‘rsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan yilga 
gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar rivojlanib 
bormoqda. So‘nggi yillarda Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni e’tirof 
etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari 
kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4235-on qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning 
loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 192-son qarori, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat 
granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni 
o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 4-yanvardagi 4-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-
yil 20-noyabrdagi “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorliknir rivojlantirish tizimini yana-da 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 919-son qarori,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 
12-apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini 
to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son qarorini e’tirof etish mumkin •
Shunungdek, 11-sentyabr 2023-yildagi PF-158-sonli O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030”  strategiyasining 25-
maqsadida Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv 
lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish. Jamiyatda xotin-
qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosaasizlik muhitini yaratish, 
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. «Ayollar 
daftari» bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur 
ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish nazarda tutilgan. Ushbu 
qabul qilingan qonun va qarorlar albatta mamlakatimizdagi xotin va 
qizlarning huquq va majburiyatlarini kafolatlab, shu bilan birgalikda 
ko‘pgina huquqbuzarliklarni oldini olishda ham samarali xizmat qiladi.   •
Milliy darajada ayollar maqomini oshirish va ularning iqtisodiy 
huquqlarini ham mustahkamlash bo'yicha dasturlar va tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Gender muammolarini hal qilishda respublika davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat va ilmiy tashkilotlari 
faoliyatining faollashishi hamda bir-biri bilan uyg`unlikda faoliyat 
yuritishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta buning uchun moliyaviy 
qo`llab – quvvatlash masalasi birinchi o`ringa chiqadi. 2024-yil 14-
martdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari va BMT 
Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Baxousning BMT shtab-
kvartirasidagi Ayollar maqomi boʻyicha komissiyaning 68-sessiyasida 
“Avlodlar tengligi”ga bagʻishlangan yon tadbirdagi kirish soʻzida, 
“...Bizning 2023-yil uchun gender istiqbollari haqidagi hisobotimiz 
CSW68 da muhokama qilinganidek, asosiy Barqaror rivojlanish 
maqsadlarida gender tengligiga erishish, jumladan, qashshoqlikka 
barham berish uchun yiliga qo'shimcha 360 milliard AQSh dollari 
zarurligini aniqladi •
Bu shuningdek, dunyo har yili qurol-yarog'ga sarflaydigan mablag'ning 
bir qismi, shuning uchun menimcha, bu bizning ayollarimizga, tinchlik va 
xavfsizlik kun tartibiga chaqiriq bilan birga keladi. Biz bu pullarni ayollar 
kamdan-kam yoki hech qachon boshlamaydigan urushlarga investitsiya 
qilish o'rniga ayollar va qizlar uchun ishlatishimiz mumkin.” [2]deb 
aytgan gaplari juda ham dolzarb. Chunki hozirgi jamiyatlarga katta bosim 
o'tkazadigan ko'plab inqirozlarga duch kelgan dunyoda gender tengligiga 
erishish har qachongidan ham muhimroqdir. Hayotning barcha 
jabhalarida ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash farovon va adolatli 
iqtisodiyotni, kelajak avlodlar uchun sog‘lom sayyorani ta’minlashning 
yagona yo‘lidir. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan 
himoya qilish  to‘g‘risida O'zbekiston 
Respublikasi qo
•
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-
avgustda qabul qilingan
•
Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda 
ma’qullangan
•
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
•
Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va 
zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat. •
2-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya 
qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
•
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish 
to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa 
qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
•
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida 
O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va 
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida 
nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. •
3-modda. Asosiy tushunchalar
•
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
•
jinsiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning 
roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish 
orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan 
zo‘ravonlik shakli, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik 
ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga 
yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish 
orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash; •
jismoniy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada 
bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida 
qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega 
boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki 
bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish 
orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan 
himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan 
zo‘ravonlik shakli;
•
zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy 
ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan 
tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, 
qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari 
hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat 
(harakatsizlik); •
iqtisodiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, 
ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan 
zo‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol 
topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-
sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk 
huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga 
oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);
•
ish joyi — o‘zi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat 
majburiyatlarini amalga oshirish yoki xizmat vazifalarini 
bajarish uchun bo‘lishi yoki borishi lozim bo‘lgan, ish 
beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat 
qilinadigan joy; •
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — xotin-qizlarning 
hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, 
tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar 
yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, 
shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va 
zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi iqtisodiy, 
ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi 
kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar tizimi; •
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xotin-
qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga 
olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni 
aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-
qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish huquqlaridan 
xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, 
ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar 
tizimi; •
himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan 
jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, 
xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga 
nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir 
guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda 
belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga 
sabab bo‘ladigan hujjat     Taqdimot yakunlandi... 
•
Etiboringiz uchun tashakkur 
•
           Samarqand - 2024-yil.

Mavzu; Ayollar huquqini muhofaza qilishga oid milliy qonun hujjatlari • Reja: • 1. O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish huquqiy asoslari. • 2. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida Ayollar huquqlarini himoya qilish qonunchilik tizimi.

O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari • Bugungi kunda xotin-qizlarimizni turmushini o‘tgan kunlarning o‘tmish sahifalariga yozilgan va bitilgan kechmishlariga aslo solishtirib bo‘lmaydi. Momolarimizni cheklangan huquqlari, siyosiy tugul oddiy o‘rta maktab ta’limini olish borasidagi cheklovlar va ularni yengish uchun qanchalik darajadagi chekkan mashaqqatlari ayollarning hozirgi huquq va manfaatlariga yetishishi yo‘lida debocha bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat bizni mamlakatimizda balki, butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish har doim dolzarb bo‘lib kelgan.

O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish huquqiy asoslari. • Ayollar huquqlarining global muammolari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eng muhim muammolardir. Bu sohadagi muammolar va muammolarni aks ettiruvchi bir necha asosiy jihatlarni sanab o‘tsak: • 1. Gender tengsizlik: Erkaklar va ayollar o'rtasidagi tengsizlik asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Bu ish haqi, ta'lim olish imkoniyati, biznes va siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlariga taalluqlidir.

O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish huquqiy asoslari • 2. Zo'ravonlik: Ayollarga nisbatan zo'ravonlik millionlab ayollar hayotiga ta'sir qiluvchi global muammodir. Bu oiladagi zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, odam savdosi va huquqlarning buzilishining boshqa shakllarini o'z ichiga olishi mumkin. • 3. Ta'lim olish imkoniyati: Dunyoning ayrim hududlarida ayollar hali ham sifatli ta'lim olishda qiynalmoqda. Bu ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga to'siqlar yaratadi. • 4. Sog'liqni saqlash: Bir qator mamlakatlarda ayollar sifatli tibbiy xizmatdan, jumladan, reproduktiv salomatlik xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu ularning farovonligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.