logo

Areal lingvistika

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2465.701171875 KB
Areal lingvistika
Re ja:
1. Areal lingvisika to‘g‘risida umumiy 
ma’lumot.
2. Areal lingvistika metodlari.
3. O‘zbekistonda lingvistik 
geografiyaning rivojlantirilishi.  Areal lingvistika (lingvistik geograflya) tushunchasi va 
uning mohiyati.  Bu terminlarning birinchisi lotincha area — 
maydon, kenglik, hudud hamda lingvistika - tilshunoslik, 
ikkinchisi esa lingvistika va geografiya tarkibiy qismlaridan 
iborat.  Areal lingvistika (lingvistik geografiya)  sheva 
xususiyatlarinining turli hududlarda tarqalishini maxsus belgilar 
va raqamlar vositasida karta(xarita)da, aks ettirish bilan 
shug‘ullanadigan dialektologiyaning bir bo‘lmidir, boshqacha 
aytganda, shevalarga yoki qarindosh tillarga xos bo‘lgan 
xususiyatlarning tarqalish chegaralarini xaritada ifodalashdir.   Lingvistik geografiya shevalarni o‘rganishning bir 
metodi hamdir. Fanda lingvistik geografiya va dialektologiya 
munosabatlariga ham e’tibor qaratiladi. Bu ikki hodisaning 
obyekti bir bo’lsa-da, ularning farqlari ham bor. Dialektologiya 
shevalarni monografiya, maqola va lug‘atlar yaratish orqali 
o‘rgansa va xulosalar chiqarsa, lingvistik geografiya ularni 
tizimga tushirib, kartalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuning 
uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning tadqiqot 
texnikasi deb ham yuritishadi. Lingvistik geografiyada quyidagi 
tushunchalarga asoslaniladi:   Izoglossa.  Bu so‘z lotincha bo‘lib, izo - teng, glossa - til 
degan ma’nolarni bildiradi va bir dialekt, lahja doirasidagi yoki bir 
til, qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar 
mosligi darajasiga ko‘ra tarqalishini ko‘rsatadigan shartli belgidir. 
Izoglossalar vazifasini  fonemalar, ularning variatsiyalari, 
morfemalar, ularning variantlari, grammatik shakllar, leksemalar 
bajarishi mumkin. Shu tufayli uning izofonema, izomorfema, 
izoleksema tiplari belgilanadi.  Izoglossalar qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan 
tillarga munosabati jihatidan ikki guruhga ajratiladi: 
1 . O‘zaro aloqadagi 
izoglossalar.  Bunday 
izoglosalar genetik 
umumiylikka ega 
bo‘lgan tillarga 
aloqador bo‘ladi.  2.  Konvergent izoglossalar. 
Bunday izoglossalar turli 
sistemadagi tillaming 
uzoq muddatli hududiy 
aloqalari (kontakti) 
natijasi samarasi sifatida 
yuzaga keladi va har ikki 
til uchun umumiy bo‘ladi. 
Bunda qarindosh 
bo‘lmagan tillar o‘z 
mustaqilligini saqlaydi.   Areal.  Izoglossalarning tarqalish hududini bildiradi. 
Yuqoridagi izoglossa turlarining bir necha hududlarda tarqalishini 
ko‘rsatadi. Masalan, birlamchi cho‘ziq unlilar Qozog‘iston, 
O‘zbekiston, Turkmaniston va boshqa hududlarda tarqalishi 
maxsus belgilarda kartada aks ettiriladi. Areal termini biologiya, 
geografiya, kimyo, antropologiya fanlarida ham qo‘llaniladi. 
Biologiyada hayvonlar va o‘simliklarning, geografiyada tabiat 
hodisalarining, kimyoda tabiiy boyliklarning, antropologiyada 
xalqlar va irqlarning tarqalish hududlari kartalashtiriladi.   Til landshafti.  Muayyan hududda til va bir necha 
shevalardagi izoglossalar va ularning joylashishi xususiyatidir. 
Ular turli ranglar vositasida ko'rsatiladi. 
Innovatsiya.  U izoglossalarning tarqalish markazini 
bildiradi. Masalan, labial singarmonizm qadimgi turkiy tilga xos 
bo‘lsa ham, qirg‘iz tilida mustahkamlanib qoldi va bu til orqali 
boshqa til va shevalarga tarqaldi. Demak, labial 
singarmonizmning innovatsion markazi vazifasini keyingi 
davrlar uchun qirg‘iz tili bajaradi.  Lingvistik karta.  Bunday kartalaming xususiy va umumiy 
turlari amalda bor. Aksariyat hollarda lingvistik kartalar kontur 
kartalarda amalga oshiriladi. Bir izoglossaning tarqalishi 
ko‘rsatilgan karta xususiy lingvistik kartadir. Bir guruh 
izoglossalar aks ettirilgan karta esa umumiy lingvistik karta 
hisoblanadi. Lingvistik kartada sheva yoki til hodisalarini - 
izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bevosita o‘zini ham 
yozish mumkin.
Sheva yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va 
ranglar vositasida jilo berilgan kartaning turi  lingvistik atlas 
deyiladi.   Lingvistik atlas umumlashtirish xarakteriga ega bolib, 
u sheva yoki biror tilning tarqalish chegarasini 
ko‘rsatgan rangli kartalar yig‘indisidir. Dunyo 
amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari 
bor. Bular quyidagilar: 
•
Venker G.  Shimoliy va markaziy Germanuyaning 
dialektokogik atlasi. 1881 (6karta).
•
Vrede F.  Nemis lingvistik atlasi. 1926-1932 (6 jild). 
•
Jilyeron J., Edmon E.  Fransiya lingvistik atlasi. 1896-1908. 
•
Yaberga K., Yuda I.  Italiya va Janubiy Shvetsariya dialektlari 
atlasi. 1928 .   Nemis lingvistik atlaslari: Rus tilining lingvistik atlasidan namuna: Areal lingvistika (lingvistik geografiya) metodlari. 
Areal lingvistika (lingvistik geografiya) shunday sohaki, u 
har bir sheva va dialekt haqida, uning madaniy, tarixiy 
xususiyatlari, o‘ziga xosligi bilan yaxlit ravishda tilshunoslik, 
tarix, etnografiya bilan shug‘ullanadigan xodimlar, 
mutaxassislarni keng tanishtirish imkonini beradi. Lingvistik 
geografiyada, avvalo, o‘rganilayotgan sheva kartasi uchun asos 
sifatida aholi geografiyasini aks ettirishga mo‘ljallangan kontur 
karta olinadi va aholi punktlari raqamlari belgilab chiqiladi.   Areal lingvistikaning asosini lingvistik tadqiqotlarda 
foydalaniladigan til hodisalari tashkil etadi. Shuning 
uchun areal lingvistikaning metodlarini farqlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: 
•
Muayyan til(shevalar) 
areali doirasida til (sheva) 
faktlarini  qayd qilish.  Bu 
jihatdan dialektologiya va 
lingvistik geografiya 
metodlari mos keladi. Sheva 
faktlarining haqqoniyligi 
areal lingvistikaning 
mukammalligini 
ta’minlaydi. •
  Areal lingvistika uchun 
tanlanadigan sheva 
materiallarini sharhlash. 
Dialektologik atlas tuzishda 
sheva faktlarining  sharhi 
muhim o‘rin tutad i.  O‘zbekistonda lingvistik geografiyaning rivojlantirilishi.
O‘zbekistonda dialektologik atlas yaratish ishi endigina 
rivojlanmoqda. Bu sohada Sh. Shoabdurahmonov, A. Jo‘rayev, 
Q.Muhammadjonov, A. Shermatov, Y. Ibrohimov, 
N. Murodovalarning tadqiqotlari mavjud. Sh.Shoabdurahmonov 
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib shevalar atlasini yaratishning nazariy 
qoidalarini ishlab chiqdi. A. Jo‘rayev areal lingvistikaning nazariy va 
amaliy asoslarini tadqiq qildi. Q. Muhammadjonov shimoliy o‘zbek 
shevalarini, A. Shermatov quyi Qashqadaryo shevalarini, 
Y. Ibrohimov va Z. Ibrohimovalar Orol bo‘yi o‘zbek shevalarini, 
N. Murodova Navoiy viloyati shevalarini kartalashtirgan.   Foydalanilgan adabiyo tlar:
1. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar.  O‘quv 
qo‘llanma.  –  Toshkent, 2014-yil. -80b.
2.      Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi . O‘quv qo‘llanma.  – 
Toshkent:Navro‘z, 2009-yil. -139b.
3. V.V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov. O‘zbek dialektologiyasi . O‘quv 
qo‘llanma.  –  Toshkent: O‘qituvchi, 1978-yil. -233b.
4. B. To‘ychiboyev, B. Hasanov. O‘zbek dialektologiyasi.  O‘quv qo‘llanma.  
– Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 2004-yil. -109b.     E’tiboringiz uchun 
rahmat!

Areal lingvistika Re ja: 1. Areal lingvisika to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 2. Areal lingvistika metodlari. 3. O‘zbekistonda lingvistik geografiyaning rivojlantirilishi.

Areal lingvistika (lingvistik geograflya) tushunchasi va uning mohiyati. Bu terminlarning birinchisi lotincha area — maydon, kenglik, hudud hamda lingvistika - tilshunoslik, ikkinchisi esa lingvistika va geografiya tarkibiy qismlaridan iborat. Areal lingvistika (lingvistik geografiya) sheva xususiyatlarinining turli hududlarda tarqalishini maxsus belgilar va raqamlar vositasida karta(xarita)da, aks ettirish bilan shug‘ullanadigan dialektologiyaning bir bo‘lmidir, boshqacha aytganda, shevalarga yoki qarindosh tillarga xos bo‘lgan xususiyatlarning tarqalish chegaralarini xaritada ifodalashdir.

Lingvistik geografiya shevalarni o‘rganishning bir metodi hamdir. Fanda lingvistik geografiya va dialektologiya munosabatlariga ham e’tibor qaratiladi. Bu ikki hodisaning obyekti bir bo’lsa-da, ularning farqlari ham bor. Dialektologiya shevalarni monografiya, maqola va lug‘atlar yaratish orqali o‘rgansa va xulosalar chiqarsa, lingvistik geografiya ularni tizimga tushirib, kartalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi. Lingvistik geografiyada quyidagi tushunchalarga asoslaniladi:

Izoglossa. Bu so‘z lotincha bo‘lib, izo - teng, glossa - til degan ma’nolarni bildiradi va bir dialekt, lahja doirasidagi yoki bir til, qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar mosligi darajasiga ko‘ra tarqalishini ko‘rsatadigan shartli belgidir. Izoglossalar vazifasini fonemalar, ularning variatsiyalari, morfemalar, ularning variantlari, grammatik shakllar, leksemalar bajarishi mumkin. Shu tufayli uning izofonema, izomorfema, izoleksema tiplari belgilanadi.

Izoglossalar qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarga munosabati jihatidan ikki guruhga ajratiladi: 1 . O‘zaro aloqadagi izoglossalar. Bunday izoglosalar genetik umumiylikka ega bo‘lgan tillarga aloqador bo‘ladi. 2. Konvergent izoglossalar. Bunday izoglossalar turli sistemadagi tillaming uzoq muddatli hududiy aloqalari (kontakti) natijasi samarasi sifatida yuzaga keladi va har ikki til uchun umumiy bo‘ladi. Bunda qarindosh bo‘lmagan tillar o‘z mustaqilligini saqlaydi.