Badiiy uslub
O’zbek tili Badiiy uslub
Badiiy uslub (tilning ta’sir qilish, targ’ibot, tashviqot vazifasi) - inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi ,o’quvchiga va tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Bu uslubda muallif tilning barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo’llashi mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy uslub keng imkoniyatga ega uslub turi hisoblanadi .
Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik , ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga , kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchida estetik zavq uyg`otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma’lum voqea- hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi.
. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Badiiy uslub so’z sa’natiga, timsoliy fikrlash sohasiga oid va funksional juhatdan biqiq – chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining nihoyatda keng va u timsollar, badiiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. Badiiy uslubda proza , poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiiy uslub timsol, ijod va shaxs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamiga mansub so’z va iboralar keng va faol ishlatiladi hamda estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi