logo

Rasmiy uslub

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

649.759765625 KB
Rasmiy uslub REJA:
•
Rasmiy uslub
•
Ilmiy uslub
•
Ommabop (publisistik) uslub
•
Badiiy uslub
•
So’zlashuv uslubi
•
  Uslubni yaratuvchi vositalar Rasmiy uslub
•
Rasmiy uslub   Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, 
qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. 
Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, 
tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu 
uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun 
tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir 
qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida 
qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar 
ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, 
qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, 
yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi.  Ilmiy uslub   
•
Ilmiy uslub   Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir 
ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. 
Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. 
Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan 
boshqa uslublardan farq qiladi. Misol uchun:  Yomg‘ir 
– suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. 
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi. Ommabop uslub   
•
Ommabop uslub   Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, 
ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, 
ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan 
hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan ko‘rinishi 
og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma 
ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. 
Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli 
so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda 
bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-
hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va 
birikmalardan unumli foydalaniladi:  1. Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil 
yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. 2. Partiya faollari o‘zlarining 
navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi.          Badiiy uslub   
•
        Badiiy uslub   Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks 
ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub 
badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik 
asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish 
bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi: 
O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda.  
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, 
vulgarizmlardan ham foydalaniladi. So’zlashuv uslubi    
•
So’zlashuv uslubi    Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida 
qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy 
til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb 
yuritilsa, bunday me’yorlariga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy 
so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha 
dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan 
tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
•
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik 
vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! 
Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! Uslubni yaratuvchi vositalar
•
Uslubiyat  tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, 
nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, 
sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish 
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda 
uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish 
yo‘llari, lug‘aviy, frazeologik va grammatik 
birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
•
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. 
Bularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: •
1. Leksik vositalar:  sinonim, omonim, antonim, 
paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning 
tagida yashiringan ma’no), sifatlash, 
o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, 
noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish 
kabilar), kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a 
(giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
•
2. Fonetik vositalar:  nutq tovushlari, ohang, 
urg‘u. •
3. Grammatik vositalar:  a) morfologik vositalar: har bir so‘z 
turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq 
gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma 
gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
•
Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan 
so‘zlar deb yuritiladi:  yanglig’  so‘zi badiiy uslubga,  omonim, 
sinonim  so‘zlari ilmiy uslubga,  balli, ketvorgan  kabi so‘zlar 
so‘zlashuv uslubiga,  faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon  kabi so‘z 
birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, 
kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar  uslubiy betaraf 
so‘zlar  hisoblanadi:  suv, tog’, bola, xat.  Bu so‘zlar ko‘chma 
ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin.

Rasmiy uslub

REJA: • Rasmiy uslub • Ilmiy uslub • Ommabop (publisistik) uslub • Badiiy uslub • So’zlashuv uslubi • Uslubni yaratuvchi vositalar

Rasmiy uslub • Rasmiy uslub   Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi.

Ilmiy uslub   • Ilmiy uslub   Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Misol uchun: Yomg‘ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.

Ommabop uslub    • Ommabop uslub   Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his- hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: 1. Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. 2. Partiya faollari o‘zlarining navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi.