Undalmalar
Mavzu: Undalmalar Reja: 1. Undalmalar va ularning xususiyati 2. Undalmalarning uslubiyati 3. Mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar
Darsning shiori Biz yosh avlod barkamol O`qib topamiz kamol
Undalmalar so`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildiradi. Undalmalar nutq jarayonida undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs- predmetlar bo`lgani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan u egaga o`xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi. Solishtiring: Ahmad keldi . Ahmad – ega. Kesim bilan grammatik bog`langan . Ahmad, keldi. Ahmad – undalma. Kimningdir kelganligini Ahmadg aytilyapti, kesim bilan grammatik bo`glanmaydi undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.