BANK HUQUQI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI BANK HUQUQI
MAVZU: BANK SIRI VA BANK AXBOROTINING MAXFIYLIGIGA RIOYA QILISH TALABLARI 1. Bank siri va bank axboroti maxfiyligi tushunchalari 2 . To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhozafasini ta’minlash 3. Bank faoliyatiga oid axborotlar va bank sirini h uquqiy himoya qilish
1. BANK SIRI VA BANK AXBOROTI MAXFIYLIGI TUSHUNCHALARI Tijorat banklari faoliyatining rivojlanishi , ularning foyda olish maqsadida o‘z faoliyatini olib borishi faoliyati natijalari va jarayonlarini sir tutishni taqazo etadi. Bu nafaqat bank faoliyati, balki bank mijozlarining faoliyati, pul mablag‘larining saqlanishi va xavfsizligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarining sir tutilishini ta’minlashning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qator q o nunlarda mujassamlangan. Ushbu qonunlar bank siri, tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
- o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar; - bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to‘g‘risida olgan ma’lumotlar; - mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar; - mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘lishi natijasida ma’lum bo‘lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar; - jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat.2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “ Bank siri to‘g‘risida ”gi qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 3-moddasiga binoan bank siri - bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:
4-modda. Uchinchi shaxslar Bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi. 5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo‘sinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish, bunday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoxud ma’lum bo‘lib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday ma’lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim etilishi qonunda nazarda tutilgan hollarda taqdim etiladigan bo‘lsa u holda bank siri oshkor etilmagan hisoblanishi mumkin. Bank lar faoliyatida bank sirining oshkor qilinishini taqiqla nadi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoki qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanilishi taqiqlanadi va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi