Biosfera va inson faoliyati
Biosfera va inson faoliyati
REJA: • 1 Biosfera haqidagi bilimni rivojlanish tarixi. 2. Vernadskiyning biosfera va «Tirik modda» haqidagi nazariyasi. 3 . Biosfera haqida zamonaviy tushunchalar . 4 . Energiyaning yo’nalishi va biosferada moddalarning aylanishi. 5. Biosferaning tirik moddalari. 6. Ekologik piramidalar. 7. Oziqa zanjirida ksenobiontlar kontsentratsiyasi.
Biosfera haqidagi bilimni rivojlanish tarixi. Planetamizda tirik organizmlarni tashqi Faktorlar ta‘sirida o’zgarishi va ularga tabiiy hodisalarning ta‘sir etishi haqidagi tushuncha juda ham ilgari yuzaga kelgan. Bu masaladagi dastlabki tushunchalar 1629-1695 yillarda yashagan Gollandiyalik olimlar B. Varenius va Gyuyngens, frantsuz naturalist olimlari J. Byuffon (1707-1788) va «Biologiya» terminni birinchi bo’lib fanga kiritgan J. B. Lamark (1744-1829) asarlarida yoritilgan.
Vernadskiyning biosfera va «Tirik modda» haqidagi nazariyasi. • Biosfera va tirik moddalar haqidagi V. I. Vernadskiy ta‘limoti monumental va fundamental nazariya hisoblanadi. Chunki, uning nazariyasi bo’yicha biosfera har tomonlama keng va asosli yoritilgan. • V. I. Vernadskiy bo’yicha biosfera yerning oddiy hayot mavjud bo’lgan qismi bo’libgina qolmasdan tashkiliy po’stlog’i hamdir. Lekin biosferadagi hayotiy jarayonlarning ham ma‘lum chegarasi mavjud.
Biosfera haqida zamonaviy tushunchalar Biosfera hozirgi zamon tushunchasi bo’yicha yer po’stlog’ining o’ziga xos qismi bo’lib, barcha jarayonlar tirik organizmlar vositasida sodir bo’ladi. Biosfera - litosfera, gidrosfera va atmosferaning uchrashgan joyida joylashgan. U yerning 10 km gacha ichki qismini 33 km gacha yerning ustki qismini egallagan. Ushbu qatlamlarda tirik va tirik bo’lmagan organizmlarning o’zaro ta‘sir etadigan kompleksi mavjud. Biosfera tarkibi ulkan tabiiy muhitlarni hosil qiladigan juda kichik bo’lakchalardan iborat. Biosferada tirik va tirik bo’lmagan tabiat shu darajada birikib ketganki ularni bir-biridan ajratib o’rganish juda qiyin.