Biosfera ta'limoti
Mavzu:Biosfera ta'limoti
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT. Reja: Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti. Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari. Biosferada moddalarning aylanishi.
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan.
Bular litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.