Bolqon yarim oroli xalqlari usmoniylar imperiyasi tasiri ostida
BOLQON YARIM OROLI XALQLARI USMONIYLAR IMPERIYASI TASIRI OSTIDA
Reja: 1. Bolqon xalqlarining Usmoniylar Imperiyasi tasiriga tushib qolishi. 2. Usmoniylar Imperiyasining bolqonda olib borgan siyosati. 3. Usmoniylarga qarshi Xalq qo’zg’olonlari.
Turk istilolariga qadar Bolqonda bir necha mustaqil davlatlar va knyazliklar mavjud bo'lgan. Ularning eng yirigi Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya edi. Janubi-Sharqiy Yevropaning feodal hukmdorlari doimo nizolashib yurganlar, bir-birlarining yerlari va shaharlarini egallab olishgan.
.O'zaro raqobat va ichki nizolar Bolqon davlatlarining kuchini sezilarli darajada zaiflashtirgan va og'ir feodal zulmlari dehqonlar hamda shaharning quyi tabaqalari orasida keng norozilikni keltirib chiqargan. Davlatlararo va tabaqalar o'rtasidagi kurashning keskinIashuvi sharoitida turk bosqinchilariga qarshi birlasha olmagan. Ommaviy harakatlardan qo'rqish hukmron tabaqani har doim kichik bo'lgan yollanma ishchilarga tayanishga majbur qilgan.
1357-yildan turklar Bolqonga hujum qila boshlaganlar va 30 yil davomida yarim orolning muhim qismini egallaganlar. 1362-yilda turklar Adrianopolni (Edime) egallab va o‘z davlatlarining poytaxtiga aylantirishgan. Konstantinopolni orqada qoldirib, ular Serbiyaga qarshi shimol tomon harakatlanishgan. Serbiya qiroli tomonidan serb va bosniyaliklardan iborat ko'ngillilar qo'shini 1389-yil Kosovodagi jangda mag'lubiyatga uchragan. Natijada serb davlati turk sultoniga vassal bo'lib qolgan.