BOSIM TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDA
BOSIM TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDA
• Sayyoramizni o‘rab turgan havo qobig‘i – atmosfera Yerning yuzasiga va undagi barcha jismlarga ma’lum kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. Bu kuch atmosfera bosimi deb ataladi. Dengiz sathidagi o‘rtacha atmosfera bosimi inson uchun qulay bo‘lib, normal bosim deyiladi. Normal bosim qiymati 760 mm simob ustuniga teng.
ATMOSFERA BOSIMI BALANDLIKKA KO‘TARILGAN SARI O‘ZGARADI. 5000 METR YUQORIDA ATMOSFERA BOSIMI DENGIZ SATHIDAGI BOSIMDAN IKKI BARAVAR PAST. SHUNING UCHUN BALAND TOG‘LARGA KO‘TARILGAN ODAM NAFAS OLISHGA QIYNALADI. MAXSUS TAYYORGARLIKDAN O‘TMAGAN SAYYOHLAR TEZ CHARCHASH, NAFAS QISILISHIDAN AZIYAT CHEKADILAR
Siklon (past bosim) va antisiklon (yuqori bosim) almashinuvi tez-tez takrorlansa, inson salomatligida muammolar yuzaga keladi. Siklon vaqtida havo tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, karbonat angidrid miqdori esa ortadi. Bunday ob-havo qon bosimi past insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu toifadagi insonlarda kislorod yetishmovchiligi oqibatida quyidagi belgilar kuzatiladi: qonning oqish tezligi, puls susayadi; nafas olish qiyinlashadi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik yuzaga keladi. Atmosfera bosimi pasayganida qon bosimi past insonlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: dush qabul qilish, ko‘proq suyuqlik ichish, to‘yib uxlash. Antisiklon vaqtida esa qon bosimi yuqori insonrlarning yurak urishi tezlashadi, boshi og‘riydi, holsizlanadi. Bunday insonlar atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishni bilishlari lozim