Oʻsimliklarni oʻzaro va boshqa organizmlar bilan munosabati
Mavzu: Oʻsimliklarni oʻzaro va boshqa organizmlar bilan munosabati
Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va boshqa ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli oʻsimliklar (beda va boshqalar) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va boshqa organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi.
Ekotizimda hech bir organizm boshqalaridan alohida mavjud boʻlolmaydi. Barcha organizmlar ekotizimda birga yashaydi va bir-birlariga bogʻliq. Organizmlar bir-biri bilan turlicha munosabatda boʻladi va bu oʻzaro munosabatlarning koʻpi organizmlar hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xoʻsh, bu oʻzaro munosabatlar ekotizimda qanday oʻrin tutadi? Oʻzaro munosabatlarning bir toifasi organizmlarning ozuqa va energiya olish usullarini tavsiflaydi. Baʼzi organizmlar oʻzlari uchun ozuqa hosil qilishi mumkin boʻlsa, boshqa organizmlar ozuqani boshqa organizmlarni isteʼmol qilish orqali oladi. Ozuqa moddalarni boshqa organizmlarni yeyish orqali oladigan organizmlar konsumentlar yoki geterotrof organizmlar deyiladi. Ilm-fanga aloqador juda koʻp antiqa soʻzlar mavjud, ammo shunisi yaxshiki, atamalarning aksariyati lotin yoki yunon tiliga borib taqaladi.