Buxoro vohasida joylashgan Poykent yodgorligining qo’shma ekspeditsiyalarda o’rganilishi
Mavzu:Buxoro vohasida joylashgan Poykent yodgorligining qo’shma ekspeditsiyalarda o’rganilishi
Buxoroda bo`lib o`tgan info-tour doirasida qadim Poykent zaminiga tashrif buyurildi Viloyatda tashkil etilgan “Info-Tour” doirasida ishtirokchilar Qorako`l tumani, “Poykent” arxeologik yodgorligi qadimiy shahar xarobalarida bo`lib, uning boy tarixi bilan tanishishdi.
Poykend , Poykand – qad. karvon yo li ustida qad ko targan ʻ ʻ shahar harobasi ( miloddan avvalgi 4 – 3 – milodiy 11-asrlar ). Buxorodan 44 km janubi-g arbda, ʻ Jondor va Qorako l ʻ tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O rta ʻ asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "Quyi shahar" ma nosini ʼ anglatadi. P. tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan shahar ilk o rta asrlarda ʻ "Shahristoni Ro in", ya ni "Jezdan qurilgan shahriston" (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat ʻ ʼ topgan.P. o tmishda 4 qismdan: 1) ʻ darvozali ark ( maydoni 1 ga ); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashqi shahriston (maydoni 6 ga); 4) sharq , g arb ʻ hamda janub . tomonlarida qad ko targan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan ra-bodlardan iborat bo lgan. ʻ ʻ Arkda qad. ibodatxona , podshoh saroyi , 9 – 10-asrlarda qad ko targan koshinkor mehrobli jome ʻ masjidi, ichki va tashki shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla - ko ylari, ichki ʻ bozor , us- taxona , nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus ( ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha ( Narshaxiyning ko rsatishicha, mingdan ortiq) ʻ rabotlar , ya ni ʼ karvonsaroylar qad ko targan. Manbalarda qayd ʻ etilishicha, islomiyat davrida ham P. nauslari ochiq bo lgan. Otashparastlar o z marhumlari ʻ ʻ ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan P. nauslariga eltib dafn etganlar .
Ayrim ma lumotlarning guvohlik berishicha, P. qad. Buxoroʼ hukmdorlarining qarorgohi bo lgan. Har bir podsho o zi uchun bu shaharda o rdagoh barpo etgan. ʻ ʻ ʻ Eftaliylar davlati hukmronligi davrida ( 5-asrning 2yarmi va 6-asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Narshaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo lib, ular Xitoy va ʻ dengiz bo yi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand bo lgan. Shu boisdan ʻ ʻ arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al- Faqihlar P.ni "Madina at-tujjor", ya ni ʼ "Savdogarlar shahri" nomi bilan ta rif etadilar. P. o z ʼ ʻ tarixi jarayonida Buxoro vohasining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik o rni jihatidan ʻ G arbiy ʻ Sug dning ʻ siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega bo lgan. ʻ Vohaning janubi-g arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan P. ilk o rta ʻ ʻ asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshooti – Kan pir devor bilan o rab ʻ olingunga qadar u jan.g arb, ʻ dasht hududlaridan muttasil sodir bo ladigan ʻ ko chmanchi ʻ qabilalarning hujumlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yo lini to sib, ularga ʻ ʻ dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasini o tagan. Uning ʻ mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo lib, zamonasining har qanday ʻ qamaliga bardosh bera olgan .