logo

Cho’lpon hayoti va ijodi “ Kecha va kunduz “ romani matni ustida ishlash

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

453.671875 KB
Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim, do’stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim- ku. Mavzu:  Ch o’lpon hayoti va ijodi “ Kecha va kunduz “ romani matni ustida ishlash
                                                             
                                                           Reja:
1.Cho’lponning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
2. Cho’lpon haqida maqolalar.
3. “ Kecha va kunduz” romani.            Cho’lpon   1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus - tuzem maktabida              
            o’qigan.  1914  yili  Toshkentga  keladi  va  o’z  faoliyatini  “  Sadoi  Turkiston  “  gazetasi  bilan  bog’laydi.  Uning 
asarlari  Orenburg,  Ufa,  Qozon  va  Bog’chasaroyda  chiqadigan  gazeta  va  jurnallarda  ham  bosilib  turgan.  1916-  1917 
yillarda  Orenburgda  yashaydi  va  u  yerda  boshqird  hukumati  mahkamasida  kotib  bo’lib  ishlaydi.  So’ng  Toshkentga 
qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili  Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. 
O’sha  yili  Fitrat  taklifi  bilan    Buxoroga  boradi  va  o’zbek  tilida  chiqadigan  “  Buxoro  axbori”  gazetasiga  rahbarlik 
qiladi.  Bir  yilgacha  ishlab  Toshkentga  qaytadi.  Adabiyot    va  madaniyat  ishlari  bilan  shug’ullanadi.  1924-  1926 
yillarda Cho’lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O’zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi. 
                    Shundan    keyin  jadidlarga  qarshi  boshlangan  kompaniya  Cho’lponni  ham  chetlab  o’tmaydi.  Ta’qib  va 
taziyiqlarga  qaramay,  u  qizg’in  ijodiy  faoliyat  bilan  shug’ullanadi.  30-  yillarning  boshida  yana  Moskvaga  ketadi  va 
SSSR Markaziy Ijroya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 
4 oktabrda otib o’ldiriladi. CHo’lponning  “O’zbek  yosh  shoirlari”(1923),“G’o’zal  yozg’ichlar” 
(1925),  “  Adabiyot  parchalari”  (1926),  majmualarida  chop  etilgan 
she’rlari,  o’z  she’rlari  asosida  nashr  qilingan“  Uyg’onish”  (1922), 
“Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “ Soz”(1935), kabi to’plamlari 
yangi o’zbek she’riyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.
Uning    “  Kecha  va  kunduz  “  (1936)  romani,  “  Do’xtur 
Muhammmadyor” (1914),” Qor qo’ynida lola”, “ Novvoy qiz “, “Oydin 
kechalarda”  hikoyalari  yangi  davr  o’zbek  nasri  rivojiga  salmoqli  hissa 
bo’lib qo’shildi. Cho’lponning  “  Yorqinoy”  (1920),  “Xalil  farang  “  (1921),  “  Cho’rining 
isyoni “ (1926), “ Yana uylanaman”(1926), “ Mushtumzo’r” (1928), “ O’rtoq 
Qarshiboev”  (1928),  “  Hujum”  (  1928),  kabi  dramalari  uning  daramaturg 
sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi.
Milliy  istiqlol  va  ozodlik  g’oyalari  Cho’lpon  ijodining  leytmotivini 
belgilaydi.
Cho’lpon    Pushkenning  “  Dubrovskiy  ‘,  “  Boris  Godunov  “  asarlarini, 
Gorkiyning  “  Ona  “  romani  va  “Egor  Bulichev”  pe’sasini,  Lohutiyning   
“Evropa  safari”  ni,  Gotsiyning  “Malikai  Turandot”,  Shekspirning  “Hamlet” 
dramalarini  o’zbek  tiliga    tarjima  qilish  orqali  o’zbek  va  jahon  adabiy 
aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shadi.
Vafotidan  so’ng Alisher  Navoiy  nomidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat 
mukofoti (1991) va “ Mustaqillik” ordeni (1999) berilgan. “  Kecha  va  kunduz”  romaniga  tugal  badiiylik  baxsh  etgan  eng  muhim  omil 
shundaki,  Cho’lpon  xalq  hayotining  badiiy tahlilini ham,  ijtimoiy  hayot  haqidagi 
o’zining  mulohazalari  va  xulosalarini  ham  biron  o’rinda  yalang’och  aytishga 
urinmaydi-  bularning  bari  romanda  jonli  odamlar,  ularning  taqdiri,  xarakterlari 
mantiqi vositasida ochiladi.”
                                                                                   Ozod Sharafiddinov
                                                                                   O’zbekiston Qahramoni
   “ Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina shakllanayotgan pallada 
ijod  qilgan  Cho’lponning  ijodiy  izlanishlari  nasrimizning  poetik  arenasini 
boyitishga  sezilarli  hissa  bo’lib  qo’shildi.  Cho’lpon  o’z  ijodi  bilan  nasriy 
janrlarning  turfa  imkoniyatlarini  namoyon  qildi,  turli  poetik  usul  va  vositalarni 
dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda o’zlashib qolishiga puxta zamin 
hozirladi.”
                                                                                     Dilmurod Quronov,
                                                                                       adabiyotshunos “  Cho’lponning  ulug’vorligi  shundaki,  u  XX  asr  o’zbek  adabiyotini  yangi 
pog’onaga ko’tarib, o’zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan 
hissa  qo’shibgina  qolmasdan,  xalqda  “  Vatan”,  “  Millat”,  “  Istiqlol” 
tushunchalarining  teran  ma’no  kasb  etishiga  ham  mislsiz  darajada  katta  ta’sir 
ko’rsatdi.  O’zga  so’zlar  bilan  aytganda,  u  xalqda  hurriyat  tuyg’usini  uyg’otdi, 
uning ko’zidagi g’aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka 
ishinch hislarini tarbiyalaydi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir.”
Naim Karimov   
akademik                                                                          Asardan parcha 
      Har  yil  bir  keladigan  bahor  sevinchi  yana  ko’ngillarni  qitiqlaybbishladi. Yana 
tabiatning dildiragan  tanlariga iliq qon yugurdi...
        Tollarning  ko’m-ko’k  sochpopuklari  qizlarning  mayda  o’rilgan  kokillariday 
selkillab  tushmoqqa  boshladi.  Muz  tagida  loyqalanib  oqqan  suvlarning  g’amli 
yuzlari  kuldi,  o’zlari  horg’in-horg’in  oqsalar-da,  bo’shalgan  qul  singari  erkinlik 
nash’asini  kemira-kemira  ilgari  bosadilar.  Simyog’ochlarning  uchlarida  yakka-
yakka  qushlar  ko’rina  boshladi.  Birinchi  ko’ringan  ko’klam  qushi  birinchi 
yorilgan  bodroq  nash’asini  beradi.  Bultur  ekilib,  ko’p  qoshlarini  qoraytirgan 
o’sma  ildizidan  yana  bosh  ko’tarib  chiqdi...                                                                                                 
Muloyim  qo’llarda    ivib,  suvga  aylangandan  keyin  go’zal  ko’zlarning  supasida 
yonboshlashni muncha yaxshi ko’rar ekan bu ko’kat!    BBB jadvali
Bilaman Bilis hni istayman Bilib oldim F Fikringizni bayon eting 
S Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U Fikringizni umumlashtiring E’tiboriz uchun ra h mat!

Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim, do’stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim- ku.

Mavzu: Ch o’lpon hayoti va ijodi “ Kecha va kunduz “ romani matni ustida ishlash Reja: 1.Cho’lponning hayoti va ijodi haqida ma’lumot. 2. Cho’lpon haqida maqolalar. 3. “ Kecha va kunduz” romani.

Cho’lpon 1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus - tuzem maktabida o’qigan. 1914 yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini “ Sadoi Turkiston “ gazetasi bilan bog’laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog’chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916- 1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo’lib ishlaydi. So’ng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. O’sha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va o’zbek tilida chiqadigan “ Buxoro axbori” gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilgacha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug’ullanadi. 1924- 1926 yillarda Cho’lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O’zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi. Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho’lponni ham chetlab o’tmaydi. Ta’qib va taziyiqlarga qaramay, u qizg’in ijodiy faoliyat bilan shug’ullanadi. 30- yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktabrda otib o’ldiriladi.

CHo’lponning “O’zbek yosh shoirlari”(1923),“G’o’zal yozg’ichlar” (1925), “ Adabiyot parchalari” (1926), majmualarida chop etilgan she’rlari, o’z she’rlari asosida nashr qilingan“ Uyg’onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “ Soz”(1935), kabi to’plamlari yangi o’zbek she’riyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Uning “ Kecha va kunduz “ (1936) romani, “ Do’xtur Muhammmadyor” (1914),” Qor qo’ynida lola”, “ Novvoy qiz “, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr o’zbek nasri rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.

Cho’lponning “ Yorqinoy” (1920), “Xalil farang “ (1921), “ Cho’rining isyoni “ (1926), “ Yana uylanaman”(1926), “ Mushtumzo’r” (1928), “ O’rtoq Qarshiboev” (1928), “ Hujum” ( 1928), kabi dramalari uning daramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi. Milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Cho’lpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Cho’lpon Pushkenning “ Dubrovskiy ‘, “ Boris Godunov “ asarlarini, Gorkiyning “ Ona “ romani va “Egor Bulichev” pe’sasini, Lohutiyning “Evropa safari” ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shadi. Vafotidan so’ng Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va “ Mustaqillik” ordeni (1999) berilgan.