logo

“Silikon vodiysi…” matni ustida ishlash

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7486.0390625 KB
“ Silikon 
vodiysi… ” 
mat ni ust ida 
ishlash   35.1-mashq.  Minbarda  nutq  so‘zlash 
topshirig‘ini  bajarishda  sinfdoshlaringiz 
qanday    kamchiliklarga  yo‘l  qo‘ydi  yoki 
siz  ulardan  nimalarni  o‘rgandingiz  – 
shularni  alohida    varaqqa  belgilab 
qo‘ying.  Aniqlangan  kamchiliklar 
keyingi  nutqlarda  takrorlanmasligiga   
harakat qiling.                Topshiriq. Matn bilan tanishib chiqing.                  (1)  Elektron  va  kompyuter  texnikasi  sanoati  obyektlari,  ta’lim 
va  ilmiy  tadqiqot  markazlari    to‘plangan,  yuqori  malakali 
mutaxassislar,  ushbu  sohaga  katta-katta  sarmoya  sarflaydigan   
qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan 
har qanday inson o‘zini  fantastik kino qahramonidek tasavvur 
etishi  shubhasiz.  Biroq  bunday  hududning  borligi    allaqachon 
haqiqatga  aylanib  ulgurgan.  Bu  makon  ilm  ahli  tomonidan 
Silikon vodiysi  nomi   bilan  yuritiladi. Silikon  vodiysi  (Silicon 
valley)  nomini  kaliforniyalik  tadbirkor  Ralf  Verst  o‘ylab 
topgan.    Muomalaga  esa  atama  jurnalist  Don  Xofler 
tomonidan 1971-yilda kiritilgan.        O‘shanda  «Electronic  News»  haftalik  gazetasida 
AQSHning  Silikon  vodiysi  mavzusiga  bag‘ishlangan   
turkum  maqolalarida  shu  nom  qo‘llangandi.  Nega 
yuqori  texnologiyalar  hududi  Silikon    vodiysi  deb 
nomlanadi,  degan  savolga  ham  javob  tayyor.  Bu  yerda 
faoliyat  yuritadigan    korxonalarda  mikrosxemalar 
uchun yarimo‘tkazgichlar qismlarini ishlab chiqarishda 
  asosiy  material  sifatida  kremniydan  foydalaniladi. 
Kremniy esa inglizcha «silicon» so‘zidan  olingan (2)  Silikon  vodiysini  tashkil  etish  g‘oyasi  qator  omillar  tufayli  yuzaga  keldi. 
Dastavval    mazkur  fikr  Stenford  universiteti  vakillari  tomonidan  o‘rtaga  tashlandi 
va  u  odatdagidek    moddiy  manfaatlar  asosida  kelib  chiqqandi.  Chunki  Ikkinchi 
jahon  urushidan  so‘ng    universitet  budjetida  mablag‘  tanqisligi  sezila  boshlandi. 
Shunda  universitet  rahbariyati    takomillashish  uchun  sarmoyani  o‘ziga  tegishli 
bo‘sh 3240 gektar hududdan olishga qaror  qiladi. Biroq joyni sotish mumkin emas 
edi.  Natijada  yangicha  texnologik  ishlanmalar  bilan    shug‘ullanadigan 
kompaniyalarga  yerni  uzoq  muddat,  aniqrog‘i,  51  yilga  o‘rtacha  to‘lov  bilan 
ijaraga berish fikri tug‘iladi.   Kompaniyalar  ko‘plab  yangi  ish  o‘rinlarini  tashkil  etishi   
e’tiborga  olinadigan  bo‘lsa,  bunda  Stenfordni  tamomlagan 
salohiyat egalarining boshqa  hududlarga ishga ketib qolishi 
muammosi  ham  hal  etilardi.  Kaliforniyada  yosh,  iste’dodli   
tadqiqotchilarni  saqlab  qolish  uchun  maxsus  moddiy 
ko‘mak  dasturlari  ishlab  chiqilgan,    biznes  yuritish,  ilmiy 
izlanishlar  olib  borish  uchun  yaxshi  shart-sharoitlar 
yaratilgan. Shu  tariqa, Silikon vodiysi iste’dodli va malakali 
mutaxassislarga  ega  Stenford  universiteti    atrofida  jamlana 
boshladi.  Asta-sekin  dunyoni  ijobiy  tomonga  o‘zgartirish 
istagi  bilan    hududga  kelgan  insonlar  korxona, 
kompaniyalarga asos solib, ularni rivojlantirdilar.   
Mazkur  ishlarni  amalga  oshirishda  Stenford  universiteti 
professori  Frederik    Termanning  mehnati  va  xizmatlari 
katta bo‘lgan (hozirda uni Silikon vodiysining asoschisi  
deb  tan  olishadi).  1939  yili  Terman  o‘zining  shogirdlari 
Vilyam  Xyulett  va  Devid  Pakkardni    shu  yerda  qolib, 
o‘z  korxonasini  tashkil  etishga  ko‘ndiradi.  Oqibatda 
mazkur  hududda    informatsion  texnologiyalarga 
ixtisoslashgan,  hozirda  jahonning  yetakchi,  o‘sha 
davrda    esa  dastlabki  “Xyulett-Pakkard”  (Hewlett-
Packard  Co.)  kompaniyasiga  asos  solindi.    Bugun 
mazkur kompaniyada 100 mingdan ortiq xodim faoliyat 
ko‘rsatadi.  Universitetning    bitiruvchilari  Larri  Peyj  va 
Sergey  Brin  esa  dunyodagi  yirik  qidiruv  axborot  tizimi 
«Google»ning  yaratuvchilari bo‘lishdi. (3)  Hozirda  texnologiyalar  parkida  (bu  vodiyning  yana  bir 
nomi) 2,5 millionga yaqin  odam istiqomat qilib, ularning 25 
foizi  yuqori  texnologiyalar  sohasida  ish  yuritadi.   
Shuningdek,  Karnegi  Mellon,  San-Xose,  Santa-Klara, 
Stenford  va  Nordvestern  politexnika    universitetlari,  7 
mingdan  ziyod  texnika  jihozlari  va  dasturiy  ta’minot  ishlab 
chiqaruvchi    dunyoning  eng  yetakchi  korxonalari  (Apple 
Inc.,  AMD,  Dolby  Laboratories  Inc.,  HewlettPackard, 
Google, Intel, Juniper Networks, NVIDIA Corporation va b.) 
ham  bor.  Qisqacha    qilib  aytganda,  o‘ttizta  shaharni  o‘z 
ichiga  qamrab  olgan  Silikon  vodiysi  odamlar  orasida   
«Mo‘jizalar mamlakati» degan nomga sazovor bo‘ldi.    
Kompyuterlashtirish  jarayonini  global  miqyosda  amalga 
oshirish  vodiy  ahliga  mislsiz    daromad  keltiradi. Aytgancha, 
amerikalik  taniqli  millionerlarning  katta  qismi  aynan    shu 
hududda  yashaydi,  shuning  uchun  bu  yerni  «Millionerlar 
vodiysi»  deb  ham  atash    mumkin.  Qiziq,  ammo  bir  paytlar 
ushbu  hududga  «O‘lim  vodiysi»  deb  nom  berishgandi,   
chunki  1985-86-yillarda  ish  jarayonida  kompyuterlardan 
keng  foydalanish  ish  o‘rinlarining    qisqarishiga  olib  kelgan. 
(4)  Silikon  vodiysiga  olamshumul  shuhrat  keltirgan,  uni 
ulkan  tafakkur  va  sarmoya    egalarini  tortish  markaziga 
aylantirgan jihatlar talaygina. Ha, chindan ham bu mo‘jizalar 
 va uni yaratuvchilar vatanidir.  Chunki  bu  zaminda  tafakkur  bilan  tafakkurning,  sarmoya    bilan 
sarmoyaning  tinimsiz  kurashi  va  raqobati  kechadi.  Bu  yerda 
o‘zining  aqlga  sig‘mas    g‘oyalari,  takliflari  va  loyihalari  bilan 
kulgiga  qolishdan  qo‘rqmaydigan  insonlar  juda  ko‘p.  Vodiyda 
tavakkal  qilishdan,  yangilik  yaratish  va  uni  hayotiy  haqiqatga 
aylantirish    uchun  mablag‘  sarflashdan  cho‘chimaydilar. 
Texnologiyalar markazida qaysi millat vakili  ekanligingiz muhim 
emas, balki mutaxassis sifatida o‘zingiz, salohiyatingizga ishonch 
qay    darajadaligi  ahamiyatlidir.  Mazkur  hududda  yiliga  365, 
haftasiga  7  kun,  sutkasiga  esa  24    soat  ishlaydilar.  Bu  zaminda 
yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  va  ehtimol,  bo‘lmagan  narsalarga   
ham  umid  bilan  qaraladi.  Silikon  vodiysidagi  odamlar 
yaratilayotgan  yuksak  texnologiyalar    hayotni  ijobiy  tomonga 
o‘zgatirishiga, insoniyatning kelajakdagi «Raqamli texnika davri» 
 yorug‘ bo‘lishiga astoydil ishonadilar.  
«Ma’rifat» gazetasidan olindi.                             E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT FOYDALANILGAN ADABIYOT:
Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun 
darslik / B. Mengliyev va boshq.– 
Toshkent: Respublika ta’lim 
markazi, 2022. – 224 b. USHBU TAQDIMOT SLAYDI 
mahsulotidir
DI QQAT! Ushbu mahsulot ni t ijoriy  maqsadda k o‘pay t irish javobgarlik k a sabab bo‘ladi

“ Silikon vodiysi… ” mat ni ust ida ishlash

35.1-mashq. Minbarda nutq so‘zlash topshirig‘ini bajarishda sinfdoshlaringiz qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi yoki siz ulardan nimalarni o‘rgandingiz – shularni alohida varaqqa belgilab qo‘ying. Aniqlangan kamchiliklar keyingi nutqlarda takrorlanmasligiga harakat qiling.

Topshiriq. Matn bilan tanishib chiqing.

(1) Elektron va kompyuter texnikasi sanoati obyektlari, ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi. Silikon vodiysi (Silicon valley) nomini kaliforniyalik tadbirkor Ralf Verst o‘ylab topgan. Muomalaga esa atama jurnalist Don Xofler tomonidan 1971-yilda kiritilgan.

O‘shanda «Electronic News» haftalik gazetasida AQSHning Silikon vodiysi mavzusiga bag‘ishlangan turkum maqolalarida shu nom qo‘llangandi. Nega yuqori texnologiyalar hududi Silikon vodiysi deb nomlanadi, degan savolga ham javob tayyor. Bu yerda faoliyat yuritadigan korxonalarda mikrosxemalar uchun yarimo‘tkazgichlar qismlarini ishlab chiqarishda asosiy material sifatida kremniydan foydalaniladi. Kremniy esa inglizcha «silicon» so‘zidan olingan