Cho‘lpon she’rlari
Mavzu: Cho‘lpon she’rlari Adabiyot
GO‘ZAL Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukub, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal! Ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa, Boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa. Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa. Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal, Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
GO‘ZAL Erta tong shamoli sochlarin yoyib, Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen. Aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib, To g‘-u toshlar ichra istab yuramen! Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda. Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
GO‘ZAL Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen, Uning-chun yonibmen, yonib-kuyibmen, Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen, Men suyib... men suyib, kimni suyibmen? Men suygan suyukli shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Ey, tog‘lari ko‘klarga salom bergan zo‘r o‘lka, Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko‘lanka? Ujmohlarning kavsaridek pokiza, Sadaflarning donasidek top-toza. Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan, To mchilari yomg‘ir kabi ucharkan, Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar? Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar? “ BUZILGAN O‘LKAGA”