dars ishlanma Zulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari tahlili

Yuklangan vaqt:

05.03.2025

Ko'chirishlar soni:

1

Hajmi:

228.0 KB
60- ixtisoslashtirilgan zaif ko’ruvchi bolalar maktab-
internatining Ona tili adabiyot fani o’qituvchisi
Quljanova To’lg’anoyning adabiyot fanidan 6-sinflar
uchun  “Zulfiyaning  “ Nevara ”, “ Bahor   keldi   seni
so ‘ roqlab ”  she ’ rlari tahlili “  mavzusida 
Samarqand-2016 Darsning texnologik xaritasi
N Mavzu Zulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni
so‘roqlab” she’rlari
1 Maqsad va
vazifalar Maqsad:   a)   ta’limiy:   Zulfiya   she’riyati   haqida
o‘quvchilarga   ma’lumot   berish.   Egallagan
bilimlarini   mustahkamlash,   DTS   bo’yicha   BKM
larni egallashiga erishish ;
b)   tarbiyaviy:   o‘quvchilarni   insonparvarlik   va
farovon   hayotni   qadrlash     ruhida   tarbiyalash,
ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
s)   korreksion:   o‘quvchilarni   ko’rish   qobilyatini
hisobga   olib   vazifalar   berish   og’zaki   nutqni
shakllantirish, erkin ijodiy fikrlashga o’rgatish.
Vazifalar:   O‘quvchilarda   mavzuga   nisbatan
qiziqish  uyg’otish,  ularda  mavzu  asosida  bilim  va
ko‘nikmalarni   shakllantirish.   Didaktik   materiallar
tayyorlash   va   undan   dars   jarayonida   o‘rinli
foydalanish,   ko‘nikma   va   malakasini   oshirish.
Mavzuga  oid berilgan savol  va topshiriqlarni  qay
darajada ekanligini nazorat qilish va baholash
2 Darsning
mazmuni Zulfiyaning hayot yo‘li, lirik merosi haqida;  3
O’quv
jarayonini
amalga
oshirish
texnologiyasi Usul:     “Rebus”,   “Venn   diagrammasi”,
“Sinkveyn”   va   boshqa   interfaol   uslublar   orqali
dars jarayonini amalga oshirish
Shakl : kichik guruhlarda va yakka ishlash;
Vosita :   darslik,   tarqatma   materiallar,   ko’rgazma
materiallar,  rag’bat kartochkalari, guruh     nomi
yozilgan   dastak,   o’yin   shartlari   yozilgan
ko’rgazma
Nazorat:  savol-javob, jadval to’ldirish
Baholash:   rag’bat   kartochkalari   vositasida   va   5
balli tizim asosida    baholash
4
Kutiladigan 
natijalar O’qituvchi:   mavzuni   qisqa   vaqt     ichida   barcha
o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilishiga
erishadi,o’quvchilar   faolligini   oshiradi,   ularda
fanga,mavzuga   nisbatan   qiziqish   uyg’otadi.     Bir
darsda   barcha   o’quvchilar   baholanadi,   mavzuni
mustaqil   o’rganish   va   xotirada   saqlash   ,   savol
berishga o’rgatadi.
O’quvchi:   shoira     haqida   yangi   bilimlarni
egallaydi.   Mustaqil   ijodiy   ishlashni
o’rganadi.Nutqi   rivojlanadi.   Qisqa   vaqt   ichida
ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.
5 Kelgusi 
rejalar Pedagogik   texnologiyalarni   rivojlantirish   va
darsga   tatbiq   etish,   takomillashtirish,   o’z   ustida
ishlash.   Pedagogik   mahoratini   oshirish.
O’quvchilarga    bilimlarni  mustaqil  o’zlashtirishni
o’rgatish,izlanish,   mustaqil   o’quv   tadqiqotlari
qilish,   hamkorlikda   ishlash   ko’nikmalarini
shakllantirish .
6 Uyga vazifa Zulfiya   she’rlaridan   birini   yod   olish   va   uni   tahlil
qilish; savol va topshiriqlar.  Darsning shiori:
Ilmni kim vositai joh etar,
O’zini-da elini gumroh etar
Alisher Navoiy
Darsning borishi :
I   bosqich:   1.Tashkiliy   qism :   Salomlashish,   davomat,   dars   shakli   va   o’yin
shartlarini   tushuntirish.   O’quvchilarning   diqqatini   darsga   jalb   qilish   uchun
quyidagi she’rlarni o’quvchilarga yoddan ifodali o’qib beriladi:
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib.
Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz,
Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib.
Shundan beri tikman har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
Birov azasida yig’layman qon-qon,
To‘yida o’ynayman o‘xshab ohuga…
II bosqich-   O‘tilgan mavzuni takrorlash:
Savollar:
1. Zulfiya qachon va qayerda tug‘ilgan?
2. Zulfiyaning   ilk   she’riy   to‘plami   qachon   va   qanday   nom   bilan   bosilib
chiqqan?
3. Shoira ijodiga oid qanday poemalarni bilasiz?
4. Zulfiya asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan?
O’quvchilar   javoblari   tinglangach,   ularni   3   guruhga   bo’lib,   boshqotirma
beriladi. I guruh -“Iste’dod”
II guruh- “Intellekt”
III guruh-“Tafakkur”
1-guruh :   A T R V G A O N B E   . berilgan harflardan 4 ta ortiqcha harflarni
olib tashlagan holda, qolgan harflardan Zulfiya ijodiga oid she’r nomini topish;
2-guruh :   sahar,   gul,   bodom,   salqin,   yer,   binafsha,   bahor,   lab;   Ushbu
so‘zlarda   Zulfiya   ijodiga   oid   she’rning   ikki   misrasi   yashiringan.   So‘zlarni
joylashtirish orqali misrani toping.
3-guruh :   24   20   11   5   8   23   1   . berilgan sirli raqamlarda yashiringan so’zni
toping.
III bosqich  - Yangi mavzu
  O ’ quvchilar   diqqati   jalb   qilingach ,  Zulfiya   she ’ rlari   haqida   qisqacha  
ma ’ lumot   berib   o ‘ taman . Zulfiya   tavalludining   80   yilligi   munosabati   bilan   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimov   yo’llagan   tabrik   xatida   quyidagi   dil   so’zlari   yozilgan
edi:   «Siz   zamonamizning   zabardast   shoirasi   va   jamoat   arbobi   sifatida
O’zbekistonning   jarangdor   ovozi   bo’ldingiz,   deb   aytsak   aslo   mubolag’a
bo’lmaydi. Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz – Sharq ayolining aql-u
zakosi, fazl-u kamolidan noyob nishonadir. Siz latif ijodingiz bilan millionlab
kishilarga   ezgulik,   muhabbat   va   sadoqatdan   saboq   berdingiz.   Siz
Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila
ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga ko’tardingiz. Sizning,
el ardog’idagi yetuk ijodkor, mohir tarjimon, atoqli noshir-muharrir va jamoat
arbobining, tavallud kuningiz   milliy bayram sifatida nishonlanishi  davlatimiz
hayotida   katta   voqeadir   (Karimov   I.A.   “O‘zbekiston   xalq   shoirasi   Zulfiya
xonimga”; Xalq so‘zi, 1995-yil, 30-may).
Darhaqiqat, Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan, ehtirosli, hayotbaxsh
she’rlardir. Ular xoh Vatan haqida-uning go’zal tabiati, mehnatkash odamlari,
buyuk   bunyodkorlik   qudrati   xususida   bo’lsin,   xoh   insonlarning   turfa   his-
tuyg’ulari:   mehr-muhabbat,   quvonch-u   shodlik,   baxt,   saodatni   tarannum
etishga   bag’ishlangan   bo’lsin-barchasida   hayotsevarlik,   o’quvchida   yorug’
kayfiyat  paydo  etish  istagi   hukmrondir. Bu  fikrning  isbotini  shoiraning  “Aziz
tuyg’ular” nomli turkumiga kirgan  “Nevara” she’ri misolida ko’rish mumkin:
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagida qog’ozni yular.
Damda varrak yasab, ko’kda uchirib, 
Izidan qop-qora ko’zlari yurar…
Talpingan  ko’ksingda,bolakay,ne bor?
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?
Nevara bo’lmasa, odamzod albat,
O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Misralarda   shoira   nevarasi   Ulug’bekning   shamoldan   cho’chimay,   varragini
balandroq   uchirishni   istayotganini   ko’rib,   bu   harakatidan   umidli,   yorug’   bir
falsafiy xulosa chiqaradi. Uni bobosi Hamid Olimjonga qiyoslaydi. Varrak   shamollar   qarshiligiga   qaramay,   tiniq   zangori   osmonning
yuksakliklariga   intilganidek,   o’yinqaroq,   zavqi   baland,   o’jar   bolakayni   har
qanday to’siqlarni yenga oladigan, istiqboliga, iqboliga erisha oladigan bolakay
timsolini aks ettiradi va o’z orzularidan zavqlanib, nabira insonning hayotidagi
umid-nishoni, avlodni davom ettiruvchi suyanchi ekanini mantiqan ta’kidlaydi.
IV bosqich
4. Mustahkamlash, guruhlarda ishlash:
“Baliq   skeleti”   chizmasi   asosida   Zulfiyaning   ijodini   “ Iste’dod”   guruhi
tomonidan yoritish;
“Venn diagrammasi”  asosida  “ Intellekt ” guruhi tomonidan sevimli 
shoiralarimiz Nodira va Zulfiyalarni umumiy va farqli jihatlarini qiyoslab  
berish Zulfi
ya    ZULFIYA                                  
Namuna:O‘xshashligi:  shoira, davlat arbobi, shoirlarning turmush o‘rtoqlari, 
vafoli yor. . .
 “Sinkveyn” usulida  “Tafakkur”  guruhi  “Bahor” so’zini ta’riflaydilar.
1.________(ot)
2._________, __________(sifat)
3._________,___________,___________(fe’l)
4.________,___________,___________,___________(jumla)
5.__________(birinchi so’zning  ma’nodoshi)
  Keltirilgan metodlar asosida  guruhlar o’zaro fikr almashadilar.
  Navbatdagi  topshiriqqa  ko’ra  guruhlar tanlagan konvertdagi savollarga 
javob beradilar.
1.Zulfiya she’riyatining tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.
2. Zulfiyaning biror she’ridan namuna keltiring.
3. “Nevara” she’rida shoira qanday kechinmalarni hayolidan o’tkazadi?                     Nodira 4. “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri kimga bag’ishlangan?
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Zulfiyaxonim        
haqidagi  fikrlaridan qanday ma’no uqdingiz?
6. Zulfiyaxonim she’rlarining asosiy mavzusi nima?
7. Shoira  nomi bilan  qanday davlat mukofoti ta’sis etilgan?
8. Zulfiya qachon va necha yoshida vafot etgan?
She’rni ifodali o’qish mashqi: 
1-guruh: “ Nevara” she’ri;
2-guruh : “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri;
3-guruh : “Men o’tgan umrga” she’ri;
V  bosqich :  
  Mavzuni yakunlash
Shoira   ijodini   kuzatar   ekanmiz,   u   yaratgan   bebaho   she’rlarida   samimiy
tuyg’ular   tarannumini,   qalb   nozikliklarini,   ko’ngil   kechinmalarini   qalban   his
etamiz.   Shoira   ijodida   asosan   hijron,   sog’inch,   qo’msash   holatlari   ko’plab
uchraydi.   Shoiraning   quyidagi   she’ri   orqali   ham   fikrimizni   isbotini
keltirishimiz mumkin:
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Ko’rinadiki,   shoira   hayotni   kuylaydi.   Qalbidagi   kechinmalarini   real
tasvirlashga   urinadi.   U   o’zining   samimiy   tuyg’ulari   bilan,   yoriga   vafosi   bilan
haqiqiy sharq ayoliga xos xususiyatlarni aks ettirib beradi. 
VI  bosqich Baholash
Refleksiya.  Ortga nazar tashlang. O’z faoliyatingizga qanday baho berasiz? 
Darsning qaysi bosqichi yoqdi (yoqmadi)? Sizningcha, qaysi guruh faol 
qatnashdi? Qanday shakldagi topshiriqlar bajarishni xohlardingiz?   kabi savollar 
bilan murojaat qilamiz, bu bilan har bir jarayonga, vaziyatga baho berish, tahlil 
qilish   ko’nikmasini shakllantiramiz.  O’zaro baholanish    o’quvchilar o’rtasida ijobiy, sog’lom muhit yaratishda ko’mak
beradi. Boshqalarning muvaffaqiyatidan qat’iy nazar har bir o’quvchining  
betakror , o’ziga xos xususiyatlarini baholash kabi mezonlarga asoslanib baholash 
kerak.Sinfdoshining ishi to’g’risida axborotning mavjudligi o’zini o’zi baholash 
faoliyatiga ijobiy  ta’sir qiladi: ishini rejalashtiradi, maqsad qo’yadi,o’zini nazorat 
qila boshlaydi.  Bu o’rinda o’qituvchi advokat va maslahatchi rolida chiqishi 
mumkin.
Bahoning mohiyati – xatoning oldini olish va xatolar orqali o’rganish ekanligini 
anglatishdir.
Uyga topshiriq.
   Zulfiya she’rlari bilan tanishib chiqish va birini yod olib, tahlil qilish.
Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash. XULOSA
Darsni   xulosalar   ekanmiz,   shuni   aytishimiz   mumkinki,     zamonaviy
darsga   bo’lgan   talab,   o’quvchi   ongi   va   qiziqishlarining   kengayishi,   talabning
ortib borishi bizni yanada faollikka, tirishqoqlikka, izlanuvchanlikka chorlaydi.
Hozirda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchini chuqur va puxta bilim bilan
qurollantirish,   tushunish,   o’zlashtirish   orqali   shaxsning   har   tomonlama
rivojlanishini   ta’minlash,   ularda   bilim   olish   ehtiyojini   tarbiyalash.Shaxsning
to’laqonli   kamol   topishi   uchun,   kelajakning   ishonchli,   mustahkam   poydevori
qilib   shakllantirish   bizning   barcha   faoliyatimizning   bosh   asosi     bo’lmish   bir
soatlik darsga bog’liq.
Ushbu   dars   ishlanmasidagi   interfaol   metodlar   o’quvchida   zukkolik,
tirishqoqlik,   chaqqon   va   aniq   harakat   qilish,   bilimlarni   puxta   egallash
ko’nikmalarini hosil qiladi .Mavzunu tabaqalashtirish (guruhlash), modullarga
bo’lib   o’rgatish,   o’quvchilar   hamkorligidagi   darsni   tashkil   qilish,   mustaqil
kichik tadqiqotlarga yo’naltirish  bilim samaradorligiga olib kelishi aniqdir.

60- ixtisoslashtirilgan zaif ko’ruvchi bolalar maktab- internatining Ona tili adabiyot fani o’qituvchisi Quljanova To’lg’anoyning adabiyot fanidan 6-sinflar uchun “Zulfiyaning “ Nevara ”, “ Bahor keldi seni so ‘ roqlab ” she ’ rlari tahlili “ mavzusida Samarqand-2016

Darsning texnologik xaritasi N Mavzu Zulfiyaning “Nevara”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari 1 Maqsad va vazifalar Maqsad: a) ta’limiy: Zulfiya she’riyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish. Egallagan bilimlarini mustahkamlash, DTS bo’yicha BKM larni egallashiga erishish ; b) tarbiyaviy: o‘quvchilarni insonparvarlik va farovon hayotni qadrlash ruhida tarbiyalash, ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; s) korreksion: o‘quvchilarni ko’rish qobilyatini hisobga olib vazifalar berish og’zaki nutqni shakllantirish, erkin ijodiy fikrlashga o’rgatish. Vazifalar: O‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Didaktik materiallar tayyorlash va undan dars jarayonida o‘rinli foydalanish, ko‘nikma va malakasini oshirish. Mavzuga oid berilgan savol va topshiriqlarni qay darajada ekanligini nazorat qilish va baholash 2 Darsning mazmuni Zulfiyaning hayot yo‘li, lirik merosi haqida;

3 O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Usul: “Rebus”, “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn” va boshqa interfaol uslublar orqali dars jarayonini amalga oshirish Shakl : kichik guruhlarda va yakka ishlash; Vosita : darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazma materiallar, rag’bat kartochkalari, guruh nomi yozilgan dastak, o’yin shartlari yozilgan ko’rgazma Nazorat: savol-javob, jadval to’ldirish Baholash: rag’bat kartochkalari vositasida va 5 balli tizim asosida baholash 4 Kutiladigan natijalar O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi,o’quvchilar faolligini oshiradi, ularda fanga,mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir darsda barcha o’quvchilar baholanadi, mavzuni mustaqil o’rganish va xotirada saqlash , savol berishga o’rgatadi. O’quvchi: shoira haqida yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o’rganadi.Nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. 5 Kelgusi rejalar Pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish. O’quvchilarga bilimlarni mustaqil o’zlashtirishni o’rgatish,izlanish, mustaqil o’quv tadqiqotlari qilish, hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish . 6 Uyga vazifa Zulfiya she’rlaridan birini yod olish va uni tahlil qilish; savol va topshiriqlar.

Darsning shiori: Ilmni kim vositai joh etar, O’zini-da elini gumroh etar Alisher Navoiy Darsning borishi : I bosqich: 1.Tashkiliy qism : Salomlashish, davomat, dars shakli va o’yin shartlarini tushuntirish. O’quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish uchun quyidagi she’rlarni o’quvchilarga yoddan ifodali o’qib beriladi: Mana bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib. Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz, Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib. Shundan beri tikman har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To‘yida o’ynayman o‘xshab ohuga… II bosqich- O‘tilgan mavzuni takrorlash: Savollar: 1. Zulfiya qachon va qayerda tug‘ilgan? 2. Zulfiyaning ilk she’riy to‘plami qachon va qanday nom bilan bosilib chiqqan? 3. Shoira ijodiga oid qanday poemalarni bilasiz? 4. Zulfiya asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan? O’quvchilar javoblari tinglangach, ularni 3 guruhga bo’lib, boshqotirma beriladi.

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz