Dala arxeologik amaliyoti bo’yicha mavzular taqdimoti
Dala arxeologik amaliyoti bo’yicha mavzular taqdimoti
Arxeologiya – (grek. ἀρχαίος – qadimgi va λόγος – soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi.
Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan.
o‘ralgan m urabba x azi ra sahni ga qat or qabrt oshlar qo‘y ilgan. Yuqorisi (t o‘ri)da Ami r Tem urni ng harbiy y urish-l arida unga hamroh bo‘lgan v a uni ng y uk -sak hurmat ini qozongan Mir Say y id Barak a sag‘anasi joy lashgan. Say y id Barak a qabri ning oy oq t omoniga Ami r Tem urni ng o‘zi dafn qi lingan. Uning uch t omonida Muhammad Sult on, Mironshoh, Umarshay x qabrlari bor. Key inchalik bu y erga Tem urni ng nabiralari v a ev ara-larining qabr t oshl ari qat ’i y t art ib-da j oy lasht iri lgan. Temur sag‘anasi ga qo‘y ilgan k o‘k nefri t qabrt oshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulist onga qilgan y urishi v aqt i da ol ib k elgan. Toshdagi lav hada Temurni ul ug‘lay digan so‘zlar, uning shajarasi ham da marsiy alar o‘y mak ori y ozuv larda bit ilgan. Ham ma sag‘analar Ul ug‘bek t omonidan y axl it o‘y ma mar-m ar panjara bi lan o‘ralgan.
Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy- lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak san’at asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon- dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida me’mor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor ta’mirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941 y.da musulmon odatiga zid ravishda Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi. Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurningtaxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi.