Dantening Ilohiy komediya asari.
MAVZU: Dantening "Ilohiy komediya " asari.
Dantening "Ilohiy komediya" si jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo'lib, ushbu buyuk asarni Abdulla Oripov 28 yoshidan tarjima qilishni boshlaydi va bu ishni katta mahorat bilan ado etadi. Tarjima jarayoni shoirga zavq va ilhom bag'ishlabgina qolmay, uni yana bir asar yozishga "Komediya"ga mantiqan o'xshash bo'lgan "Jannatga yo'l" dramatik dostonini yaratishiga turtki bo'ldi. Tarjima ustida ishlar ekan, Abdulla Oripov o'zining italyan adibi Dante bilan hammaslak, fikrdosh ekanligiga amin bo'ladi.
Bu XIV asr boshlarida italiyalik shoir Dante Aligiyeri tomonidan yozilgan asar. Dastlab u faqat "Komediya" deb nomlangan, chunki u fojialardan farqli o'laroq baxtli tugagan. Keyinchalik, italiyalik yozuvchi Jovanni Bokaccio "Ilohiy" sifatini qo'shdi va shu bilan asar butun dunyoga tanildi.