logo

Beruniyning Saydana asari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1164.5517578125 KB
Beruniyning "Saydana" asari
Reja:
1. Abu Rayhon Beruniy haqida 
2. "Saydana" asari haqida
3. "Saydana" asarining tilshunoslikdagi va 
adabiyotdagi o'rni Abu Rayhon 
Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad 
Beruniy (973-1048)ning asarlari 152 ga 
boradi. Afsuski, bizgacha faqat 30 
tachasigina etib kelgan. Ularni o‘rganish 
bu buyuk olimning astronomiya, 
matematika, fizika, minerologiya, 
geodeziya, jug‘rofiya, falsafa, filologiya 
kabi fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasi nihoyatda ulkan ekanini 
ko‘rsatadi. Biroq Beruniyning shu 
kungacha fanga ma’lum bo‘lgan 
asarlarining hammasi ham nashr 
etilgan va to‘la o‘rganilgan deb 
aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon 
qo‘lyozmaligicha qolib kelmokda. SHu 
sababli, ensiklopedist olim ijodining 
ayrim tomonlari, jumladan, tilshunoslik 
qarashlari etarli darajada yoritilmagan 
va munosib baholanmagan. Beruniyning matematikaga va 
fanning boshqa sohalariga 
qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 
100 dan ortiq asaridan ham koʻrish 
mumkin. Ulardan eng yiriklari — 
„Hindiston“, „Yodgorliklar“, 
„Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, 
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. 
Qolganlarini quyidagicha 
taqsimlash mumkin: matematikaga 
doirlari — 22 ta; astronomik 
asboblar haqida — 10 ta; 
astrologiklari — 21 ta; turli fanlar 
(fizika, mineralogiya, adabiyot, 
tarix va boshqalar) — 38 ta; turli 
tillardan tarjima asarlar — 21 ta. 
Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 
ga yaqini bizning kunlargacha yetib 
kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp 
vaqtini turli kuzatishlar bilan 
oʻtkazgan. U bolaliastronomik 
asbob yasagan.  Saydana(Farmakognoziya)
Beruniy umrining oxirgi yillarida 
Mahmud G‘aznaviyning vorisi 
Ma’dud sultonligi davrida ya’ni, 
1048 yilda dorivor o‘simliklar, 
hayvonlar va ma’danlar tavsifiga 
bag‘ishlangan «Saydana» (Kitob 
us-saydana-fit-tibb) asarini yozdi. 
Beruniyning tilga va 
tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari  
mana shu asarida yaqqol 
namoyon bo‘ladi. «Saydana»ning kirish 
qismida muallifning 
yoshlik yillarida o‘zini 
qurshab turgan olamni 
va ularining turli tillarda 
qanday nomlanishini 
bilishga naqadar 
ishtiyoqmand ekanligi 
bayon qilinadi .  Xususan, 
olimning bolaligida 
uning yurtiga bir grek 
ko‘chib keladi. Abu 
Rayhon unga don, urug‘, 
meva, o‘simlik va boshqa 
narsalar ko‘tarib kelib, 
bular grek tilida qanday 
nomlanishini so‘raganligi 
va grekcha nomlarini 
daftariga yozib 
olganligini bayon qiladi. «Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‘zini 
qurshab turgan olamni va ularining turli tillarda qanday 
nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi . 
Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga bir grek ko‘chib keladi. 
Abu Rayhon unga don, urug‘, meva, o‘simlik va boshqa narsalar 
ko‘tarib kelib, bular grek tilida qanday nomlanishini so‘raganligi va 
grekcha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor 
moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltirilgan. Hatto bir 
o‘simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi, 
yoki, aksincha, bir nom turli shevalarda turli o‘simlik nomini 
bildirishi mumkinligi aytilgan. Bu esa dorivor moddalardan amalda 
foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Ana shuni e’tiborga olib, 
alohida foydalanish oson bo‘lishi uchun u  modda nomining 
dialektal variantlarini ham ko‘rsatadi. O‘zigacha yashagan va zamondosh shoirlarning asarlarini yoddan bilgan va bu 
she’rlardan ilmiy asarlarida fikrini dalillamoq uchun «Saydana» asarida 
shoirdan 141 ta she’riy namunalar keltirgan.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e’tibor berishi tasodifiy emas. 
CHunki qadimda yozuv madaniyatiga ega bo‘lmay turib, arablar biron voqeani 
esda saqlab qolish uchun uni she’rga solganlar. Natijada she’r kishiga estetik 
zavq bag‘ishlovchi vositagina bo‘lib qolmay, axborotni avloddan-avlodga 
etkazuvchi, bilimlarni o‘zida to‘plovchi vosita vazifasini ham bajargan. Shu 
bois biror bir dorivor moddaning qanday fazilatga ega ekanligini ham she’rga 
solganlar. Natijada she’riyat xalqning bilimlar to‘plamiga aylangan.
«Saydana» asarini yozish uchun muallif faqat o‘zi yoshligidan dunyoning turli 
mintaqalarida bevosita ko‘rgan va yozib olgan dorivor moddalar haqida 
ma’lumot berish bilangina cheklanmaydi. Balki o‘zigacha bo‘lgan barcha 
olimlarning qoldirgan diniy merosini sinchiklab o‘rganib, ulardan samarali 
foydalanadi. Bu modda haqidagi ularning fikrlari beriladi. Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir 
bob bir harfga bag‘ishlanadi. Arab alifbosidagi 28 ta harfga lom-alifni ham qo‘shib 
alohida bob qilib beradi. Beruniy o‘z asarida bu muammoning o‘ta muhimligini 
sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, xorazmiycha, sug‘dcha, turkcha va boshqa 
tillardagi o‘simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar 
atamalarini shakllantirishda, me’yorlashtirishda juda katta xizmat ko‘rsatadi. Ularni 
izohlash uchun 250 dan ortiq olimlar asarlaridan iqtiboslar keltiradi.
Xullas, Beruniyning «Saydana» asari dorivor moddalar lug‘atidir. Bu lug‘atning 
xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo‘lishi uchun 
dorivor moddalar nomlarini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan 
boshlanuvchi bir necha so‘z bo‘lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida 
beriladi. Natijada o‘zigacha arab leksikograflarining lug‘at tuzish tamoyillaridan 
ancha farq qiladigan o‘ziga xos lug‘atga aylanadi.
Bu lug‘at bir vaqtning o‘zida ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham 
dialektologik lug‘atning ilk namunalaridan sanaladi. Beruniy dunyo tillari, bularning 
farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo‘yicha 
o‘zining ma’lum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida 
shakllanishi va lingvistik ta’limoti rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Бу асарни турли-туман дорилар 
олинадиган ўсимликлар ва 
моддаларнинг изоҳли луғати десак 
бўлади. ўша ифодаларнинг таърифи учун 
Беруний қатор шеърин парчалардан 
фойдаланган. Бу мисраларнинг 
муаллифларидан кўплари 
«Минералогия»да учраган шоирлардир. 
Айрим шеърлар ўша усимлик ва 
моддаларнинг сифати орқали 
кишиларнинг турли хусусиятларини 
кўрсатишга хизмат қилади. Шоир айрим 
ўсимлик, моддаларнинг белги ва 
хоссалари орқали кишилар характери ёки 
таърифини кўрсатади. Беруний кишилар 
характери, хатти-ҳаракатидаги белгилар 
орқали ўша доривор ёки доривор учун 
фойдаланиладиган моддалар сифатини 
баён қилади.Масалан, Хаух 
(шафтоли)нинг ранги, кўриниши, 
тозалигини таърифлаш учун олим Хатам 
ибн Али иш-Шамм деган шоирнинг 
қуйидаги мисраларини келтиради:
У менга шафтоли узатди.
Шафтолининг кўриниши
(Унинг) хижолат чекиб қизаргандаги
(Чеҳрасига) ўхшар эди.

Beruniyning "Saydana" asari Reja: 1. Abu Rayhon Beruniy haqida 2. "Saydana" asari haqida 3. "Saydana" asarining tilshunoslikdagi va adabiyotdagi o'rni

Abu Rayhon Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048)ning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat 30 tachasigina etib kelgan. Ularni o‘rganish bu buyuk olimning astronomiya, matematika, fizika, minerologiya, geodeziya, jug‘rofiya, falsafa, filologiya kabi fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini ko‘rsatadi. Biroq Beruniyning shu kungacha fanga ma’lum bo‘lgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va to‘la o‘rganilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon qo‘lyozmaligicha qolib kelmokda. SHu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari, jumladan, tilshunoslik qarashlari etarli darajada yoritilmagan va munosib baholanmagan.

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan.

Saydana(Farmakognoziya) Beruniy umrining oxirgi yillarida Mahmud G‘aznaviyning vorisi Ma’dud sultonligi davrida ya’ni, 1048 yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag‘ishlangan «Saydana» (Kitob us-saydana-fit-tibb) asarini yozdi. Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‘zini qurshab turgan olamni va ularining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi . Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga bir grek ko‘chib keladi. Abu Rayhon unga don, urug‘, meva, o‘simlik va boshqa narsalar ko‘tarib kelib, bular grek tilida qanday nomlanishini so‘raganligi va grekcha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.