logo

Abu Rayhon Beruniy ilmiy asarlari tahlili

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.41796875 KB
Abu Rayhon Beruniy   ilmiy asarlari tahlili
Reja
1. Abu Rayhon Beruniy va tarix ilmi
2.  Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida
3. “Hindiston” va “ Qonuni Ma’sudiy ” asarlari haqida 
4. Beruniyning “Saydana” va “Menerologiya” asarlari va uning mazmuni
5.  “Geodeziya” asaridagi tabiiy-ilmiy qarashlarining o‘rganilishi Abu Rayhon Beruniy va tarix ilmi
O‘tmish   tariximizni   o‘rganishda   bevosita   tarixiy   manbalarga   murojaat
qilinadi   va   manbalar   orqali   tarixiy   voqealar   tahlil   qilinib,   aniqlik   kiritiladi.
O‘zbekistonning VIII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo‘lgan tarixi deyarli arab
tilidagi   yozma   manbalarda   yoritilgan.   Manbashunoslikda   arab   tilida   vatanimiz
tarixiga oid yozma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga
ajratib o‘rganiladi. Birinchisi arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va
olimlar bo‘lib, ularning asarlarida ona vatanga muhabbat alohida namoyon bo‘ladi,
bu  ayniqsa   Abu  Rayhon   Beruniyning   “Osor   ul-boqiya”   asarida   xalqimiz  qadimgi
madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarida alohida ko‘zga tashlanadi. Ikkinchi guruh
— xorijlik olimlardan iborat bo‘lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz
tarixi,   madaniyati,   siyosiy-ijtimoiy   hayoti   yoritilgan.   Mazkur   muarrixlar   yurtimiz
hududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Arab
tilida bitilgan eng muhim manbalar qatorida qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayhon
Beruniy va uning tarixiy asarlarini keltirish joiz. Beruniy tabiiy va ijtimoiy fanlar
bo‘yicha   150   dan   ortiq   asar   yaratib,   asosan   tabiiy   fanlar   sohasida   ulkan
kashfiyotlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan.
Beruniyning   tarixchi   sifatida   quyidagi   ikki   xarakteri   alohida   qayd   etib
o‘tiladi.   Ya’ni,   turli   xalqlarning   tarixiy,   madaniy   taraqqiyoti   va   ayrim   shaxslar
faoliyatini   baholashda   ularning   irqiy,   diniy   yoki   sulolalariga   asoslanmay   hamma
xalqlarga birda hurmat bilan qarashga asoslangan. Shungdek, voqea va hodisalarni
ayniqsa   etnografiya   sohasida   solishtirish   asosida   o‘rganishga   harakat   qilish,   turli
xalqqlar va diniy guruhlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik yoki ziddiyatlarni axtarib
topish.
Tarix   va   tarix   fani   ijtimoiy   fanlar   majmuasi   bo‘lib,   insoniyatning   butun
o‘tmishi  davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi  jarayonlar
va   voqea-hodisalarni   aniq-konkret   holda   va   turli   uslublar   yordamida   davrlarga
bo‘lingan   va   umumiy   holda   o‘rganadi.   Iqtisodiy   tarix,   siyosiy   tarix,   madaniyat
tarixi,   harbiy   tarix,   diplomatiya   tarixi,   tarixiy   geografiya   kabilar   tarix   fanining
tarmoqlari   hisoblanadi.   Tarix   fanining   tarkibiy   qismlari   maxsus   tarixiy   fanlar hamda  arxeologiya  va  etnologiya bolib,  fan  va madaniyat  tarixi, san’at  tarixi  shu
sohalar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Ayniqsa   tarix   to‘g’risidagi   chuqur   bilimlarini   o‘z   ichiga   olgan   «Osor   ul-
boqiya an al-qurun al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») hamda
«Hindiston»   yoki   «Kitab   tahqiq   molil-Hind   min   manqula   fi-1-aql   va-l-marzuma»
(«Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarining tadqiq etish») va
«Kitob   ul-musammara   fi   axbori   Xorazm»   («Xorazm   haqidagi   axborotlar   haqida
suhbatlar»)  nomli  asarlari   bilan jahon  tarix fani  va  madaniyat   tarixiga  katta hissa
qo‘shdi.   Beruniyning   Xorazm   tarixiga   oid   asari   yuqorida   zikr   etilgan   nomdan
tashqari,   yana  «Tarixi   Xorazm»  va   «Mashohiri   Xorazm»   («Xorazmning  mashhur
kishilari») nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari — parchalari
Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan «Tarixi Bayhaqiy» va Yoqut
Hamaviyning «Mo‘jam ul-buldon» asarlarida saqlanib qolgan.
Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida
Shunday qilib Abu Rayxon Beruniyning tarixga oid bo‘lgan eng yirik asari
uning  dastlabki   asarlaridan   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”  ya’ni,   (Al-
osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Qadimgi Xorazmda o‘tgan xalqlarning,
qadimgi   yahudiylar,   nasroniylar,   majusiylar   va   musulmonlarning   urf-odatlari,
an’analari,   bayramlari,   kalendarlari,   dinlari,   payg‘ambarlari,   muqaddas   kitoblari
haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida to‘plagan yaxlit ensiklopediya xarakteridagi
asar hisoblanadi. 
Asar   Yevropa   ilm-fan   olamida   “Xronologiya”   nomi   bilan   mashhurdir.   Bu
asarni   olim   27   yoshida,   ya’ni   1000   yili   yozib   tugallagan.   Asar   olimning   boshqa
asarlari   singari   arab   tilida   yozilgan.   Asar   Jurjon   hukmdorlaridan   biri   Qobus   ibn
Vashmgirga   bag‘ishlagan.   Tarixdan   ma’lumki,   o‘ sha   vaqtda   Kaspiy   oldi
viloyatlarida   ziyoriylar   sulolasi   (928-1042)   hukmronlik   qilgan.   Bu   sulolaning
vakili Qobus ibn Vashmgir (1012 y. o‘ldirilgan) yosh olimni o‘z himoyasiga oladi.
Ye vropani birinchi marta asar bilan tanishtirgan olim nemis sharqshunosi va
beruniyshunosi   1845-1930   yillarda   yashagan   Eduard   Zaxau   bo‘ldi.   Bu   asarning
birinchi   nashrini   Eduard   Zaxau   1876–1878   yillarda   Leypsigda   arabcha   nusxasi asosida   nashr   etdi.   Nashrda   o‘sha   paytgacha   mavjud   bo‘lgan   4   ta   qo‘lyozma
nusxadan   foydalanilgan.   Zaxau   1879   yili   asarning   inglizcha   tarjimasini   nashrdan
chiqaradi. 
1943   yilda   Tehronda   E.Zaxauning   arabchadan   qilingan   inglizcha   tarjimasi
asosida   Akbar   Dono   Sirisht   Sayrafiy   tomonidan   nashr   etildi.   Beruniyshunoslik
markazining   50   yillardan   boshlab   Toshkentga   ko‘chishi   natijasida   1950   yili
sharqshunos   olim   Abdufattoh   Rasulov   mazkur   asarning   bir   qismini   o‘zbekchaga
tarjima   qiladi.   Nemis   arabshunos   olimlari   Karl   Garbers   va   Iogann   Fyukkler
tomonidan Zaxau nashrida tushurib qoldirilgan o‘rinlar to‘ldirilib 1952 yilda yana
nashr   etadi.   1957   yilda   esa   arabshunos   olim   M.A.Sale   asarni   birinchi   marta   rus
tiliga   tarjima   qildi.   Ammo   keeng   qo‘lyozmalar   nusxasi   va   tarjimalar   nusxasi
bo‘lishiga qarammasdan mazkur tarjima juda ko‘p kamchiliklarga ega edi. Mazkur
tarjima   nusxasiga   S.Tolstov   va   V.Sheglovlarning   so‘z   boshi   bilan   boshlangan.
Keyinchalik   1959   yilda   A.Xolidov   barcha   nashrlar   va   qo‘lyozmalarni   solishtirib
qaytadan nashr ettirdi. 1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o‘zbek tilidagi
to‘liq   tarjimasi   “Fan”   nashriyotida   bosilib   chiqadi.   Bu   asarning   tarjimasi   nashr
etilishida   tarjimon   Abdufattoh   Rasulovning   va   mas’ul   muharrirlar   arabshunos
Ismatulla   Abdullaev   va   faylasuf-tabiatshunos   O.Fayzullaevlarning   xizmati   katta
bo‘lgan.
Beruniyning   yozgan   asarlari.   1035–1036   yillari   Beruniy   o’zi   yozgan
asarlari ro’yxatini tuzgan va mazkur ro’yxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu
asarlardan   70   tasi   astronomiyaga,   20   tasi   matematikaga,   12   tasi   geografiya   va
geodeziyaga,   3   tasi   mineralogiyaga,   4   tasi   kartografiyaga,   3   tasi     Agar   olimning
undan   keyin   yashagan   13   yil   ichida   yozgan   50   dan   ziyod   asarlarini   ham
qo’shadigan   bo’lsak,   ularning   umumiy   soni   160dan   oshadi.   Ayrim   manbalarda
Beruniy   200   ziyod   asar   yozganligi   haqidagi   ma’lumotlar   ham   uchraydi.   Beruniy
yozgan   har   bir   asar   o’ziga   xos   ensiklopediya   edi.   Masalan,   uning   dastlabki
asarlaridan   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   (Al-osor   al-boqiya   an   al-
qurun al-xoliya” asari Qadimgi Xorazmda o’tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar,
nasroniylar,   majusiylar   va   musulmonlarning   urf-odatlari,   an’analari,   bayramlari, kalendarlari,   dinlari,   payg’ambarlari,   muqaddas   kitoblari   haqidagi   barcha
ma’lumotlarni   o’zida   to’plagan   yaxlit   ensiklopediya   bo’lib,   u   Yevropada
“Xronologiya” nomi bilan mashhurdir.  Bu asarni olim 27 yoshida, ya’ni 1000 yili
yozib   tugallagan.   Arab   tilida   yozilgan.   Qobus   ibn   Vashmgirga   bag’ishlagan.   Bu
asarning   birinchi   nashrini   nemis   olimi,   beruniyshunos   Eduard   Zaxau   1876–1887
yillarda Leypsigda bosib chiqaradi. 1879 yili uning inglizcha tarjimasini nashrdan
chiqaradi.   1950   yili   sharqshunos   olim   A.Rasulov   asarnining   bir   qismini
o’zbekchaga   tarjima   qiladi,   1957   yili   bu   asar   arabshunos   olim   M.A.Salye
tomonidan   rus   tiliga   tarjima   qilinadi   va   nashr   etiladi.   1968   yili   A.Rasulov
tomonidan   bu   asarning   o’zbek   tilidagi   to’liq   tarjimasi   “Fan”   nashriyotida   bosilib
chiqadi.   Beruniyning   “Kitob   ul-maqolot   val-arz   vad-diyonot”   (“Maqolalar,
e’tiqodlar va dinlar haqida kitob”),   “Kitob fi axbori Xorazm”   (“Xorazm xabarlari
haqida kitob”),  “Kitob tarixi ayyom as-sulton  Mahmud va axbori abihi”  (“Sulton
Mahmud   davri   tarixining   kitobi   va   otasi   haqidagi   xabarlar”)   kabi   kitoblari   hali
topilmadi.   Ularni   jahon   kutubxonalari   va   shaxsiy   kitob   xazinalaridan   axtarishni
davom ettirish lozim. Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan
davrida qimmatbaho toshlar va minerallar haqida   “Mineralogiya”   asarini (“Kitob
al   jamohir   fi   ma’rifat   al-javohir”   (“Qimmatbaho   toshlarni   bilib   olish   bo’yicha
ma’lumotlar to’plami”) yozgan. Bu asar hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini
yo’qotmagan.   Bu   asarda   muallif   300   dan   ziyod   minerallar   va   ularning   fizik
(qattiqligi,   solishtirma   og’irligi,   rangi,   qirralarining   tuzilishi   va   boshqalar),
ximiyaviy   (tarkibida   qanday   moddalar   borligi,   suv   va   olovga   chidamliligi)
xususiyatlarini   tushuntirib   bergan.   Beruniyning   “Mineralogiya”   asarini   1963   yil
SSSR Fanlar akademiyasi nashriyotida Moskvalik sharqshunos A.M.Beliniskiy rus
tilida nashrdan chiqardi. Kitob shunday nomlanadi:   Beleniskiy A.M. Ocherk jizni i
trudov   Biruni,   «Sobraniye   vvedeniy   dlya   poznaniya   dragosennostey
(mineralogiya)»,   M.,   Izd-vo   AN   SSSR,   1963.     1025   yil   18   noyabrda   Beruniy
“Geodeziya”   (“Tahdid   nihoyot   il-amokin   li   tas’hih   masofot   al-masokin”   /”Turar
joylar   (orasidagi)   masofalarni   aniqlash   uchun   manzillarning   chegaralarini
belgilash”)   asarini   yozib   tugatgan.   Geodeziyada   matematik   geografiya   asoslari mufassal   bayon   qilinadi   va   umuman     Bu   asar   1966   yil   Toshkentda   Istambul
nashridan   rus   tiliga   tarjima   qilib   nashr   qilindi.   “Munajjimlik   san’atidan
boshlang’ich   tushunchalar”   asari   1029   yil   G’aznada   yozilgan   bo’lib,   unda
astrologiyaga   oid   asosiy   tushunchalar   sodda   qilib   izohlab   berilgandir.   Uni
Yevropacha qilib, “Astrologiya” deb atasak bo’ladi. Bu asarini O’zbekiston Fanlar
akademiyasining   Abu   Rayhon   Beruniy   nomidagi   sharqshunoslik   instituti   olimlari
va   Moskva   sharqshunoslari   A.Ahmedov,   B.A.Rozenfeld,   M.M.Rojanskaya,
A.Abdurahmonov   va   N.D.Sergeyevalar   hamkorlikda   rus   tiliga   tarjima   qilishib,
“Kniga vrazumeniya nachatkam nauki o zvezdax” degan nom bilan 1975 yil “Fan”
nashriyotida   nashr   etishdi.   U   davrda   astrologiya   tushunchasini   qo’llash   kitobning
nashr etilishiga xalaqit berar edi. Shu sababli kitob nomi g’alatiroq bo’lib qolgan.
“Hindiston”   (“Tahqiq   mo   lil   hind   min   ma’qula   maqbula   fi-l-aql   av
marzula” /“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”/)
deb   nomlangan   asari   1030   yil   yozib   tugatilgan.   Bu   kitobda   Hindiston   xalqlari
tarixining   turli   sohalari   (aniq   fanlar,   adabiyot,   falsafa,   elshunoslik   (etnografiya),
geografiya,   demografiya,   qonunlari   va   urf-odatlari,   dini,   diniy   rivoyatlari,   hind
yozuvining   turlari,   e’tiqod   usullari   haqida   batafsil   ma’lumotlar   berilgandir.
Shuningdek   Beruniy   bu   asarida   sanskit   tilidagi   manbalardan   ham   keng
foydalangan.  Bu til  bizgacha  yetib kelmagan. Beruniy esa  bundan ming yil  ilgari
bu   tilni   maxsus   o’rgangan.   Kitobning   arabcha   matni   birinchi   bor   1887   yil,
inglizcha   tarjimasi   esa   1888   yil   Londonda   E.Zaxau   tomonidan   nashr   etiladi.
Arabcha   matn   1858   yil   Haydarobodda   ham   nashrdan   chiqarilgan.   Bu   kitob   1963
yil   rus   tilida,   1965   yil   esa   o’zbek   tilida   nashrdan   chiqarilgan.   “Mas’ud   qonuni”
(“al-Qonun   al-Mas’udiy”)   nomli   asarni   1030   yildan   keyin   G’azna   sultoni
Mas’udga   bag’ishlab   yozadi.   Unda   matematik   astronomiyaning   asosiy   qoidalari,
yoritqichlarning koordinatlari, ularning harakatlanish tartiblarini hisoblab chiqarish
yo’llari   batafsil   tushuntirilgan.   Bu   kitobda   bayon   etilgan   ta’limotlarning
aksariyatini   Beruniy   “Qur’on”   oyatlari   bilan   solishtirgan.   Bu   uning   “Qur’on”ni
yaxshi   bilganligidan   dalolat   beradi.   Shuningdek   mazkur   kitobda   Beruniy   tuzgan
yulduzlar jadvali – Beruniy ziji ham ilova qilingan bo’lib, mazkur jadvalda 1029 ta yulduzning   koordinatalari   va   yulduz   kattaliklari   Ptolomey   va   arab   astronomi   as-
So’fi   jadvallariga   asoslanib   berilgan.   Bu   asar   birinchi   bor   bir   qancha   arab
qo’lyozmalari asosida Haydarobodda nashr qilinadi. Rus tilida Mokvada 1962 yil
bosib   chiqarilgan.   O’zbekistonda   esa   1973   yil   rus   va   o’zbek   tillarida   2   kitobdan
iborat   qilib   “Fan”   nashriyotida   bosildi.   Beruniy   “Hindiston”   asarida   Yerning
harakatlanishi haqidagi mulohazalarini bayon etar ekan, bu asarni yozishdan ilgari
Yerning   harakatlanishi   to’g’risida   “Miftohu   ilmi-l-hay’a”   (“Astronomiya   kaliti”)
degan   asarida   chuqurroq   to’xtalganligini   bayon   etgan.   Lekan   bu   asar   bizgacha
yetib   kelmagan.   Beruniy   umrining   oxirida,   ya’ni   1045-1048   yillarda   “Dorivor
o’simliklar   haqida   kitob”   (“Kitab   as-saydana   fi-t-tibb”)   asarini   yozgan.   Bu   asar
tarixga   “Saydana”   (“Farmakognoziya”)   nomi   bilan   kirgan   bo’lib,   uning   to’liq
qo’lyozmasi   20   asrning   20-30   yillarida   Turkiyada   topilgan.   Bu   asarda   Sharqda,
xususan   Turkistonda   o’sadigan   barcha   dorivor   o’simliklar   va   ularning
farmakologik   xususiyatlari   haqida   ma’lumotlar   berilgan.   Bu   asarni   taniqli
sharqshunos olim U.I.Karimov rus tiliga tarjima qilib, 1974 yil “Fan” nashriyotida
bosmadan   chiqargan.   Beruniyning   o’zi   “Hindiston”   asarida   yozishicha   uning
“Astronomiya   kalidi”   nomli   risolasi   bo’lgan   va   mazkur   risolada   Yer   shari
harakatlanishining   xususiyatlarini   batafsil   tushuntirib   bergan.   Bundan   tashqari
Beruniyning adabiyotshunoslikka, dinlar tarixiga, kalom ta’limotiga, hadislarga oid
maqolalari, badiiy yo’nalishdagi  asarlari – hikoyalari, rivoyatlari va she’rlari ham
bo’lgan.   Ularni   ham   qidirib   topish,   to’plash,   nashr   etish   manbashunoslar,
tarixchilar, sharqshunoslar qarshisida turgan xayrli va tabarruk vazifalardan biridir.
Hozirgi   zamon   fanlarining   barchasida   Beruniyning   ilmiy   kashfiyotlaridan   u
yoki   bu   tarzda   foydalanishadi.   Beruniy   o’z   kashfiyotlari   bilan   hissa   qo’shmagan
fan sohasi bo’lmasa kerak. 
1.   U   birinchi   bo’lib   Yer   shari   globusini   yasagan.   Bu   ixtirodan   barcha
geograflar, har bir ziyoli bugungi kunda bahramand bo’lishmoqda. 
2.   Beruniyning   eng   katta   hissasi   astronomiya   sohasiga   qo’shilgan.   U   garchi
olamning   tuzilishiga   Ptolemeyning   geosentrik   (ya’ni   olamning   markazida   Yer
shari   turadi   deb   hisoblaydigan)   sistemadan   turib   yondashsa   ham,   bu   masalaga original tarzda, ya’ni Yer sharini harakatlanuvchi sistema deb yondashadi. Bunday
qarash o’sha davrlarda Yerni harakatsiz deb hisoblovchi hukmron qarashlarga zid
keluvchi   ilmiy   jasorat   edi.   Beruniy   “Hindiston”   asarida   shunday   deb   yozadi.
“Yerning   aylanish   harakati   astronomiya   fani   hisoblariga   hyech   qanday   zid
kelmaydi, balki Yerda yuz beradigan hodisalar, uning harakati bilan birga bir tekis
davom   etaveradi”.   Bu   g’oyada   inersial   sistemalar   haqidagi   fikr
mujassamlashgandir.   Bunday   fikrga   Galileo   Galiley   (1564   –   1642)   Beruniydan
600 yil keyin kelgan. 
3.   Beruniy   “Istagan   xil   astrolyabiyani   tayyorlashning   turli   usullari   haqida”
deb  nomlangan   asarida   Abu   Sa’id   as-Sijziyning  astrolyabiyasi   xususida   to’xtalib,
“Uning   negizi   osmon   harakatlanishiga   emas,   balki   Yerning   harakatlanishiga
asoslanganligi uchun men uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblayman” – deb
yozadi. Beruniy o’zining geosentrizmga bo’lgan shubhalarini “Geodeziya” asarida
ham   ochiq   bayon   etgan.   Beruniyning   bu   yo’nalishdagi   fikrlari   geliosentrizmning
vujudga kelishiga yo’l ochdi va polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473–1543)
Beruniydan 500 yil keyin olamning geliosentrik sistemasini o’rtaga tashladi. 
4.   Beruniy   turli   xil   astronomik   kuzatish   asboblarini   ham   yasagan.   Ulardagi
kuzatish prinsiplari bugungi kungacha o’z qiymatini yo’qotmagan.
5.   Beruniy   osmon   yoritqichlarining   harakatlanish   trayektoriyalari   doira
shaklida emas, balki ellipis shaklida ekanligi haqidagi g’oyani birinchi bo’lib ilgari
surgan va uni hisoblash usullarini kashf etgan. Bu usullar Yevropada yangi davrga
kelib I.Kepler tomonidan nihoyasiga yetkazildi. 
6. Beruniy Jurjonda yurgan paytlarida Quyoshni kuzatishga ham jiddiy e’tibor
qaratadi,   astronomiyada   birinchi   bo’lib   Quyosh   tojining   xususiyatlarini   to’g’ri
talqin   qilib   berdi   va   Quyoshni   kuzatishga   juda   berilib   ketganligidan   bir   qancha
vaqt ko’zlari yorug’likni sezmay qolganligini o’z xotiralarida yozib qoldirgan. 
7. Beruniy yoritqichlardan kelayotgan nurlar na faqat yorug’lik to’lqini, balki
zarrachalardan iborat ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Yorug’lik bir vaqtning
o’zida   ham   to’lqin,   ham   zarracha   tabiatiga   egadir   degan   g’oya   XX   asrdagina   o’z
isbotini topdi.  8. Beruniy matematika faniga juda katta hissa qo’shgan olimlardan. U birinchi
bo’lib trigonometriyani alohida mustaqil fan sifatida tahlil etdi. 
9.   “Mas’ud   qonuni”   asarida   yassi   va   sferik   trigonometriyani   bayon   qilib,
trigonometrik funksiyalarning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoidasini yaratdi. 
10.   Beruniy   geografiya,   geodeziya,   geologiya   fanlariga   ham   sezilarli   hissa
qo’shgan.   “Geodeziya”   va   “Mineralogiya”   nomli   asarlari   bevosita   yuqorida
aytilgan fanlarga oiddir. 
11.   Beruniy   “Hindiston”   asarida   Yer   yuzasining   tuzilishi,   dengiz   va
quruqlikning   nisbati   to’g’risida   to’xtalib,   shunday   yozgan   “Yerning   choragi
ma’muradir.   Ma’murani   g’arb   va   sharq   tomondan   Muhit   okeani   (Atlantika   va
Tinch okeani) o’rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning
nargi   tomonida   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   quruqlik   yoki   odam   yashaydigan
orollardan ikki yoqdan (g’arb va sharqdan) ajratib turadi...” deb yozgan. Bu fikrni
“Mas’ud   qonuni”da   ham   ta’kidlaydi.   Xullas,   Beruniy   matematik   hisob-kitob
asosida   Kolumbdan   qariyib   450   yil   ilgari   hozirgi   Amerika   qit’asi   bo’lishi
mumkinligini bashorat qilgan.
12.   Beruniy   Atlantika   va   Tinch   okeanlarining   janubiy   qismi   bir-biri   bilan
tutashganligini isbotlagan, Yer sharining janubiy tomonida muz qoplagan quruqlik
bo’lishi kerak deb faraz qilgan. 
13. Beruniy geografik kenglikni hisoblashda qo’llagan usul 16-asrda Tixo de-
Brage tomonidan kashf etilgan deb kelinadi, vaholanki, bu usulni Beruniy undan 6
asr ilgari ishlatgan.
14.   Jinslarning   geologik   kelib   chiqishi,   quruqlikning   dengizlarga,
dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini Beruniy ishlab chiqqan.
15. Jismlarning Yer markaziga qarab tortilish kuchi haqidagi g’oyani birinchi
bo’lib Beruniy ilgari surgan.  
16.   Beruniy   mineralogiya   va   iqlimshunoslik   fanlariga   ham   jiddiy   hissa
qo’shgan.   Minerallarning   tarkibiy   tuzilishi,   kristallanish   xodisasi,   yorug’lik   nuri
ta’sirida   kristallarning   tovlanishi   tabiati   haqidaga   g’oyalarni   ham   Beruniy   ishlab
chiqqan. 18.   Beruniy   dunyolarning   ko’pligi   va   xilma-xilligi   haqidagi   falsafiy   g’oyani
ilgari   surgan.   Bu   g’oya   600   yildan   so’ng   Jordano   Bruno(1548–1600)   tomonidan
aytildi va u shu g’oya tufayli inkivizisiyaning gulxanida yondirildi. 
17. Beruniy ijtimoiy xodisalar, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy muhitning o’rni,
odamlar   tabiatiga,   ko’rinishiga   geografik   iqlimning   ta’siri,   mehnat   qurollarining
jamiyat   taraqqiyotidagi   o’rni,   kishilarning   moddiy   ehtiyojlari,   mulk   va   meros
masalalarini birinchi bor sosiologik tahlil qilgan.  
Beruniy merosi va mustaqillik.  Abu Rayhon Beruniy merosi mustaqillikdan 
ilgari ham qrganilgan. Ammo u davrda asosan Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi, 
materialistik dunyoqarash nuqtai nazaridan o’rganilgan edi. Mustaqillik 
davridagina Beruniy merosiga keng qamrovli yondashuvga yo’l ochildi. Uning 
“Qur’oni karim” va “Hadisi sharif”ga munosabati, diniy mazhablar tadqiqi 
bugungi kunda olim va ulamolarimiz tomonidan keng tadqiq etilmoqda. 
Beruniyning noma’lum asarlarini izlab topish davom ettirilmoqda. Beruniy 
rahbarlik qilgan Xorazmdagi “Ma’mun akademiyasi”ning ming yilligi xalqaro 
miqyosda nishonlandi va bu tadbirlarda olimning xizmati yuqori darajada qayd 
etildi. Beruniyning jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasini ta’kidlovchi asarlar 
yozilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda. Beruniyning G’aznadagi qabrini 
O’zbekiston Respublikasidan yuborilgan maxsus ekspedisiya a’zolari ziyorat 
qilishdi va ta’mirlash ishlarini olib borishdi. Kelajakda Afg’oniston hukumati bilan
O’zbekiston hukumati kelishgan holda Abu Rayhon Beruniyga maxsus maqbara 
qurish va Alisher Navoiy maqbarasiini qayta qurish, u joylarda obodonlashtirish 
ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Mustaqillik davrida Beruniy 
asarlarining ommaga ma’lum bo’lmagan qirralarini ko’rsatuvchi ommabop 
nashrlarni chiqarish yo’lga qo’yildi. Qo’lingizdagi kitobchaning yaratilishi ham 
mazkur yo’nalishdagi ishlar jumlasiga kiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar
1.   Абдуҳалимов   Б.А.     “Байт   ал-ҳикма»   ва   Ўрта   Осиё   олимларининг
Бағдоддаги илмий фаолияти. -Т.: Тошкент ислом университети, 2004. -236 б.
2.   Абу   Бакр   Шоший   //   Ислом   энциклопедияси   (А–Ҳ).   –   Т.:   Ўзбекистон
Миллий энциклопедияси, 2004. -Б. 10.
3.  Абу Наср Форобий. Фозил одамлар ша ҳ ри. Т.:  Ў зМУ   нашриёти,  –  2004.
4.  Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -Т.: Шарқ, 2001.-368 6.
5.  Аль-Хорезми. Астрономические трактаты. / Пер. и примеч. А. Ахмедова. –
Ташкент: Фан, 1983. – 140 с.
6.   Аҳмедов   А.   Аҳмад   ал-Фарғоний.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 1998. – 160 б.
7. Баҳодиров Р.М. Абу Абдуллоҳал-Хоразмий ва илмлар таснифи тарихидан.
-Т.: Ўзбекистон, 1995. -143 б.
8. Бобоев С. Аҳмад ал-Фарғоний. – Тошкент: Тафаккур, 2010.
9. Бозоров О.Б. Шодиев Р.Т. Ўрта Осиё тасаввуфи ва ахлоқий қадриятлар. —
Самарканд, 1992.
10.   Бойматов   С.   Маматкулов   Ф.,   “Буюк   аждодларимиз   мероси   бутун
инсониятнинг бойлигидир”. Илмий-услубий кулланма.   Жиззах-2015 .
11. Буюк аждодларимиз. – Тошкент: Тошкент ислом университети. 2002. 
12.  Жузжоний А.Ш. Тасаввуф ва инсон. – Тошкент: Адолат, 2001. 
13.   Ирисов А. Абу Али ибн Сино ҳаёти ва ижодий мероси. – Тошкент: Фан,
1980. – 207 б.
14.  Комилов Н. Нажмиддин Кубро. – Тошкент: Халқ мероси, 1995.
15.  Комилов Н. Тасаввуф. Т.: Мовароуннахр — Ўзбекистон, 2009.
16.  Комилов Н. Тафаккур карвонлари, – Тошкент: Маънавият, 1999. – 279 б.
17.  Конрад Н.Н. Запад и Восток. М.: Т.1 редак. Вост. литературм. 1972.
18.  Қориев  О.  Фарғона   фиқҳ  мактаби   ва  Бурҳонуддин   ал-Марғиноний.   –  Т.:
Фан, 2009.

Abu Rayhon Beruniy ilmiy asarlari tahlili Reja 1. Abu Rayhon Beruniy va tarix ilmi 2. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida 3. “Hindiston” va “ Qonuni Ma’sudiy ” asarlari haqida 4. Beruniyning “Saydana” va “Menerologiya” asarlari va uning mazmuni 5. “Geodeziya” asaridagi tabiiy-ilmiy qarashlarining o‘rganilishi

Abu Rayhon Beruniy va tarix ilmi O‘tmish tariximizni o‘rganishda bevosita tarixiy manbalarga murojaat qilinadi va manbalar orqali tarixiy voqealar tahlil qilinib, aniqlik kiritiladi. O‘zbekistonning VIII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo‘lgan tarixi deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan. Manbashunoslikda arab tilida vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratib o‘rganiladi. Birinchisi arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va olimlar bo‘lib, ularning asarlarida ona vatanga muhabbat alohida namoyon bo‘ladi, bu ayniqsa Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarida alohida ko‘zga tashlanadi. Ikkinchi guruh — xorijlik olimlardan iborat bo‘lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi, madaniyati, siyosiy-ijtimoiy hayoti yoritilgan. Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Arab tilida bitilgan eng muhim manbalar qatorida qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayhon Beruniy va uning tarixiy asarlarini keltirish joiz. Beruniy tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha 150 dan ortiq asar yaratib, asosan tabiiy fanlar sohasida ulkan kashfiyotlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan. Beruniyning tarixchi sifatida quyidagi ikki xarakteri alohida qayd etib o‘tiladi. Ya’ni, turli xalqlarning tarixiy, madaniy taraqqiyoti va ayrim shaxslar faoliyatini baholashda ularning irqiy, diniy yoki sulolalariga asoslanmay hamma xalqlarga birda hurmat bilan qarashga asoslangan. Shungdek, voqea va hodisalarni ayniqsa etnografiya sohasida solishtirish asosida o‘rganishga harakat qilish, turli xalqqlar va diniy guruhlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik yoki ziddiyatlarni axtarib topish. Tarix va tarix fani ijtimoiy fanlar majmuasi bo‘lib, insoniyatning butun o‘tmishi davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi jarayonlar va voqea-hodisalarni aniq-konkret holda va turli uslublar yordamida davrlarga bo‘lingan va umumiy holda o‘rganadi. Iqtisodiy tarix, siyosiy tarix, madaniyat tarixi, harbiy tarix, diplomatiya tarixi, tarixiy geografiya kabilar tarix fanining tarmoqlari hisoblanadi. Tarix fanining tarkibiy qismlari maxsus tarixiy fanlar

hamda arxeologiya va etnologiya bolib, fan va madaniyat tarixi, san’at tarixi shu sohalar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Ayniqsa tarix to‘g’risidagi chuqur bilimlarini o‘z ichiga olgan «Osor ul- boqiya an al-qurun al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») hamda «Hindiston» yoki «Kitab tahqiq molil-Hind min manqula fi-1-aql va-l-marzuma» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarining tadqiq etish») va «Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm» («Xorazm haqidagi axborotlar haqida suhbatlar») nomli asarlari bilan jahon tarix fani va madaniyat tarixiga katta hissa qo‘shdi. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana «Tarixi Xorazm» va «Mashohiri Xorazm» («Xorazmning mashhur kishilari») nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari — parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan «Tarixi Bayhaqiy» va Yoqut Hamaviyning «Mo‘jam ul-buldon» asarlarida saqlanib qolgan. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida Shunday qilib Abu Rayxon Beruniyning tarixga oid bo‘lgan eng yirik asari uning dastlabki asarlaridan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” ya’ni, (Al- osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Qadimgi Xorazmda o‘tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, kalendarlari, dinlari, payg‘ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida to‘plagan yaxlit ensiklopediya xarakteridagi asar hisoblanadi. Asar Yevropa ilm-fan olamida “Xronologiya” nomi bilan mashhurdir. Bu asarni olim 27 yoshida, ya’ni 1000 yili yozib tugallagan. Asar olimning boshqa asarlari singari arab tilida yozilgan. Asar Jurjon hukmdorlaridan biri Qobus ibn Vashmgirga bag‘ishlagan. Tarixdan ma’lumki, o‘ sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar sulolasi (928-1042) hukmronlik qilgan. Bu sulolaning vakili Qobus ibn Vashmgir (1012 y. o‘ldirilgan) yosh olimni o‘z himoyasiga oladi. Ye vropani birinchi marta asar bilan tanishtirgan olim nemis sharqshunosi va beruniyshunosi 1845-1930 yillarda yashagan Eduard Zaxau bo‘ldi. Bu asarning birinchi nashrini Eduard Zaxau 1876–1878 yillarda Leypsigda arabcha nusxasi

asosida nashr etdi. Nashrda o‘sha paytgacha mavjud bo‘lgan 4 ta qo‘lyozma nusxadan foydalanilgan. Zaxau 1879 yili asarning inglizcha tarjimasini nashrdan chiqaradi. 1943 yilda Tehronda E.Zaxauning arabchadan qilingan inglizcha tarjimasi asosida Akbar Dono Sirisht Sayrafiy tomonidan nashr etildi. Beruniyshunoslik markazining 50 yillardan boshlab Toshkentga ko‘chishi natijasida 1950 yili sharqshunos olim Abdufattoh Rasulov mazkur asarning bir qismini o‘zbekchaga tarjima qiladi. Nemis arabshunos olimlari Karl Garbers va Iogann Fyukkler tomonidan Zaxau nashrida tushurib qoldirilgan o‘rinlar to‘ldirilib 1952 yilda yana nashr etadi. 1957 yilda esa arabshunos olim M.A.Sale asarni birinchi marta rus tiliga tarjima qildi. Ammo keeng qo‘lyozmalar nusxasi va tarjimalar nusxasi bo‘lishiga qarammasdan mazkur tarjima juda ko‘p kamchiliklarga ega edi. Mazkur tarjima nusxasiga S.Tolstov va V.Sheglovlarning so‘z boshi bilan boshlangan. Keyinchalik 1959 yilda A.Xolidov barcha nashrlar va qo‘lyozmalarni solishtirib qaytadan nashr ettirdi. 1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o‘zbek tilidagi to‘liq tarjimasi “Fan” nashriyotida bosilib chiqadi. Bu asarning tarjimasi nashr etilishida tarjimon Abdufattoh Rasulovning va mas’ul muharrirlar arabshunos Ismatulla Abdullaev va faylasuf-tabiatshunos O.Fayzullaevlarning xizmati katta bo‘lgan. Beruniyning yozgan asarlari. 1035–1036 yillari Beruniy o’zi yozgan asarlari ro’yxatini tuzgan va mazkur ro’yxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan 50 dan ziyod asarlarini ham qo’shadigan bo’lsak, ularning umumiy soni 160dan oshadi. Ayrim manbalarda Beruniy 200 ziyod asar yozganligi haqidagi ma’lumotlar ham uchraydi. Beruniy yozgan har bir asar o’ziga xos ensiklopediya edi. Masalan, uning dastlabki asarlaridan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (Al-osor al-boqiya an al- qurun al-xoliya” asari Qadimgi Xorazmda o’tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari,

kalendarlari, dinlari, payg’ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida to’plagan yaxlit ensiklopediya bo’lib, u Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhurdir. Bu asarni olim 27 yoshida, ya’ni 1000 yili yozib tugallagan. Arab tilida yozilgan. Qobus ibn Vashmgirga bag’ishlagan. Bu asarning birinchi nashrini nemis olimi, beruniyshunos Eduard Zaxau 1876–1887 yillarda Leypsigda bosib chiqaradi. 1879 yili uning inglizcha tarjimasini nashrdan chiqaradi. 1950 yili sharqshunos olim A.Rasulov asarnining bir qismini o’zbekchaga tarjima qiladi, 1957 yili bu asar arabshunos olim M.A.Salye tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi va nashr etiladi. 1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o’zbek tilidagi to’liq tarjimasi “Fan” nashriyotida bosilib chiqadi. Beruniyning “Kitob ul-maqolot val-arz vad-diyonot” (“Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Kitob fi axbori Xorazm” (“Xorazm xabarlari haqida kitob”), “Kitob tarixi ayyom as-sulton Mahmud va axbori abihi” (“Sulton Mahmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi xabarlar”) kabi kitoblari hali topilmadi. Ularni jahon kutubxonalari va shaxsiy kitob xazinalaridan axtarishni davom ettirish lozim. Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan davrida qimmatbaho toshlar va minerallar haqida “Mineralogiya” asarini (“Kitob al jamohir fi ma’rifat al-javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami”) yozgan. Bu asar hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotmagan. Bu asarda muallif 300 dan ziyod minerallar va ularning fizik (qattiqligi, solishtirma og’irligi, rangi, qirralarining tuzilishi va boshqalar), ximiyaviy (tarkibida qanday moddalar borligi, suv va olovga chidamliligi) xususiyatlarini tushuntirib bergan. Beruniyning “Mineralogiya” asarini 1963 yil SSSR Fanlar akademiyasi nashriyotida Moskvalik sharqshunos A.M.Beliniskiy rus tilida nashrdan chiqardi. Kitob shunday nomlanadi: Beleniskiy A.M. Ocherk jizni i trudov Biruni, «Sobraniye vvedeniy dlya poznaniya dragosennostey (mineralogiya)», M., Izd-vo AN SSSR, 1963. 1025 yil 18 noyabrda Beruniy “Geodeziya” (“Tahdid nihoyot il-amokin li tas’hih masofot al-masokin” /”Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash”) asarini yozib tugatgan. Geodeziyada matematik geografiya asoslari