DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY DEMOGRAFIK VAZIYAT


Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat
• XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.