EHM arxitekturasi nima
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSETITI MATEMATIKA FAKULTETI ,,AMALIY MATEMATIKA’’ YUNALISHI MAVZU: EHM arxitekturasi nima?.
Mavzu: EHM arxitekturasi nima Reja: 1.EHMning paydo bo’lish tarixi 2.EHMning tizimli dasturlashda qullanilishi 3. EHMni asosiy vazifalari
EHM arxitekturasi nima? Elektron hisoblash mashinasi (EHM) — asosiy funksional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimo tkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash ʻ mashinasi. Birinchi EHM —analograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi 20-asr 40- yillarida paydo bo lgan. 70-yillardan boshlab kompyuter keng rasm bo la boshladi. EHM ning boshqa ʻ ʻ tipdagi hisoblash mashinalariga nisbatan afzalligi (tez ishlashi, ixchamligi , puxtaligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishy va boshqalar) tufayli ilmiytexnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarda keng qo llanilmoqda. ʻ Kompyuter (Hisoblash Mashinasi) axborotni (ma'lumotlarni) qayta ishlash va kerakli shaklda natija olish imkonini beradigan texnik vositalar to'plamidir. Texnik vositalar ostida ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash uchun mo'ljallangan barcha uskunalar tushuniladi. Asosiy funktsional qurilmalari elektron komponentlarda yaratilgan Hisoblash mashinalari elektron hisoblash mashinalari (EHM) deb ataladi. So'nggi paytlarda mahalliy adabiyotda inglizcha "kompyuter" atamasi keng tarqaldi. Biz bu atamalarni bir-birining o‘rnida ishlatamiz. Aytish joizki , hozirda optik, fotonik, kvant va boshqa fizikaviy tamoyillarga asoslangan kompyuterlarni yaratish ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, optik kompyuterlar elektr tezligi emas, balki yorug'lik tezligida ishlaydi , bu ularni ma'lumotlarni eng yaxshi o'tkazuvchiga aylantiradi. Kvant mexanikasining g'ayritabiiy dunyosi umumiy klassik fizika qonunlariga bo'ysunmaydi.
Universal avtomatik hisoblash mashinasini yaratish g’oyasi va loyihasi Kembrij universitetining professori Charlz Bebbijga (1792—1871) mansubdir. Bu mashinani u analitik mashina deb atagan. Bebbij mashinasida shoir Jorj Gordon Bayronning qizi Ada Lavlays (1816—1852) ishlagan. Uni haqli ravishda birinchi programmachi-dasturlovchi deb atashadi. Programmalashtirishning zamonaviy tillaridan biri Ada uning nomi bilan atalgan. Ch. Bebbij g’oyasi EHM ning yaratilishiga bevosita turtki bermagan bo’lsa ham bu g’oyadan arifmometrlar, ya’ni stol ustiga quyib ishlatiladigan hisoblash, yechish qurilmalarini yaratuvchilar foydalandilar. CH. Bebbij ma’lumotlarni teshilgan andozalar yordamida tasvirlashdek o’ziga ma’lum bo’lgan printsiplardan foydalangan. Qizig’i shundaki , zamonaviy perfokartalarning namunasi XIX asr boshlarida to’quv dastgohlarida iplarni yotqizishni boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Teshilgan andozalar uzoq vaqt ixtirochilarning e’tiboridan chetda qoldi, holbuki ulardan, o’ylaymizki, turli qurilma va mashinalarda foydalanish mumkin edi. EHM ga ma’lumotlarni kiritish usullarini izlashganda ularni eslab qolishdi. Teshilgan andozalar (perfokartalar, perfolentalar va hokazo) ning mohiyati sodda: teshikning borligi «1»ni, yo’qligi esa «0»ni anglatadi. Ulardan foydalanish uchun boshlang’ich ma’lumotni 0 va 1 raqamlaridan tashkil topadigan kod orqali yozish lozim. Televizor EHM bilan muloqotda bo’lish vositasi sifatida, foydalanuvchilarning unga o’rganib qolganidan tashqari, elektron nur tezligi bilan aniqlanadigan yuqori tezkorlik xarakteristikalariga ega. Te levizor hisoblash texnikasiga katta yordam qildi, shu bilan birga undan o’ziga foydali jihatlarni oldi.