“Eneida” dostoni.
“ ENEIDA” DOSTONI. RE JA: 1. RIMNING ULUG’ SHOIRI VERGILIY MARON 2. “ENEIDA” HAQIDA 3. ENEIDA DOSTONIDAN PARCHA.
• Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremonda, keyinchalik Milan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika , falsafa bilimlarini, ayniqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uyatchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan shug‘ullanadi. 41 yilda Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashtiradi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishtiradilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va xayrixohlik bilan qaragan va o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.
• Rim eposi asoschisining Vergiliyning “Eneida” dostoni, Homer ning dostonlari bilan tenglashtirilgan. Vergiliydan hammasi bo‘lib uchta asar yetib kelgan: 1. “Bukolikalar” (cho‘pon she’rlari) 2. “Gerogikalar” (dehqon qo‘shiqlari) 3. “Eneida”
• Mazkur asarlardan tashqari bizga qadar “catalepta”, ya’ni “mayda- chuda she’rlar” deb ataluvchi yana bir to‘plami saqlanib qolgan. Bu to‘plamga kirgan she’rlar ning ko‘pchiligi neoteriklar, ayniqsa, Katull usulida yozilgan turli-tuman vazndagi she’riy asarlardan iborat. • Vergiliyning birinchi yirik asari “Bukolikalar” o‘nta she’rdan iborat to‘plamdir. Bu to‘plamga kiritilgan she’rlarni ko‘pchiligi eklogalar, ya’ni she’riy parchalar deb ham ataladi. • “ Bukolikalar” muallifining diqqat makazida turadigan asosiy masala – dehqonchilik ishlarining boshqa kasblarga nisbatan a’loligini, oddiy qishloq hayotining go‘zalliklarini madh qidishdan va shu yo‘sin yer egalarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. “ Bukolikalar”
• Vergiliyning dehqonchilik haqida yozilgan ikkinchi asari – “Georgikalar” dostoni ham mazmun jihatidan birinchi to‘plamga juda yaqin turadi. Didaktik mazmundagi ushbu asar yirik-yirik to‘r t qismdan iboratdir. Bu qismlardan birinchisi g‘allakorlikka, ikkinchisi bog‘dorchilik va tokchilikka, uchinchisi chor vachilikka va to‘r tinchisi asalarichilikka bag‘ishlanadi. Doston muallifining otashin vatanpar varligi, qishloq hayotiga bo‘lgan jo‘shqin muhabbati, ayniqsa dehqonlarga samimiy xayrixohlik bilan qarashi – asar ning yuksak badiiy mahorat bilan yozilishini ta’minlagan. “ Georgikalar”