logo

“Rustamxon” dostoni

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1146.84765625 KB
“ RUSTAMXON” 
DOSTONI X ALQ 
OG` ZAKI 
IJ ODI “ RUSTAMXON” DOSTONI 1937-YILDA 
BAXSHI FOZIL YO'LDOSH O'G'LI 
TILIDAN HODI ZARIF YOZIB OLGAN. B A X SH I CH I L I K DA  F OY DA L A N I L A DI GA N  CH OL G` U  
A SB OB L A R I    FOZIL 
YO`LDOSH 
O`G`LI KIM?
  Fozil  shoir  1872-yilda  hozirgi  Jizzax 
viloyatining  Baxmal  tumani  Loyqa 
qishlog'ida  tug'ilgan.  Yetimlikda 
o'sgan  bo'lajak  shoir  cho'ponlik 
qilgan  vaqtlarida  do'mbira  jo'rligida 
terma va dostonlar aytishga qiziqqan.    Fozil Yo'ldosh 40 dan oshiq 
xalq dostonlarini to'la yod 
bilgan va betakror talanti bilan 
aytgan dostonlarining badiiy 
jihatdan boshqalarnikidan mu 
kammal bo'lishiga erishgan. 
  “ Rustamxon”  dostoni ham 
shunday dostonlardan biri. RUSTAM 
KIM?   Dostonning  bosh  qahramoni  Rustam 
yoshligidan  baquvvat,  mard  va  jasur 
bo'lib  ulg'aydi.  Doston  voqealari 
rivojida  Rustamning  qo'rqmas  va 
dovyurakligini,  chin  insoniylik 
sifatlarini  ko'rish  mumkin. 
Kundoshlari  tuhmat  bilan  onasini 
yurtdan  haydab,  dorga  osdirmoqchi 
bo'lganida,  Rustam  sarosimaga 
tushmadi.  Onasini  jallodlar  qo'lidan 
qutqarib:  «Adashganning  oldi  yo'l»,  - 
deya  yo'lga  tushadi  va  Hukumu 
tog'ida  qo'nim  topib,  ovchilik  bilan 
kun ko'ra boshlaydi. DOSTON HAQIDA QISQA 
REZUMI
  «Rustamxon»   dostoni da  o'z  davrining  ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlari,  ishq-muhabbat  sarguzashtlari,  turli  fantastik 
uydirmalar,  ertaklarga  xos  voqealarning  yuksak  badiiyati  bilan 
yo'g'rilgan  tasvirlar  kishini  hayajonga  soladi.  Asar  matnida 
xalqimizning  qadimiy,  boy  tiliga  xos  fazilatlar,  xalqona  ibora  va 
ifodalar,  shu  tilning  imkoniyati,  nafosati,  kuchi  va  qudrati  ham 
yorqin namoyon bo'lgan. QI ZI QA R L I  
TOPSHI R I QL A R   “ N I M A  U CH U N  O` X SH AY DI ? ”  I N T EGR AT SI YA  
O` Y I N I . 
“ R U STA M X ON ”  DOSTON I N I N G QU Y I DA GI  
A SA R L A R GA  
QA N DAY  O` X SH A SH L I GI  B OR ?   X A L Q DOSTON L A R I  H A QI DA
  "Doston" forscha so'z bo'lib, qissa, hikoya, 
sarguzasht,  ta'rif  ma'nolarini  bildiradi. 
Adabiy  atama  sifatida  ham  folklorning, 
ham yozma adabiyotning muayyan janrini 
anglatadi.  Xalq  og'zaki  ilodiga  mansub 
asarlarni  yozma  dos-tonlardan  farqlash 
uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi.    Favqulodda  xususiyatlarga  ega 
qahramonlarning  boshidan  o'tgan 
qaltis  voqealar  she'r  va  nasriy  yo'lda 
aralash  tasvirlangan  yirik  hajmli, 
muallifi  noma'lum  epik  asar lar  xalq 
dostonlari deyiladi.   1.  Qahramonlik  dostonlari. 
  2. Jangnoma dostonlar. 
  3. Romanik dostonlar. 
  4. Tarixiy dostonlar. 
  5. Kitobiy dostonlar.Xalq dostonlar olimlar tomonidan 
quyidagi turlarga ajratilgan:  SA’J 
NIMA?
  Xalq  dostonlaridagi  nasriy  tasvirlar  ham 
juda o'ziga xos bo'lib, ko'pincha, saj' yo'lida, 
ya'ni  qofiyali  sochma  ko'rinishida  keladi. 
Nasriy  tasvirlarning  bu  tarzda  berilishi  xalq 
dostonlarining  ifoda  darajasini  yuksaltirib, 
badiiy ta'sirchanligini orttiradi.  EPIK QOLIP NIMA?
 
Xalq  dostonlarining  deyarli  hammasida  uchraydigan  ifoda  va  tasvirlar 
folklorshunoslikda  "epik  qoliplar"  deyiladi.  Ular  xalq  dostonlarida 
takrorlanib  turadigan  holatlar  tasvirida  qo'llaniladi.  Dostonlarning 
boshlanish  va  tugallanishi,  personajlaming  ko'rinishi,  o'zaro  munosabatlari, 
tulporlarga  berilgan  ta'riflar,  safar  yoki  jang  tasvirida  epik  qoliplardan 
foydalaniladi. 
 
Misol  uchun:  "Dam  shu  damdir,  o'zga  damni  dam  dema,  Boshing  eson, 
davlatingni  kam  dema"  yoki:  "Kokillarim  eshilgandir  tol-tol,  Har  toliga 
bersa yetmas dunyo mol".

“ RUSTAMXON” DOSTONI X ALQ OG` ZAKI IJ ODI

“ RUSTAMXON” DOSTONI 1937-YILDA BAXSHI FOZIL YO'LDOSH O'G'LI TILIDAN HODI ZARIF YOZIB OLGAN.

B A X SH I CH I L I K DA F OY DA L A N I L A DI GA N CH OL G` U A SB OB L A R I

FOZIL YO`LDOSH O`G`LI KIM? Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog'ida tug'ilgan. Yetimlikda o'sgan bo'lajak shoir cho'ponlik qilgan vaqtlarida do'mbira jo'rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan.

Fozil Yo'ldosh 40 dan oshiq xalq dostonlarini to'la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mu kammal bo'lishiga erishgan. “ Rustamxon” dostoni ham shunday dostonlardan biri.