logo

Falsafa fani predmeti vazifalari va asosiy yo’nalishlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1403.3359375 KB
Mav zu: Falsafa fani 
predmet i v azifalari v a asosiy  
y o’nalishlari  Re ja:
1. Falsafa fani predmeti
2. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni
3. Falsafa fanining asosiy yo’nalishlari Falsafaning predmeti
Falsafaning  predmeti  -  insonda  bilishga  qiziqish  uyg‘otadigan, 
bilimlar  va  tajriba,,  muayyan  e’tiqod,  ishonch  va  intuitsiyaga 
tayangan  holda  oqilona  asoslangan  javoblar  berishga  harakat 
qiladigan,  savollar  tug‘diradigan  har  qanday  obyektiv  va 
subyektiv borliqdir .  
Boshqacha  aytganda,  muayyan   
obyekt    haqida  muayyan 
tasavvur  hosil  qilish  maqsadida 
savol  berishga  asos  bo‘lishi 
mumkin  bo‘lgan  hamma  narsa 
falsafaning predmetidir.  Falsafaning predmetini qandaydir bitta, 
qat’iy cheklangan, muayyan masalalar 
doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U 
vaqt omiliga va obyektiv sabablar 
to‘plamiga qarab, doim u yoki bu 
muammo yoki ularning muayyan majmui 
tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo 
bu boshqa mavzular, masalalar va 
muammolar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va 
falsafa chegarasidan chetga chiqadi, 
uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, 
degan ma’noni anglatmaydi. Bu fanning oldiga qo’yilgan 
vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga 
qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli 
davrlarida unga bo’lgan munosabat 
ham o’zgarib borgan. Bu 
munosabatlar dastlabki fanlar paydo 
bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan 
ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga 
aylana boshlagan davrlardayoq 
shakllana boshlagan. Falsafaning 
ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, 
jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati 
nimadan iborat, degan masala hamma 
davrlarda ham dolzarb bo’lgan. «Falsafa»  tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – 
donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki 
ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. 
Falsafa  so‘zini ilk bor qadimgi 
yunon mutafakkiri Pifagor 
miloddan avvalgi VI asrda tayyor 
holda (afsonalar, rivoyatlar, 
an’analar orqali) avloddan avlodga 
o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z 
aqliga tayanib, mushohada yuritish 
va  tanqidiy fikrlash yo‘li orqali 
olishi mumkin bo‘lgan bilimni 
farqlash maqsadida ishlatgan. Dialektika  – grek tilida bahs va 
suhbatlashish san’ati degani 
ma’noni anglatadi. Antik dunyo 
faylasuflari uni haqiqatga 
erishish yo’li va usuli sifatida 
talqin etganlar. Hozirgi davrga 
kelib dialektika olamdagi narsa 
va hodisalar doimo o’zgarishda, 
o’zaro aloqadorlik va 
bog’liqlikda, taraqqiyot va 
rivojlanishda deb tushunishdir. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan bog’liq 
muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, 
qarash, usul va metodlar bor.  Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi 
muallim» deya e’tirof etilgan buyuk 
mutafakkir Abu Nasr Forobiy 
filosofiya so’zini «hikmatni qadrlash» 
deb talqin etgan. Falsafa Sharq 
xalqlari ijtimoiy tafakkurida 
«donishmandlikni sevish» degani 
mazmun bilan birga, olam sirlarini 
bilish, hayot va insonni qadrlash, umr 
mazmuni hakidagi qarash va 
hikmatlarni e’zozlash ma’nosida 
ishlatilgan. Abu Nasr Forobiy Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli 
bo’lgan narsalarni oliy darajadagi 
haqiqat sifatida mutloqlashtirmaydi. 
Bu borada Suqrotning «Men hech 
narsani bilmasligimni bilaman» 
degani e’tirofi haqiqat me’zonidir. 
Holbuki, Suqrot qadimgi 
Yunonistonning eng bilimli faylasufi 
bo’lgan.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda 
namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham 
o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy 
dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli 
sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar 
tashkil etadi.  Har bir falsafiy g’oya, 
mafkura, bilimlar tizimi asosan 
o’z davri xususiyatlarini aks 
ettirgan. Ular zamon ruhi va 
ma’naviyatini o’zida 
mujassamlashtirgan, davr 
muammolarini hal etishda qo’l 
kelgan. Shuning uchun 
Aflotun, Forobiy va Beruniy, 
Navoiy va Xekkelning asar va 
ta’limotlarida ular yashab 
o’tgan davr g’oyalari aks 
etgan. Adabiyotlar:
1. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: 
O’zbekiston, 1999. 
2. Mo’minov I. O’zbekistondagi tabiiy-ilmiy va 
ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar. — T.: 
«Fan», 1998. 
3. A. Toynbi. Postijenie istorii. — M.: Nauka, 1991. 
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: 
O’zbekiston, 2000. - 352 b.

Mav zu: Falsafa fani predmet i v azifalari v a asosiy y o’nalishlari

Re ja: 1. Falsafa fani predmeti 2. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni 3. Falsafa fanining asosiy yo’nalishlari

Falsafaning predmeti Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliqdir . Boshqacha aytganda, muayyan obyekt haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.

Falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obyektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi.

Bu fanning oldiga qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan.