Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Falsafiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Falsafiy tafakkur Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi.
SHuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligiga e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi bo‘lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli– tumanligini toraytirib qo‘yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim. SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas.
Sharq falsafasi SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
Falsafiy gʻoya Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega.