Fanlararo integratsiya
Mavzu: Fanlararo integratsiya zamonaviy ta'limning zaruriy shartidir
INTEGRATSIYALASHDAN MAQSAD Fanlararo aloqadorlik muammosi pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib, u ta’lim-tarbiya jarayonida bo’lajak mutaxassislarning o’quv bilish faoliyatini faollashtiradi, bilimlar sifatini oshiradi, ta’limning ilmiyligi, tushunarliligi, tizimliligi va mobilligini oshirishga xizmat qiladi.
INTEGRATSIYA TUSHUNCHASI Integratsiya (lot. integratio — tiklash, to ldirish, ʻ integer — butun so zidan); ʻ 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o zaro bog liqlik holatini hamda ʻ ʻ shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va o zaro aloqa jarayoni; ʻ differensiatsiya bilan birga kechadi
INTEGRATSIYA TUSHUNCHASI Amaliyot nuqtai nazaridan integratsiya fanlar orasidagi aloqalarni mustahkamlash, o’quvchilarning ortiqcha yuklanishlarini kamaytirish, sinflardagi axborotni kengaytirish va boyitish, shuningdek, o’quvchilarning ta’lim olish motivlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Umuman olganda, integratsiya - bu alohida- alohida ajratilgan qismlarning birlashuvini nazarda tutuvchi nazariy tushunchadir.
INTEGRATSIYALASHDAN MAQSAD Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog’likligini ko’rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir- biriga bog’liq yaxlit olamni tasavvur qilishga o’rgatish. Integratsiya - bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni to’ldirish, ular orasidagi aloqalarni o’rnatish lozim.