logo

Fayzulla Xo’jayev va uning faoliyati

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

103.482421875 KB
FAY ZULLA  X O’J AY EV VA  
UNI NG FAOLI YATI F ay zulla  X o‘jaev  ( 1896-
1938) Atoqli  davlat  va  siyosat  arbobi,  Buxoro  jadidchiligining  faol 
ishtirokchisi,  «Yosh  buxoroliklar»  partiyasining  rahbarlaridan  biri 
Fayzulla Xo‘jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar 
oilasida  tug‘ilgan.  U  yoshligida  eski  maktabni  bitirib,  Buxoro 
madrasasida  o‘qigan.  1907—1912  yillarda  F.Xo‘jayev  Moskvada 
shaxsiy  o‘qituvchilardan  ta’lim  olgan.  1913  yildan  jadidlar  safida 
faoliyat  ko‘rsatgan  va  xalq  orasida  ma’rifat  tarqatish  bilan 
shug‘ullangan.   Ot asidan  me ros  qolgan  k at t a  boylik ni  yangi  usul 
mak t ablari  ochishga,  yosh  buxorolik lar  siyosiy  f aoliy at ini  moddiy 
qo‘llab-quvvat lashga  sarfl adi.  1917  yildan  boshlab  F.X o‘jayev  va 
F it rat   part iyaning  so‘l  qanot iga  boshchilik   qilib,  Buxoroda  avval 
konst it ut sion  monarxiya,  so‘ngra  de mok rat ik   re spublik a  t uzish 
uchun  k urashdilar.  Yosh  buxorolik lar  amir  t omonidan  t a’qib 
k ilingach,  F.X o‘jayev  va  uning  saf doshlari  Buxoroni  t ark   e t ishga 
majbur bo‘lishdi. 1920-yilda  Turkistonda  muhojirlikda  bo‘lib,  «Yosh  buxoroliklar»  partiyasining 
Turkiston  byurosini  tashkil  qilgan.  F.Xo‘jayev  tomonidan  tuzilgan  partiyaning 
dasturi  shariat  asosida  bo‘lib,  xalqning  milliy  an’analari  va  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini 
tashkil etishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Buxoro  amiri  taxtdan  ag‘darilgach  va  hokimiyat  Yosh  buxoroliklar  qo‘liga 
o‘tgandan  so‘ng  F.Xo‘jayev  hukumat  rahbari  etib  saylanadi.  Bu  lavozimda  u 
mustaqil  siyosat  olib  borishga,  Rossiya  va  xorijiy  mamlakatlar  bilan  teng 
muloqot  qilishga  intilgan.  1922-yilda  u  Germaniyaga  chet  el  savdo 
kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
1925  yilda  F.Xo‘jayev  O‘zbekiston  Xalq  nozirlari  kengashining  raisi  etib 
saylandi.  U  o‘z  faoliyatida  o‘zbek  xalqining  iqtisodiy  va  madaniy  ravnaqiga 
xizmat  qiluvchi  tadbirlarni  amalga  oshirishga  intildi.  F.Xo‘jayev  sovet  tuzumi 
tomonidan  milliy  ziyolilarning  faoliyatini  cheklash  siyosatiga  qarshi  chiqdi.  U 
uzoq  yillar  davomida  markazning  tazyiqi  ostida  ishlashga  majbur  bo‘ldi.  1926 
yilda  jadidchilik  tarixiga  bag‘ishlangan  «Buxoro  inqilobi  tarixiga  materiallar» 
kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta’qibga olindi. F.Xo‘jayev  hukumat  rahbari  sifatida  O‘zbekistonning  xalq  xo‘jaligi  (paxtachilik, 
irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojlantirishga, maorif va madaniyatni 
ravnaq  toptirishga  harakat  qildi,  biroq  yangicha  tusdagi  mustamlaka  sharoitida 
bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
F.Xo‘jayev  BXSRning  mustaqil  ichki  va  tashki  siyosat  yuritishiga,  iktisodiy 
islohotlar  o‘tkazish  va  demokratik  erkinliklarni  joriy  kilishga  aloxida  e’tibor 
qaratib,  Sovet  Rossiyasidan  tashqari  Eron,  Turkiya,  Afg‘oniston,  Xitoy, 
Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar 
o‘rnatgan.  U  talabalarni  xorijga  junatib  o‘qitishning  tashabbuskorlaridan  biri 
bo‘lgan.
F.Xo‘jayev o‘z faoliyati davomida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga 
xizmat  qiluvchi  tadbirlarni  amalga  oshirishga  intildi.  U  VKP(b)  MK  O‘rta  Osiyo 
byurosi  va  O‘zbekiston  KP  MKga  nisbatan  muxolifat  mavqeida  turgan  «o‘n 
sakkizlar  guruhi»  (1925  yil  noyabr)ga  xayrixoh  bo‘lgan.  «Quloq»larni  sinf  sifatida 
tugatish  siyosatini  yoqlamagan.  O‘zbekistonda  yoppasiga  chigit  ekilishi  paxta 
yakkahokimligiga  olib  keladi,  deb  hisoblagan.  O‘zbekistonda  zamonaviy  sanoat 
inshootlari qurilishida tashabbuskor bo‘lgan . F.Xo‘jayev  davlat  arbobi,  tarixchi  va  iqtisodchi  olim,  publitsistjurnalist  sifatida  boy 
ilmiy  meros  qoldirgan.  Uning  «Buxoro  inqilobining  tarixiga  materiallar»  (1926), 
«Buxorodagi  revolyutsiya  va  O‘rta  Osiyoning  milliy  chegaralanishi  tarixiga  doir» 
(1932)  kitoblari,  «BXSRdagi  iqtisodiy  ahvol»  (1924),  «Yosh  buxoroliklar  to‘g‘risida» 
(1926),  «Jadidlar»  (1926),  «Bosmachilik»  (1930)  maqolalarida  O‘zbekiston  tarixining 
XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko‘rsatilgan.
F.Xo‘jayev  1937  yil  9  iyulda  Moskvada  qamoqqa  olindi.  O‘nta  Sovetlarga  qarshi 
«O‘ng  trotskiychi  blok»  faoliyatiga  qo‘shilganligi  hamda  «Milliy  ittihod»  tashkiloti 
faoliyatiga  rahbarlik  qilganlik,  «bosmachilik»  harakati  va  qo‘rboshilarni  qo‘llab-
quvvatlaganlik,  Fitrat,  Cho‘lpon,  Abdulla  Qodiriy  va  boshqa  o‘zbek  ziyolilariga 
g‘amxo‘rlik  ko‘rsatganlik  kabi  ayblar  qo‘yildi  va  otishga  hukm  qilindi.  Hukm  Moskva 
atrofidagi Butovo katlgohida ijro etilgan.
1965 yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi F.Xo‘jayevni aybsiz deb topdi va 
oqladi.  O‘zbekistonda  F.Xo‘jayevning  100  yillik  yubileyi  nishonlandi  (1996). 
F.Xo‘jayev asarlari va u haqidagi tadqiqotlar nashr etildi. «Buxoroning jin ko‘chalari» 
(A.  Muxtor)  qissasi,  «Inkilob  tongi»  (K.  Yashin)  dramasi,  «Men  yashashni  istayman» 
(N. Naimov) roman-xronikasi va boshqa asarlar F.Xo‘jayev faoliyatiga bag‘ishlangan. E’ TIBORIN GIZ 
UCHUN  RAX MAT!

FAY ZULLA X O’J AY EV VA UNI NG FAOLI YATI

F ay zulla X o‘jaev ( 1896- 1938)

Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, «Yosh buxoroliklar» partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug‘ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o‘qigan. 1907—1912 yillarda F.Xo‘jayev Moskvada shaxsiy o‘qituvchilardan ta’lim olgan. 1913 yildan jadidlar safida faoliyat ko‘rsatgan va xalq orasida ma’rifat tarqatish bilan shug‘ullangan. Ot asidan me ros qolgan k at t a boylik ni yangi usul mak t ablari ochishga, yosh buxorolik lar siyosiy f aoliy at ini moddiy qo‘llab-quvvat lashga sarfl adi. 1917 yildan boshlab F.X o‘jayev va F it rat part iyaning so‘l qanot iga boshchilik qilib, Buxoroda avval konst it ut sion monarxiya, so‘ngra de mok rat ik re spublik a t uzish uchun k urashdilar. Yosh buxorolik lar amir t omonidan t a’qib k ilingach, F.X o‘jayev va uning saf doshlari Buxoroni t ark e t ishga majbur bo‘lishdi.

1920-yilda Turkistonda muhojirlikda bo‘lib, «Yosh buxoroliklar» partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xo‘jayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida bo‘lib, xalqning milliy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Buxoro amiri taxtdan ag‘darilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qo‘liga o‘tgandan so‘ng F.Xo‘jayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan. 1925 yilda F.Xo‘jayev O‘zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U o‘z faoliyatida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xo‘jayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo‘ldi. 1926 yilda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan «Buxoro inqilobi tarixiga materiallar» kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta’qibga olindi.

F.Xo‘jayev hukumat rahbari sifatida O‘zbekistonning xalq xo‘jaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojlantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi. F.Xo‘jayev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iktisodiy islohotlar o‘tkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga aloxida e’tibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. U talabalarni xorijga junatib o‘qitishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. F.Xo‘jayev o‘z faoliyati davomida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi va O‘zbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan «o‘n sakkizlar guruhi» (1925 yil noyabr)ga xayrixoh bo‘lgan. «Quloq»larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. O‘zbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. O‘zbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor bo‘lgan .