Fe’l so’z turkumi. Fe’lning vazifa shakllari va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
Mavzu: Fe’l so’z turkumi. Fe’lning vazifa shakllari va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi Reja: > Kirish: Fe’l so’z turkumi. > Asosiy qism: 1.Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik . O’timli va o’timsizlik. 2.Fe’l nisbatlari. 3.Fe’lning vazifa shakllari: sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi. 4.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi. > Xulosa.
Fe’l so’z turkumi Ish-harakat va holatni bildiradigan so’zlar fe’l deyiladi:o’qidi,yozdi, keldi,ketdi (harakat fe’llari), uxladi,o’yladi, yonboshladi,o’tiribdi, tik turibdi (holat fe’llari). (B. U. Umurqulov. “Hozirgi o’zbek tili” .Termiz-2009). Shaxs yoki narsaning ish-harakati va holatini ifodalovchi mustaqil so’zlarga fe’l deyiladi. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. Bu voqea-hodisalarni bildiruvchi so’zlarning hammasi nima qilmoq? savoliga javob bo’ladi . (Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009.) Nima qilmoq? Nima bo’lmoq? So’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi. (N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.”6-sinf ona tili darsligi”.Toshkent-2017).
Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shaklda bo’ladi. Bo’lishli shakl harakatning bajarilishi haqida tasdiqni ifodalasa, bo’lishsiz shakl harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi: yozaman-yozmayman. Fe’lning bo’lishli shakli maxsus affiksga ega emas. Bo’lishsiz shakli esa quyidagi maxsus grammatik vositalar orqali hosil qilinadi: -ma affiksi, emas yordamchisi, yo’q yordamchisi, na,…na inkor yuklamasi. (Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009)
O’timli va o’timsiz fe’llar Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga munosabati o’timli va o’timsizlikni hosil qiladi. Harakatning predmatga o’tgan yoki o’maganligi fe’lning tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanishiga qarab belgilanadi. O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanib harakatni shu so’z anglatilgan predmetga o’tganligini bildiradi:kitobni o’qi. O’timsiz fe’llar tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanmaydi:uxla(sen). (B.U.Umurqulov.”Hozirgi o’zbek tili’’. Termiz-2009.)
Fe’l nisbatlari Fe’ldan anglashilgan harakat va holat bilan uning bajaruvchisi va predmeti orasidagi munosabatlar fe’l nisbatlari deyiladi. Fe’l nisbatlari beshta: aniq nisbat, o’zlik nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbati, orttirma nisbat. Aniq nisbat . Bu nisbat ega tomonidan bajarilishi aniq bo’lgan harakat va holatni bildiradi. Aniq nisbatni hosil qiluvchi qo’shimcha yo’q. U fe’lning negizi orqali ifodalanadi. Fe’lning bunday qurilishi faol qo’llaniladi:yozdi, uxladi kabi.