logo

Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23788.794921875 KB
Fors qo‘lt ig‘i arab dav lat lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм       Fors qo‘ltig‘i atrofida 8 ta davlat joylashgan bo‘lib, ulardan 6 tasi — Saudiya 
Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn 
— tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy 
jihatdan bir-biriga ancha o‘xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi  Fors qo‘lt ig‘i arab 
dav lat lari  deb ataladi.      Fors qo‘ltig‘idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan tashqari, shu 
guruhdagi barcha davlatlar Arabiston yarimorolida joylashgan. Mintaqa 
iqtisodiy-geografik o‘rnining qulayligi uchta qit’a — Osiyo, Afrika va Yevropa 
tutashgan hududda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo‘llari bo‘yida 
joylashganligi bilan belgilanadi.       Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari maydoni va aholisi soniga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi  (21-jadval).  Mintaqadagi hududiy va demografik 
salohiyati bo‘yicha eng yirik davlat Saudiya Arabistonidir.    Fors qo‘ltig‘i arab davlatlarining barchasi monarxiya boshqaruv 
shakliga ega. Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon mutlaq 
monarxiya, 
Saudiya qiroli Qatar amiri Ummon sultoni         Kuvayt, Bahrayn konstitutsion monarxiya hisoblanadi. BAA esa har biri 
mutlaq monarxiya hisoblanadigan yettita amirliklar federatsiyasi bo‘lib, 
davlat tuzumida mutlaq va konstitutsion monarxiya elementlari 
uyg‘unlashgan.
Quvayt amiri
Bahrayn qiroli BAA amiri         Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Arabiston yarimoroli qadimgi platformada joylashganligi
sababli relyefida tekislik va yassitog‘liklar asosiy o‘rin egallaydi.      Iqlimi tropik, yil bo‘yi issiq va quruq. Yozda kunduzi havo harorati 
odatda +50 ºC dan yuqori bo‘ladi, kechasi esa 0 ºC gacha tushishi 
mumkin. Yillik yog‘in miqdori 100 mm ga yetmaydi. 
Quruq tropik    Fors qo‘ltig‘i mintaqasida asosiy  tabiat zonasi tropik cho‘llardir 
(118-rasm).
Quruq tropik     Fors qo‘ltig‘i arab davlatlarining asosiy tabiiy boyligi ulkan neft va 
gaz zaxiralari hisoblanadi. Neft zaxiralari bilan ayniqsa Saudiya 
Arabistoni, Kuvayt va BAA, tabiiy gaz zaxiralari bilan esa
Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA ajralib turadi.     Iqlimning qurg‘oqchilligi tufayli suv resurslarining taqchilligi 
mavjud. Doimiy oqar suvlar yo‘qligi sababli qadimdan asosiy suv 
manbai sifatida yerosti suvlari xizmat qilgan.        Hozirgi sharoitda suv bilan ta’minlanishda dengiz suvini 
chuchuklashtirish katta ahamiyat kasb etadi  (119-rasm).  Daryolar 
faqatgina yomg‘irlar yog‘adigan paytlarda suvga
to‘ladigan o‘zanlar — vodiylar ko‘rinishiga ega.     Aholisi. 
Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari aholisining muhim xususiyati xorijiy 
migrantlar ulushining kattaligidir.       Ummonda xorijiy ishchilar aholining 25% ini, Saudiya Arabistonda 30% ini 
tashkil etsa, boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich 50% dan yuqori, BAAda esa 
90% ga yaqin. Xorijiy migrantlarning asosiy qismini Janubiy Osiyo va Shimoliy 
Afrika mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi.     Mintaqa davlatlarida aholining tabiiy o‘sishi nisbatan yuqori
emas. Ummonda bu ko‘rsatkich yiliga 2% atrofida, qolgan
davlatlarda esa 0,9–1,2% ga teng.     Milliy liboslari     Milliy liboslari     Milliy liboslari     Fors qo‘ltig‘i arab davlatlariga shahar aholisi ulushining
yuqoriligi xos. Xususan, Ummon, Saudiya Arabistoni, BAA va
Bahraynda urbanizatsiya darajasi 80% dan ortiq, Kuvayt va
Qatarda esa 100% ga teng.     Mintaqadagi 
eng yirik 
shaharlar — Ar 
Riyod, Jidda, 
Dubay, Makka, 
Madina, Abu 
Dabi, Al Kuvayt 
(120-rasm).Shaharlari
37
65
2 4 1
Ar-Riyod JiddaDubay
Makka
Madina
Abu DabiAl Kuvayt
Maskat Doha
Manama                       Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvaytda sunniy, Bahraynda
shia, Ummonda ibodiy musulmonlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Sunniy Shia
Ibodiy      Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina shaharlari butun dunyo 
musulmonlari uchun muqaddas shaharlar hisoblanadi  (121-rasm).     Iqtisodiyoti. 
Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasi 
bilan ajralib turadi.       Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM hajmi bo‘yicha mintaqa 
mamlakatlari jahonda yetakchi o‘rinlarda turadi.
Saudiya Arabistoni riyali Qatar riyali
Ummon rialiQuvayt dinoriBahrayn dinori BAA dirhami               Iqtisodiyotning tayanch tarmog‘i — neft va gaz sanoati. Neft va 
gaz eksporti mintaqa davlatlari daromadining eng muhim manbai 
hisoblanadi. 
Saudia AramCo Neft kompaniyasi
Qatardagi Suyultirilgan gaz zavodi       Energiya manbalari 
bilan yaxshi 
ta’minlangani 
hisobiga
mintaqa 
davlatlarida kimyo 
va neft-kimyo, qora 
va rangli 
metallurgiya 
sanoati 
rivojlanmoqda.Sanoati
Quvayt Kimyo zavodiUmmon Neft-kimyo zavodiQatardagi Qora metallurgiya zavodi
BAAdagi Alyuminiy ishlab chiqarish          Dehqonchilikning rivojlanishi suv resurslari yetishmovchiligi bilan 
cheklangan. So‘nggi vaqtlarda tomchilatib sug‘orish 
texnologiyalarini keng qo‘llashga e’tibor qaratilmoqda. 
Markaziy buriluvchi sug‘orish       An’anaviy ravishda asosiy qishloq xo‘jalik ekini xurmo palmasi 
hisoblanadi.     Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qo‘ychilik, echkichilik va 
tuyachilik.     Mintaqa 
davlatlarida, 
shuningdek, 
bank-moliya 
sektori, tranzit 
savdo va turizm 
ham yaxshi 
rivojlanmoqda.Xizmat ko‘rsatish sohalari
Bank-moliya sektori Tranzit savdo
Turizm           Makka shahridagi Ka’batulloh (Masjid al-Haram)     Madina shahridagi Muhammad (s.a.v) masjidi (Masjid an-Nabaviy)     Dubay shahridagi Burj al-Arab mehmonxonasi     Dubay shahridagi Burj Xalifa (Dubay) binosi (828 metr)     © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
•
Atlas, 9-sinf Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), nusxasi 
telegram kanaldan olindi.

Fors qo‘lt ig‘i arab dav lat lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Fors qo‘ltig‘i atrofida 8 ta davlat joylashgan bo‘lib, ulardan 6 tasi — Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn — tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o‘xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo‘lt ig‘i arab dav lat lari deb ataladi.

Fors qo‘ltig‘idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar Arabiston yarimorolida joylashgan. Mintaqa iqtisodiy-geografik o‘rnining qulayligi uchta qit’a — Osiyo, Afrika va Yevropa tutashgan hududda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi bilan belgilanadi.

Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari maydoni va aholisi soniga ko‘ra bir- biridan farq qiladi (21-jadval). Mintaqadagi hududiy va demografik salohiyati bo‘yicha eng yirik davlat Saudiya Arabistonidir.