logo

Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

12665.833007812 KB
Osiyo mamlakatlarining  iqtisodiy 
rivojlanganligi                     Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yalpi ichki 
                 mahsulot (YIM), «Katta yettilik» guruhi, 
                 «ko‘chirilgan kapitalizm davlatlari», yangi 
   industrial davlatlar, industrial-agrar davlatlar, agrar-
   industrial davlatlar, agrar davlatlar.   Osiyo mamlakatlari nafaqat tabiiy sharoiti va resurslari, 
aholining ko‘payishi va tarkibi jihatidan, balki ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanganligi nuqtayi nazaridan ham bir-
biridan ancha farq qiladi   Ular iqtisodiy ri vojlanganligi va xo‘jaligining 
ixtisoslashuviga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi :
«Katta yettilik» guruhiga 
kiradigan davlat  (1 ta)
Osiyoning yangi industrial 
davlatlari  (4 ta)
Yirik indusrial-agrar davlatlar 
(5 ta)  Sust rivojlanayotgan agrar-
industrial davlatlar  (8 ta)Turizm va xizmatlar sohasiga 
ixtisoslashgan davlatlar   (3 ta) O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar 
(9 ta)Neftni eksport qiluvchi 
mamlakatlar  (7 ta)
Iqtisodiyoti eng qoloq agrar 
davlatlar  (7 ta)T ayanch rivojlanayotgan 
mamlakatlar   ( 2 ta)«ko‘chirilgan kapitalizm» 
tipidagi rivojlangan davlat  (1 ta)           1. Yaponiya – «Katta yettilik» guruhiga kiradigan yagona 
Osiyo mam lakati. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha 
jahonning to‘rtinchi davlati hisob	
 lanadi (2017-y.).    Iqtisodiyoti innovatsion 
texnologiyalarga 
asoslangan ish lab 
chiqarish tarmoqlariga 
ixtisoslashgan. Aholi 
turmush darajasi 
borasida Yaponiya 
jahonning peshqadam 
davlatlaridan biri.      2. Isroil – «ko‘chirilgan kapitalizm» tipidagi rivojlangan davlat. 
Aholi jon boshiga YIM hajmi bo‘yicha Osiyodagi peshqadam 
davlatlaridan biri. Isroil iqtisodiyoti, birinchi navbatda, yuqori 
texnologiyalarga tayanadigan mashinasozlikning turli 
tarmoqlariga ixtisoslashgan.    3. Xitoy va Hindiston – tabiiy resurslar, aholi soni va YIM hajmi 
bo‘yicha ulkan salohiyatga ega tayanch rivojlanayotgan 
mamlakatlar. Ular so‘nggi 15–20 yilda iqtisodiyoti tez 
rivojlanayotgan davlatlarga aylandi.   Hozirgi vaqtda Xitoy YIM 
hajmiga ko‘ra dunyoda birinchi, Hindiston esa uchinchi o‘rinni 
egallaydi.      Ammo aholi jon boshiga 
hisoblanganda iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari, ayniqsa, 
Hindistonda, hali 
rivojlangan davlatlar 
darajasidan birmuncha 
past.  Ijtimoiy taraqqiyot 
borasida ham bu ikkala 
davlatda dolzarb 
muammolar mavjud.    4. Osiyoning yangi industrial davlatlari – Koreya Respublikasi, 
Singa pur, Malayziya, Tailand. 1980-yillardan buyon amalga 
oshirilgan chuqur iqtisodiy islohotlar tufayli bu davlatlar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida keskin yuksalishlarga erishdi.    Koreya Respublikasi 
va Singapur oxirgi 
vaqtda ko‘plab 
xalqaro tashkilotlar 
tomonidan 
rivojlangan davlatlar 
qato riga 
kiritilmoqda.    Yangi industrial davlatlarning iqtisodiyoti mikroelektro nika, 
elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik kabi mashinasoz-
likning tarmoqlariga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish va 
axborot-kommuni	
 katsiya texnologiyalarini yaratish va eksport 
qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan.    5. Yirik indusrial-agrar davlatlar – Indoneziya, Pokiston, 
Filippin, Tur kiya, Eron. Bu davlatlar maydoni va aholi 
soni bo‘yicha yirik hisoblanib, katta tabiiy va mehnat 
resurs salohiyatiga ega.    Bu davlatlarning iqtisodiyo ti yengil, oziq-ovqat, tog‘-kon 
sanoati, mashinasozlikning ayrim tarmoqlari hamda 
ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan.    YIMning hajmi 
bo‘yicha ular 
jahonning yetakchi 30 
ta davlati qatoriga 
kiradi, ammo aholi jon 
boshiga to‘g‘ri 
keladigan 
ko‘rsatkichlari 
birmuncha pastroq 
(ayniqsa, Pokiston, 
Filippin va 
Indoneziyada).    6. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar – Fors qo‘ltig‘i arab 
davlatlari va Bruney. Bu mamlakatlar hozirgi vaqtda aholi jon 
boshiga YIMning darajasiga ko‘ra, nafaqat Osiyo, balki butun 
jahon miqyosida yetakchi o‘rinlarda turadi.    Buning asosiy sababi 
neftni eksport qilish 
hisobiga tushadigan 
katta daromad va 
aholi sonining 
nisbatan kamligi 
(Saudiya Arabistonini 
hisobga olmaganda).    Oxirgi yillarda Fors qo‘ltig‘i arab dav latlarida kimyo, 
metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari, turizm, tranzit 
savdo, bank-moliya sektori ham yaxshi rivojlanib 
bormoqda.    7. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar – Markaziy Osiyo va 
Kavkaz dav latlari, Mongoliya. Bu davlatlarning 
iqtisodiyoti industrial-agrar xarak	
 terga ega bo‘lib, 
asosan, xomashyoni yetkazuvchi tarmoqlarga (neft-gaz 
sanoati, tog‘-kon sanoati, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi) 
ixtisoslashgan.    Neft va gazni katta 
hajmda eksport 
qiluvchi Qozog‘iston, 
Turkmaniston va 
Ozarbayjonning 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari 
guruhdagi boshqa 
davlatlarga nisbatan 
yuqoriroq.    8. Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar – Kipr, 
Livan, Maldiv Respublikasi. Bu hududiy jihatdan kichik, boy 
rekreatsion resurs larga ega davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi hozirgi sharoitda tu	
 rizm hamda xizmatlar sohasi, 
ayniqsa, bank-moliya sektori bilan bog‘liq.    9. Sust rivojlanayotgan agrar-industrial davlatlar. Bular: 
Vyetnam, Kambodja, Bangladesh, Shri-Lanka, Iroq, 
KXDR va boshqa mamlakatlar  (Iordaniya, Suriya)  bo‘lib, 
asosan, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, yengil yoki oziq-ovqat 
sano atiga ixtisoslashgan.    10. Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar – Afg‘oniston, 
Nepal, Yaman, Myanma, Sharqiy Timor, Laos, Butan. 
Ularda sanoat juda sust rivojlan gan, shuningdek, 
qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi ancha pastdir.    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019
•
Atlas (Materik va Okeanlar geografiyasi), 6-sinf, 
O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri qo‘mitasi, Toshkent 2020

Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yalpi ichki mahsulot (YIM), «Katta yettilik» guruhi, «ko‘chirilgan kapitalizm davlatlari», yangi industrial davlatlar, industrial-agrar davlatlar, agrar- industrial davlatlar, agrar davlatlar.

Osiyo mamlakatlari nafaqat tabiiy sharoiti va resurslari, aholining ko‘payishi va tarkibi jihatidan, balki ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanganligi nuqtayi nazaridan ham bir- biridan ancha farq qiladi

Ular iqtisodiy ri vojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi : «Katta yettilik» guruhiga kiradigan davlat (1 ta) Osiyoning yangi industrial davlatlari (4 ta) Yirik indusrial-agrar davlatlar (5 ta) Sust rivojlanayotgan agrar- industrial davlatlar (8 ta)Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar (3 ta) O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar (9 ta)Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar (7 ta) Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar (7 ta)T ayanch rivojlanayotgan mamlakatlar ( 2 ta)«ko‘chirilgan kapitalizm» tipidagi rivojlangan davlat (1 ta)

1. Yaponiya – «Katta yettilik» guruhiga kiradigan yagona Osiyo mam lakati. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha jahonning to‘rtinchi davlati hisob lanadi (2017-y.).