logo

Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

20429.291992188 KB
Osiy o mamlak at larining iqt isodiy  
riv ojlanganligi  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм        Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, dunyo 
iqtisodiyotida  tutgan o‘rni, xalqaro ixtisoslashuvi nuqtayi 
nazaridan ham bir-biridan  ancha farq qiladi.      Qit’a mamlakatlari iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining
ixtisoslashuviga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi.
«Katta yettilik» guruhiga 
kiradigan davlat  (1 ta)
Osiyoning yangi industrial 
davlatlari  (4 ta)
Yirik indusrial-agrar davlatlar 
(7 ta)  Sust rivojlanayotgan agrar-
industrial davlatlar  (7 ta)Turizm va xizmatlar sohasiga 
ixtisoslashgan davlatlar   (3 ta) O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar 
(9 ta)Neftni eksport qiluvchi 
mamlakatlar  (7 ta)
Iqtisodiyoti eng qoloq agrar 
davlatlar  (7 ta)T ayanch rivojlanayotgan 
mamlakatlar   ( 2 ta)«Ko‘chirilgan kapitalizm» tipidagi 
rivojlangan davlat  (1 ta)           1. Yaponiya — “Katta yettilik” guruhiga kiradigan yagona Osiyo 
davlati. Yaponiya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha 2020-yil 
holatiga ko‘ra, jahonning to‘rtinchi davlati hisoblanadi. 
1       Mamlakat iqtisodiyoti innovatsion texnologiyalarga tayana-digan 
fantalab ishlab chiqarish tarmoqlariga ixtisoslashgan. Aholining 
turmush darajasi borasida ham Yaponiya dunyoning peshqadam 
davlatlaridan biri.     2. Isroil — “ko‘chirilgan kapitalizm” tipidagi rivojlangan davlat. Aholi jon 
boshiga YIM hajmi bo‘yicha Osiyodagi peshqadam davlatlardan biri 
hisoblanadi. Isroil iqtisodiyoti yuqori texnologiyalarga tayanadigan 
mashinasozlikning turli tarmoqlariga ixtisoslashgan.
1      3. Xitoy va Hindiston — tabiiy resurslar, aholi soni va YIM hajmi 
bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lib, tayanch rivojlanayotgan 
mamlakatlar guruhiga kiradi. 
1
2      Ular so‘nggi 20 yilda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylandi. 
Hozirgi vaqtda Xitoy YIM hajmiga ko‘ra dunyoda birinchi, Hindiston esa 
uchinchi o‘rinni egallaydi.       Ammo aholi jon boshiga hisoblanadigan iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
ayniqsa Hindistonda hali rivojlangan davlatlar darajasidan ko‘ra 
birmuncha past qolmoqda. Ikkala davlatga ijtimoiy taraqqiyot 
borasida ham dolzarb muammolar xos.     4. Osiyoning yangi industrial davlatlari — Koreya Respublikasi, 
Singapur, Malayziya, Tailand. 
4
3
2 1      1980-yillardan buyon amalga oshirilgan chuqur iqtisodiy islohotlar 
tufayli bu guruhdagi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda 
keskin yuksalishlarga erishdi.     Shu tufayli ular G‘arbda “Osiyo yo‘lbarslari” yoki “Osiyo ajdarholari” 
deb nom oldi. Koreya Respublikasi va Singapur davlatlari 
rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi.     Bu davlatlarning dastlabki to‘lqiniga Koreya Respublikasi, Singapur, 
Tayvan va Gongkong kirgan. Ikkinchi to‘lqinga kiradigasn davlatlar 
sifatida Malayziya, Tailand, Indoneziya, Filippin, shuningdek Vyetnam 
davlatlari kiritiladi.     Yangi industrial davlatlarning iqtisodiyoti mikroelektronika, elektrotexnika, 
avtomobilsozlik, kemasozlik kabi mashinasozlik tarmoqlariga ixtisoslashgan. 
Yangi ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish 
va eksport qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan.         5. Yirik industrial-agrar davlatlar — Indoneziya, Pokiston, Filippin, 
Vetnam, Turkiya, Eron. 
4
1 326
5      Bu davlatlar hududining maydoni va aholisi soni bo‘yicha yirik 
hisoblanib, katta tabiiy va mehnat resurslari salohiyatiga ega.      Bu davlatlarning iqtisodiyoti yengil, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, 
mashinasozlik hamda ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligiga 
ixtisoslashgan.           Ushbu davlatlar YIM hajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi 30 ta
davlati qatoriga kirsa ham aholi jon boshiga hisoblangan 
ko‘rsatkichlari birmuncha pastroq  (18-jadval).     18-jadval. Osiyodagi yirik industrial-agrar davlatlarning asosiy iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari (2020-y.)   6. Neft eksport qiluvchi davlatlar — Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari va 
Bruney. Bu mamlakatlar hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YIM 
darajasiga ko‘ra nafaqat Osiyo, balki butun jahon miqyosida yetakchi 
o‘rinlarda turadi. 
6
3
21 5
4
7      Buning asosiy sababi neftni ko‘plab qazib chiqarish va uni eksport 
qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi daromad va aholi 
sonining nisbatan kamligi (Saudiya Arabistonini hisobga 
olmaganda).      So‘nggi vaqtlarda Fors qo‘ltig‘i arab davlatlarida kimyo, 
metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari, turizm, tranzit savdo, bank-
moliya sektori ham yaxshi rivojlanib bormoqda.        7. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar. Osiyoda joylashgan sobiq Sovet Ittifoqi 
respublikalari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, 
Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya hamda 1990-yillarning 
boshida sotsialistik tuzumdan voz kechgan Mongoliya qit’a mamlakatlarining 
alohida ijtimoiy-iqtisodiy guruhini tashkil etadi.
8
7 6
5 1
3
4 2 9      Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xomashyoni yetkazuvchi
tarmoqlarga (neft-gaz sanoati, tog‘-kon sanoati, ko‘p tarmoqli 
qishloq xo‘jaligi) ixtisoslashgan.          Bu guruhdagi davlatlar orasida eng yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
Qozog‘istonga, eng past darajadagilari  esa Qirg‘iziston va Tojikistonga 
tegishli  (19-jadval).     8. Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar — Kipr, 
Livan, Maldiv Respublikasi. Bu hududiy jihatdan kichik, boy 
rekreatsion resurslarga ega
1
32      davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hozirgi sharoitda turizm 
hamda xizmatlar sohasi ayniqsa bank-moliya sektori bilan 
bog‘liqdir.     9. Sust rivojlangan agrar-industrial davlatlar. Bu guruhga 
Kambodja, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Iroq, Suriya, KXDR 
kabi davlatlar kiradi. 
4 6
3 2
1 7
5      Ular asosan qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, yengil yoki oziq-ovqat 
sanoatlariga ixtisosashgan.         10. Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar. Ular Afg‘oniston, Nepal, 
Yaman, Myanma, Sharqiy Timor, Laos, Butan kabi davlatlardir. 
547
6
3 21      Ularda barcha sanoat tarmoqlari juda sust rivojlangan, 
shuningdek, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi ancha past.         © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent 
– “O‘zbekiston” – 2019

Osiy o mamlak at larining iqt isodiy riv ojlanganligi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, dunyo iqtisodiyotida tutgan o‘rni, xalqaro ixtisoslashuvi nuqtayi nazaridan ham bir-biridan ancha farq qiladi.

Qit’a mamlakatlari iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi. «Katta yettilik» guruhiga kiradigan davlat (1 ta) Osiyoning yangi industrial davlatlari (4 ta) Yirik indusrial-agrar davlatlar (7 ta) Sust rivojlanayotgan agrar- industrial davlatlar (7 ta)Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar (3 ta) O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar (9 ta)Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar (7 ta) Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar (7 ta)T ayanch rivojlanayotgan mamlakatlar ( 2 ta)«Ko‘chirilgan kapitalizm» tipidagi rivojlangan davlat (1 ta)

1. Yaponiya — “Katta yettilik” guruhiga kiradigan yagona Osiyo davlati. Yaponiya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha 2020-yil holatiga ko‘ra, jahonning to‘rtinchi davlati hisoblanadi. 1