Fors svilizatsiyasi
Fors svilizatsiyasi
Reja: 1. Fors davlatining paydo bo lishiʻ 2.Fors podahligining bosqinchilik yurishlari 3 .Fors davlatining barham topishi
Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar boʻlib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Forslar 550 yil gʻalaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oraligʻida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar oraligʻida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli- gʻarbiy qismi boʻysundirilgan
Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga boʻlinib, ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holda) toʻlashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin ogʻirligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda kumush tanga vazifasini oʻtagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy ukladi boʻyicha turli-tuman bo'lgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya va Misr kirib, ularning qishloq xoʻjaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan
Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili boʻlgan oromiy tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan tashqari ma’muriy ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar koʻpgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (masalan, Kilikiya, Sugʻdiyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va toʻlovlardan ozod etganlar. Persepol bilan bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt qilishgan. Axomaniylar davlati madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar an’analari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar.