logo

FRIDRIX BARBAROSSANING TASHQI SIYOSATI

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

441.3427734375 KB
FRIDRIX BARBAROSSANING 
TASHQI SIYOSATI
REJA:
1.FRIDRIX BARBAROSSA 
2.FRIDRIX BARBAROSSANING ITALIYAGA YURISHI  FRIDRIX BARBAROSSA
    Germaniyani 1138-yildan boshqargan 
Gogenshtaufenlar sulolasining taniqli vakili Fridrix I 
Barbarossa (‘’Mallasoqol’’) (1152-1190-yy) bo’lgan. 
Fridrix I jasur va shafqatsiz sarkarda bo’lishi 
qatorida, iqtidorli diplomat, davlat ishlarini 
mukammal o’zlashtirgan hukmdor edi. U o’zining 
kuch-qudratini, erishish mushkul bo’lgan maqsadga- 
german imperatori boshchiligidagi jahon imperiyasini 
tuzishga qaratdi. Fridrix I Vengriya, Chexiya, Polsha, 
Daniya qirollari tomonidan o’z hokimiyatining 
ustunligini tan oldirishga intilgan. Lekin Angliya va 
Fransiyadan ustunlikka erishish orzusi imperatorning 
Germaniyadagi real hokimiyatiga mos kelmas edi.    FRIDRIX I BARBAROSSA  FRIDRIX BARBAROSSANING ICHKI 
SIYOSATI
    Fridrix I ning hukmronligi davrida mamlakatdagi 
mustaqil knyazliklar faoliyati markaziy 
hokimiyatni ancha zaiflashtirib qo’ygan edi. 
Imperator qator gersog va graflarga yon bosish 
orqali o’zaro urushlarga chek qo’yib, mamlakatda 
osoyishtalik o’rnatish, hatto imperiyani birmuncha 
kengaytirishga ham erishadi. Barbarossa o’z 
knyazligini tuzish va bu tadbir orqali hokimiyatni 
mustahkamlashga intilgan. Ammo uning asosiy 
tayanchi bo’lgan vasallari, ministeriallar va 
mayda ritsarlar nisbatan kuchsiz bo’lganlar. Bu 
vaziyat Fridrixni cherkov ustidan ham hukm 
o’tkazishga intilishiga olib keladi.   FRIDRIX I NING CHERKOV BILAN 
MUNOSABATLARI
     Fridrix I ni Vorms konkordatiga zid ravishda yepiskoplarni o’z 
odamlaridan tayinlashga intilishi papa bilan yangi mojaroga 
olib keladi. Bu nizoning ildizi chuqur bo’lib, papa ham 
imperator singari jahon imperiyasini tuzish rejasini ko’ngliga 
tuggan. Fridrixning Shimoliy Italiyaga yurishi esa, papalikga  
bevosita xavf solar edi.
     Mojaro 1137-yili Bezansonda reyxstagda papa legati Roland 
o’z homiysining maktubini o’qib berishidan boshlanadi. Unda 
Fridrix I ga imperiya papa tomonidan in’om etilgani 
ta’kidlangan edi. 
     Bunga javoban Fridrix I devonxonasi Rim huquqiga asoslanib, 
imperator o’z hokimiyatini bevosita Xudodan olganini bayon 
etadi. Papaning dunyoni boshqarishga da’vosiga javoban 
imperator manifestlarida Fridrixning da’volari asoslab beriladi.
       FRIDRIX I NING ITALIYAGA YURISHI
      Fridrix ma’muriyati va yollanma 
qo’shinni ta’minlash uchun 
mablag’lar topish maqsadida o’z 
e’tiborini Italiyaga qaratadi. 
SHIMOLIY ITALIYA va O’RTA 
ITALIYADAGI qator shaharlar 
rasman imperiya tarkibiga 
kirsalar-da, amalda to’liq 
mustaqil edilar. Fridrix bu 
shaharlar o’rtasidagi 
ziddiyatlardan o’z manfaatlari 
yo’lida foydalanishga intiladi.
      Bu boradagi dastlabki harakat 
1158-yili Ronkal vodiysida 
imperiya seymini chaqirishdan 
boshlandi.     
Shimoliy Italiya va 
Janubiy Italiya(Sitsiliya 
qirolligi) ni qo’shib olish 
uchun 5 marta yurish 
qiladi    LOMBARDIYA LIGASI VA FRIDRIX I BARBAROSSA
Italiyaga yurishlar vaqtida eng 
ko’p qarshilik ko’rsatgan Milan 
shahri egallanib,yer bilan yakson 
qilinadi. Shundan so’ng 
Italiyaning shimolida joylashgan 
shahar-davlatlar birlashib, 1167-
yilda o’z ittifoqlari ‘’ Lombardiya 
ligasi’’ ni tashkil qiladi. 1176- 
yilda Lenyano yonida Fridrix I 
Barbarossa va Lombardiya ligasi 
qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi 
jang bo’lib o’tadi. Bu jangda 
Barbarossa mag’lub bo’ladi. 
1177-yilda Kannosa voqeasidan 
so’ng roppa rosa 100 yildan so’ng 
Fridrix Barbarossa ‘’ Marshall 
xizmati’’ ni  amalga oshiradi.  FRIDRIX I DIPLOMATIYASI
Italiyaga qarshi harbiy 
yurishlarda o’z 
maqsadlariga erisha 
olmagan Barbarossa 
diplomatik yo’l bilan uni 
qisman amalga oshiradi. U 
o’g’li Genrix VI ni Sitsiliya 
malikasi Konstansiyaga 
uylantiradi va sulolaviy 
nikoh orqali Italiyaning 
janubini Germaniyaga 
qo’shib oladi.   FRIDRIX I BARBAROSSA VAFOTI
    Papaning qaroriga 
muvofiq Fridrix I 
Barbarossa 3-salib 
yurishlarida ishtirok 
etadi. Ammo 1190-
yilda Selef 
daryosida cho’kib 
o’ladi.

FRIDRIX BARBAROSSANING TASHQI SIYOSATI REJA: 1.FRIDRIX BARBAROSSA 2.FRIDRIX BARBAROSSANING ITALIYAGA YURISHI

FRIDRIX BARBAROSSA Germaniyani 1138-yildan boshqargan Gogenshtaufenlar sulolasining taniqli vakili Fridrix I Barbarossa (‘’Mallasoqol’’) (1152-1190-yy) bo’lgan. Fridrix I jasur va shafqatsiz sarkarda bo’lishi qatorida, iqtidorli diplomat, davlat ishlarini mukammal o’zlashtirgan hukmdor edi. U o’zining kuch-qudratini, erishish mushkul bo’lgan maqsadga- german imperatori boshchiligidagi jahon imperiyasini tuzishga qaratdi. Fridrix I Vengriya, Chexiya, Polsha, Daniya qirollari tomonidan o’z hokimiyatining ustunligini tan oldirishga intilgan. Lekin Angliya va Fransiyadan ustunlikka erishish orzusi imperatorning Germaniyadagi real hokimiyatiga mos kelmas edi.

FRIDRIX I BARBAROSSA

FRIDRIX BARBAROSSANING ICHKI SIYOSATI Fridrix I ning hukmronligi davrida mamlakatdagi mustaqil knyazliklar faoliyati markaziy hokimiyatni ancha zaiflashtirib qo’ygan edi. Imperator qator gersog va graflarga yon bosish orqali o’zaro urushlarga chek qo’yib, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, hatto imperiyani birmuncha kengaytirishga ham erishadi. Barbarossa o’z knyazligini tuzish va bu tadbir orqali hokimiyatni mustahkamlashga intilgan. Ammo uning asosiy tayanchi bo’lgan vasallari, ministeriallar va mayda ritsarlar nisbatan kuchsiz bo’lganlar. Bu vaziyat Fridrixni cherkov ustidan ham hukm o’tkazishga intilishiga olib keladi.

FRIDRIX I NING CHERKOV BILAN MUNOSABATLARI Fridrix I ni Vorms konkordatiga zid ravishda yepiskoplarni o’z odamlaridan tayinlashga intilishi papa bilan yangi mojaroga olib keladi. Bu nizoning ildizi chuqur bo’lib, papa ham imperator singari jahon imperiyasini tuzish rejasini ko’ngliga tuggan. Fridrixning Shimoliy Italiyaga yurishi esa, papalikga bevosita xavf solar edi. Mojaro 1137-yili Bezansonda reyxstagda papa legati Roland o’z homiysining maktubini o’qib berishidan boshlanadi. Unda Fridrix I ga imperiya papa tomonidan in’om etilgani ta’kidlangan edi. Bunga javoban Fridrix I devonxonasi Rim huquqiga asoslanib, imperator o’z hokimiyatini bevosita Xudodan olganini bayon etadi. Papaning dunyoni boshqarishga da’vosiga javoban imperator manifestlarida Fridrixning da’volari asoslab beriladi.