logo

Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro’z» asari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4817.5 KB
HAYDAR 
XORAZMIYNING «GUL 
VA NAVRO’Z» ASARI I. KIRISH (ISHNING UMUMIY TAV SIFI) 
II. Asosiy qism:
I. BOB: XV asr birinchi yarmi adabiyoti va Haydar Xorazmiy ijodi
1. 1. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi
1. 2. Shoirning «Gul va Navro’z» dostoni borasidagi bahslarga doir
Bob yuzasidan xulosa
II. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA «GUL VA NAV RO’Z» SUJETI
2. 1. Mumtoz adabiyotda ramziy dostonnavislik
2. 2. «Gul va Navro’z» turkumidagi dostonlar haqida
Bob yuzasidan xulosa
III. BOB:Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro’z» dostoni: mavzu, g’oya, poetika masalalari
3. 1. Dostonning sujeti, timsollar olami, kompozitsiyasi, mavzu va g’oyasi
3. 2. Badiiy tasvir vositalarining doston g’oyasini ifoda etishdagi o’rni
Bob yuzasidan xolasa
III. UMUMIY XULOSALAR
IV.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI MUNDARIJA TAQDIMOT MAV ZUSINING DOLZARBLIGI VA ZARURIYATITAQDIMOT MAV ZUSINING DOLZARBLIGI VA ZARURIYATI
                  Bugungi  kunda  shu  qadar  jadal  tarzda  rivojlanib  borayotgan  fan,  texnika  va  texnologiyalar  asrida  yashayotgan 
ekanmiz,  xalqimizning  boy  intellektual  merosi,  umumbashariy  qadriyatlarimiz    hamda  milliy  o’zligimizni  anglatuvchi 
tariximizni,  adabiyotimizni  chuqur  isloh  qilish,  targ'ib  etish,  yangilash  va  boyitib  borish  biz  yosh  kadrlarning  oliy 
maqsadimizdir.
                  O’tmishda  yaratilgan  mo’tabar  og’zaki  va  yozma  adabiyotimiz  namunalarini  chuqur  o’rganish  va  bilish  har  bir 
insonning shu yurtda istiqomat qiluvchi shaxslarning ulug’ burchidir. 
                    Adabiyotimizning  asrlar  osha  davom  etib  kelayotgan  mukammal  asarlarini  keng  xalq  ommasiga  yetkazishda 
muhim  yutuqlarga  erishilmoqda.Shuningdek,    hozirgacha  ayrim  noma’lum  bo’lib  kelayotgan  qo’lyozmalarni  aniqlab 
ularni  nashr  etish  borasida  bir  qancha  ikkilanishlarga  sabab  bo’layotgan  ma’lum  bir  masalalar  diqqatimizni  tortadi. 
Jumladan, «Gul va Navro’z» masnaviyi muallifi masalasi jiddiyroq o’rganishga muhtoj muammolardan biri sanaladi .  TAQDIMOTNING MAQSADI VA VA ZIFALARITAQDIMOTNING MAQSADI VA VA ZIFALARI
  
- - 
JJ
ahon  va  o’zbek  manbalarida  keltirilgan  Haydar  Xorazmiyning  hayoti  va  ijodiga  oid  bo’lgan ahon  va  o’zbek  manbalarida  keltirilgan  Haydar  Xorazmiyning  hayoti  va  ijodiga  oid  bo’lgan 
tadqiqot va mulohazalarni umumlashtirish;tadqiqot va mulohazalarni umumlashtirish;
    
-Haydar Xorazmiy ijodiga milliy istiqlol g’oyasi asosida yondashish;-Haydar Xorazmiy ijodiga milliy istiqlol g’oyasi asosida yondashish;
    
- shoirning adabiy merosi masalasida keltirilgan fikrlar va bahslarni o’rganish va xulosa berish;- shoirning adabiy merosi masalasida keltirilgan fikrlar va bahslarni o’rganish va xulosa berish;
    
- mumtoz adabiyotda  “Gul va Navro’z” sujeti, genezisi hamda ramziy an’anaviylikni yoritish;- mumtoz adabiyotda  “Gul va Navro’z” sujeti, genezisi hamda ramziy an’anaviylikni yoritish;
    
- shoir masnaviyi va uning janrlar tarkibini o’rganish;- shoir masnaviyi va uning janrlar tarkibini o’rganish;
  
-  «Gul  va  Navro’z»  dostonining  mavzu  va  g’oyalar  ko’lamini  tahlil  qilish,  ma’naviy  san’atlarni -  «Gul  va  Navro’z»  dostonining  mavzu  va  g’oyalar  ko’lamini  tahlil  qilish,  ma’naviy  san’atlarni 
aniqlash, obrazlar talqini va ularni sharhlash. aniqlash, obrazlar talqini va ularni sharhlash.  TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI
-          Haydar  Xorazmiy  ustozlari  va  zamondosh  shoirlari  asarlarida  qanday  talqinda  aks 
etganligi, ularning bir- biriga mosligi, hayotiy kechinmalari va ijodining qay yo‘sinda o‘tganligi 
hamda mumtoz tarixda tutgan o‘rnini aniqlash;
-
Shoirning doston janriga qo‘shgan hissasi, dostonda hikoya janrini qo‘llashi va boshqa adiblar  
dostonlari bilan chog‘ishtirish;
-
«Gul  va  Navro‘z»  asari  yuzasidan  izlanish  olib  borish,  asarni  poetikasi,  kompozitsiyasi, 
g‘oyaviyligi, personajlar va ma’naviy san’atlar orqali yoritish.    TAQDIMOTNING NAZARIY VA AMALIY  AHAMIYATI
            Haydar  Xorazmiy  hayotiga doir ma’lumotlar, «Gul va  Navro’z» ning g’oyalar 
olami,  xususan,  asar  mohiyatini  ochish  va  obrazlar  talqini  va  she’riy  san’atlarni 
qo’llashdagi  shoir  mahorati  tadqiq  etilgan.  Shuningdek,  “Gul  va  Navro’z”  asari 
borasidagi munozaralar, ramziy dostonchilikning rivoji, dostonchiligimizdagi “Gul 
va  Navro’z”  sujeti    va  boshqa  ma’lumotlar  umumlashtirilgan  va  xulosa 
chiqarilgan.  Bular  ishning  nazariy  ahamiyatini  belgilaydi.  Buyuk  ota-
bobolarimizning  asarlari  boy  mulkiy  meros  sifatida  katta  ahamiyatga  egadir.  Bu 
tarixiy,  ishqiy-qahramonlik  tipidagi  dostonlarni  o’rganish  orqali  boy  ma’naviy 
merosimizning qanchalik yuksak ekanligini aniqlash .  Mavzuning 
o’rganilganlik 
darajasi
Taqdimot 
natijalarining 
e’lon 
qilinganligi
Taqdimot 
hajmi I.BOB. XV asr birinchi yarmi  adabiyoti va Haydar Xorazmiy ijodi
                            
XIV asr oxiri XV asr boshlarida O’zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishi va gullab yashnashiga XIV asr oxiri XV asr boshlarida O’zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishi va gullab yashnashiga 
katta hissa qo’shgan yetuk istedod sohiblari qatorida Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi, faoliyati va adabiy katta hissa qo’shgan yetuk istedod sohiblari qatorida Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi, faoliyati va adabiy 
merosiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  unga  oid  ma’lumotlarni  nihoyatda  oz  o’rinlarda  uchratamiz.  Haydar merosiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  unga  oid  ma’lumotlarni  nihoyatda  oz  o’rinlarda  uchratamiz.  Haydar 
Xorazmiy  XIV  asr  oxirlarida  Xorazmda  tavallud  topgan.  Xorazmiy  taxallusi  ham  aynan  shu  boisdandir. Xorazmiy  XIV  asr  oxirlarida  Xorazmda  tavallud  topgan.  Xorazmiy  taxallusi  ham  aynan  shu  boisdandir. 
Bu  yerda  bir  muncha  yashab,  so’ng  Navoiy  va  Davlatshoh  Samarqandiy  ta’kidlaganidek,  (Sherozda) Bu  yerda  bir  muncha  yashab,  so’ng  Navoiy  va  Davlatshoh  Samarqandiy  ta’kidlaganidek,  (Sherozda) 
temuriy shahzodalar  Sulton Iskandar  hukmdorligida (1409-1415) xizmatda bo’ladi. Uni lirikasining katta temuriy shahzodalar  Sulton Iskandar  hukmdorligida (1409-1415) xizmatda bo’ladi. Uni lirikasining katta 
qismi  saqlanmay  qolib,  undan  bizgacha  Ozarbayjon  shoiri  Xamsanavis  Nizomiy  Ganjaviy  «Maxzanul qismi  saqlanmay  qolib,  undan  bizgacha  Ozarbayjon  shoiri  Xamsanavis  Nizomiy  Ganjaviy  «Maxzanul 
asror»  dostonidan  ilhomlanib  yozgan  «Maxzanul  asror»  i  va  ko’plab  tanqidiy  qarashlarga  asos  bo’lgan asror»  dostonidan  ilhomlanib  yozgan  «Maxzanul  asror»  i  va  ko’plab  tanqidiy  qarashlarga  asos  bo’lgan 
«Gul  va  Navro’z»  dostoni,  shuningdek  turkiy  va  forsiyda  bitgan  go’zal  she’rlari  yetib  kelgan.  U «Gul  va  Navro’z»  dostoni,  shuningdek  turkiy  va  forsiyda  bitgan  go’zal  she’rlari  yetib  kelgan.  U 
she’rlarida inson psixologiyasini, ruhiy holatini g’oyat ta’sirli, yorqin ifoda etibgina qolmasdan, kishilarni she’rlarida inson psixologiyasini, ruhiy holatini g’oyat ta’sirli, yorqin ifoda etibgina qolmasdan, kishilarni 
faqat  yaxshilik  va  yaxshi  xulq-atvor  egasi  bo’lishga,  jamiyatga  foyda  keltiruvchi  amallar  bajarib, faqat  yaxshilik  va  yaxshi  xulq-atvor  egasi  bo’lishga,  jamiyatga  foyda  keltiruvchi  amallar  bajarib, 
muruvvat  va  himmatli  bo’lishga  da’vatetganligi  uchun  zamonasi,  adabiyot  ahllarining  qalbidan  joy muruvvat  va  himmatli  bo’lishga  da’vatetganligi  uchun  zamonasi,  adabiyot  ahllarining  qalbidan  joy 
egallagan. egallagan.  Bir  qator  manbalarda  ta’kidlab  o’tilganidek,  shoir  haqida  Davlatshoh  Samarqandiyning  «Tazkirat-ush-
shuaro»,  Shayx  Ahmad  Taroziyning  «Fununul  balog’a»,  Alisher  Navoiyning  «Muhokamat-ul  lug’atayn», 
«Majolis  –un  nafois»,  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  «Muxtasar»,  Faxriy  Hiraviyning  «Ravzat  us-salotin» 
asarlarida ma’lumotlar uchraydi. 
      Haydar  Xorazmiy  Shayx  Ahmad  bilan  zamondosh  bo’lib,  Shayx  Ahmad  uning  ijodini  juda  yaxshi  bilgan. 
Binobarin, uning  « Gul va Navro’z» dostonini Lutfiyga emas, Haydar Xorazmiyga nisbat berilishi asosli. 
        …  Yasodi tog’ yang’lig’ o’ngni, so’lni. 
         Xirovul turg’izib, to’qtotti g’ulni. 
        Xama jiylar qo’ydi, berkitti qunbil. 
        Qaro tog’dek yasab tur di muqobil. 
                      Bu  she’riy  parcha  XV  asrning  birinchi  yarmida  yashab  ijod  qilgan  o’zbek  katta  shoiri  Haydar 
Xorazmiyning  «Gul  va  Navro’z»  dostonidan  keltirilgan  bo’lib,  uning  tarkibidagi  ikki  bayt  hozirgi  nashrlarda 
/ qarang:Lutfiy. Sensan sevarim, Toshkent, 1987, 427-bet  /  yo’q. [14, 207-bet ]
Ahmad Taroziy.Funun-ul balog’a.(Balog’at ilmlari)  / ma’sul muharrir B. Hasanov   /  -T .; Xazina, 1996, 207-bet  “ GUL VA N AVRO’Z ”               … Tarix sekkiz yuz o’n to’rt erdi hijrat
    Ki naqsh ettim bu manzuri muhabbat. 
              Uning  hijriy  814  yilda,  melodiy  1411  yilda  yozib  tugatiganini  ko’rsatadi.  Temuriylar 
imperiyasi  parchalanib  ketib,  Movarounnahr  va  Xuroson  taxti  uchun  shahzoda  va  amir-
amaldorlar  o’rtasida  qonli  kurashlar  avj  olgan  bir  pallada,  davrining  iste’dodli  shoiri  va 
ma’rifatparvar qalam sohibi Haydar Xorazmiy ommaviy urushlarni qoralab, tinchlik uchun 
birlashish maqsadida xalqqa mazkur asarlari orqali murojaat etdi. 
      O’shul kunlarki vaqtim erdi noxush, 
   Tiriklik nomuloyim umre noxush, 
   Parishonlik bila aqlim mushavvash, 
   Buzulg’on bu ko’ngulda ming tuman g’ash .    “ GUL VA NAVRO’Z” dostonida ijobiy va salbiy obrazlar Dostondagi ramziy-majoziy timsollar tavsifi
Dostondagi  timsollar  olami  boy  va  rang-barang  bo’lib,  har  bir  personaj  va  predmet  o’zining  lug’aviy  ma’nosidan  tashqari  biror 
narsani ifodalaydi. 
   Asarning ramziy timsollari:
   Navro’z -yangi kun, yangi yil boshlanishidagi dastlabki kun. 
   Farruh -go’zal, qutlug’, muborak, qutlug’ yuzli. 
   Navshod -xalqining go’zalligi va chiroyi bilan mashhur bo’lgan shahar nomi. 
  Farhor -orasta, chiroyli, shinam joy (uning Gul tug’ilgan mamlakat sifatida talqin qilinishi bejiz emas) 
  Mushkin -mushk hidli. 
NAV RO’Z  obraz i.Navro’z-dostonning  bosh  qahramoni.  Dostondagi  asosiy  voqea  Navro’zning  tug’ilishidan  boshlanadi  va  u  bilan  birga  o’sadi, 
rivojlanadi. Navro’z yosh bolalik chog’idanoq yaxshi sifat va fazilatlar orttira boradi, u turli bilimlarni egallab oladi, ov, sipohiylik ishi va boshqalar 
bilan shug’ullanadi:
  …  Kichik yoshdan qamuq fanlarni bildi, 
    Ko’pin o’z aqli birla fahm qildi. 
   Ne turdi bir nafas, ne urdi bir dam, 
    Tamom o’rgandi, bildi barcha irdam, 
    Gahe qush qushlamoq, gah ovlamoqda, 
   Kiyik nemlamoq, arslon quvlamoqda…. [18, 4] 
  Lutfiy.Gul va Navro’z. «O’qituvchi» nashriyoti .Toshkent- 1974, 4-bet
    Gul  obrazi.   Gul  aql-farosatda  yetuk,  husnu  malohatda  barkamol  qiz.  U  ma’naviy  jihatdan  ham  taxsinga  sazovor.   U  Farxor 
mamlakatining  malikasi  bo’lishiga  qaramay,  aksariyat  saroy  xonimlari  singari  axloqan  tuban,  oqbilak  va  tantiq  emas.  Gul  o’z  oldiga 
maqsad  qilib  qo’ya  oladigan  va  unga  erishish  yo’lida  g’ovlardan  hayiqmaydigan  jasorat  egasi.  Gul  obrazi  nozik  did  va  go’zal  hilqat 
egasi bo’lsada:
     …  Bute, ne but, magar huri parizod, 
     Tani nozik, bo’yi, chun sarvi ozod
     Parishon sochlari gul yaprog’inda, 
     Tuman ming shivalar har boqmog’inda, [18,6-bet]
mardlik  bobida  hech  qaysi  o’g’londan  qolishmasdi.  Demak,  “Mehrobdan  chayon»  dagi  Ra’no  jasorati  yangilik  emas  ekan-da.  Gul  ham 
o’z  maqsadlariga  erishish  yo’lida  Navro’zdan  kam  azob-uqubat  chekmaydi.  U  janglarda  mardlik  ko’rsatadi,  dushmanga  shafqatsiz,  o’z 
baxt-u saodati uchun kurashuvchi inson sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shu fazilatlari tufayli u murod-maqsadiga yetadi. 
    Navro’z  va  Gul  shunday  ilohiy  ishqning  asiri  ediki,  unga  erishish  yo’lida  hech  qanday  to’s iqlarga  qaramay  o’z  maqsadi  sari 
kurashishdan to’xtamadi. Yaldo ismli qonxo’r zindoniga tushdilar,  devlar manziliga duch keldilar,  turli daryo to’fonlarida bir birlaridan 
ayro bo’ldilar,  ammo har ikkisi ham segilisi visoliga yetmoqlik uchun jonini fido qilgudek tavakkal ish tutdilar.  Va fo va sadoqat, mardlik 
va  jasorat,  elparvar  va  oliyjanoblik  kabi  xislatlarni  o’zida  ja’m  qilgan  bu  muhabbat  ikki  sevishganni  har  qanday  dahshatli  kuchlardan 
qutqara oldi.  “ GUL VA NAV RO’Z” BAHSIGA DOIR
  
      «Gul va Navro’z» dostoni 1411 yilda yozilgan. Bu asarning muallifi masalasi adabiyotshunoslarimiz orasida 
ko’plab bahslarga sabab bo’lmoqda. Ko’plab olimlarimiz bu asarni Lutfiy qalamiga mansub d е b k е lgan edi. Va  
u k е ng kitobxonlarga Lutfiy asari sifatida tanildi
        1970 yillarda yuqoridagi qayd etilgan va ko’plab boshqa olimlarimiz «Gul va Navro’z» muallifi  xususida 
bahslar olib borishdi. Bu narsa ayniqsa 70- yillarda yana ham faollashdi. K е yingi yillarda chop etilgan o’rta 
maktab darsliklarida esa «Gul va Navro’z» muallifi noma'lum asarlar sifatida b е rildi. Bir guruh olimlarimiz esa 
(jumladan, prof е ssor A.Hayitm е tov 1998 yil 17 apr е lda chop etilgan maqolasida ham) «Gul va Navro’z»ning 
muallifi sifatida H.Xorazmiyni ko’rsatishadi  “ GUL VA NAV RO’Z” TURKUMIDAGI DOSTONLAR
        Sharq adabiyoti, ayniqsa forsiy hamda turkiy adabiyotimizda zamonlar osha davom etib kelayotgan bir 
nechta adabiy an’analarimiz borki, ular serqirra, ijodkor shoir va yozuvchilar e’tiboridan chetda qolmasdan 
avloddan avlodga o’tib, go’yoki adabiy tariximiz ildizlariga sarchashma bo’lib quyilib bormoqda. Bu 
an’analarning biri Xamsachilik an’anasi bo’lsa, yana boshqasi ishqiy-qahramonlik ko’rinishidagi dostonlar 
yoki shohnomalar bitishdir. Mazkur dostonlarni sanab ado etolmaganimizdek, ularni eshitmagan, bilmagan 
kishi bo’lishiga shubha qilamiz. Ulardan dunyoga dong’i ketgan «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», 
«Yu suf va Zulayho» va shular singari «Gul va Navro’z» ishqiy dostonlardir. Bizga ma’lum bo’lishicha, fors 
va turk tillarida bir mavzuda yozilgan  « Gul va Navro’z» dostonining uchta varianti mavjud. Ular mavzu 
jihatidan bir-biridan farq qilmasada, hajman yoki obrazlar yuzasidan farqlanib turadi. 

Jalol Tabib

Xoju Kirmoniy

Mavlono Haydar Xorazmiy  “ Gul va Navro‘z” dostonida mavzu, g‘oya, poetika masalalari
          «Gul va Navro’z» murakkab syujetli dostondir. U uzoq yillar davomida turli o’lkalarda sodir bo’lgan xilma-xil 
voqealarni, oddiy hayot lavhalaridan tortib kishini fantaziya olamiga olib kirib xayratda qoldiruvchi voqealargacha 
hikoya qiladi. Asosiy voqea Navshod shohi Farruhning o’g’il ko’rishi - Navro’zning tug’ilishidan boshlanadi. Vo qea 
asta-sekin rivojlanib, uning doirasi kengayadi, turli-turli personajlar va ularning faoliyati bilan bog’lanib boradi. 
Biroq dostondagi voqealarning barchasi, har bir epizod, har bir lavha Gul va Navro’zning ishqiy qahramonlik 
sarguzashtini yoritishga xizmat qiladi, shu sarguzashtning ma’lum halqasini tashkil qiladi yoki uni to’ldiradi, 
takomillashtiradi. Bu narsa dostonning izchil va mukammal kompozitsiyasini vujudga keltiradi. 
            Dostonning mavzusi voqealarning rivojlanishi, turli konflektlarning paydo bo’lishi va yechilishi bilan yoritilib 
boradi. Yaxshilik bilan yomonlik, ijobiy obrazlar bilan salbiy obrazlar o’rtasidagi kurash tobora murakkablashib 
boradi. Asar o’quvchini ma’naviy va ramziy sarguzashtga olib boradigan sayohat sifatida tuzilgan. Bu tasavvuf va 
islom ma’naviyatiga chuqur singib ketgan asardir. Doston mavzulari umumbashariy xususiyatga ega bo’lib, 
insonning ahvolidan so’zlaydi. «Gul va Navro’z» dostonida tadqiq etilgan asosiy g’oyalardan biri muhabbat 
g’oyasidir. Sevgi nafaqat insoniy tuyg’u, balki koinotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida ham tasvirlangan. Sevgi 
butun ijodni jonlantiradigan kuchdir va izlovchining ilohiy bilan ruhiy birlikka erishishi uchun vositadir. 
             Doston mazmunidan ko’rinib turibdiki, xalq dostonlaridagi motivlar-farzandsizlik, tush va safar motivlari 
mazkur dostonning asosiy syujetini tashkil qiladi.  Navro’z va Gul shunday ilohiy ishqning asiri ediki, unga erishish yo’lida hech qanday to’siqlarga qaramay o’z maqsadi 
sari  kurashishdan  to’xtamadi.  Ya ldo  ismli  qonxo’r  zindoniga  tushdilar,  devlar  manziliga  duch  keldilar,  turli  daryo 
to’fonlarida  bir  birlaridan  ayro  bo’ldilar,  ammo  har  ikkisi  ham  segilisi  visoliga  yetmoqlik  uchun  jonini  fido  qilgudek 
tavakkal ish tutdilar. Va fo va sadoqat, mardlik va jasorat, elparvar va oliyjanoblik kabi xislatlarni o’zida ja’m qilgan bu 
muhabbat ikki sevishganni har qanday dahshatli kuchlardan qutqara oldi. 
  …  Kishi kim ishq birla oshnodur,  
   Anga har dam falakdin ming jafodur…, 
   Balodur sarbasar ishqi jahonso’z, 
   Kim o’rtar mubtalolarni shabu ro’z. 
   Er o’g’likim qadam qo’ysa bu yo’lda, 
   Qadam boshdin kerakdur,  joni qo’lda. 
   Dostonda qo’llangan barcha timsollar nomlari «Navro’z», «Gul», «Farruh», «Mushkin», «Bahman», Man xoni 
«Rafi», Adan xoni «Badi», «Yaldo», «Bulbul», «Savsan», «Shayx Najdi» va boshqalar ramziylik anglatadi. Ularning 
har biri dostondagi asosiy voqea yoki ma’lum epizodning rivojida, konfliktlarning tug’ilishi yoki hal etilishida ma’lum 
o’rin tutadi, ijobiy yoki salbiy xislatlari bilan namoyon bo’ladi.         BADIIY TASVIR VOSITALARINING DOSTON G’OYASINI IFODA ETISHDAGI O’RNI
        
Shubha yo’qki, Haydar Xorazmiy o’z zamonasining zabardast san’atkorlaridan biri edi. Uning tuyuq janrini takomillashtirishdagi 
xizmatlari ma’lum. «Gul va Navro’z» dostonida  ham tajnisli qofiyalarga murojaat qiladi.Masalan, Navro’z Gul ishqida telbanamo bo’lib 
chiqib ketganda otasi uni qaytarib keladi.
                Bu ish birla olib, yondurdi o’g’lin,
              Yonar o’t qa solib yondirdi o’g’lin.
       Mazkur baytning birinchi misrasidagi «yondurdi» so’zi orqali ota o’g’liga nasihatlar qilib bu ishdan «qaytarganligi»,  keyingisida esa 
«yondirdi»  ya’ni o’tda yondirdi, kuydirdi singari ma’nolar anglashilmoqda.
         Tangridan tilab olgan yakka-yu yagona farzandidan ayro bo’lish ota uchun og’ir musibat bo’lsa-da,  shahzodaning ko’ngliga qarshi 
bormoq ham tahlikali ekanligini hukmdor Farruh yaxshi anglardi:
            Otasi yig’lay-yig’lay uyga yondi,
            O’g’ul o’ynay-o’ynay yo’lg’a uzandi ( tazod )
Gul Savsanni Navro’z qoshiga yuborayotib deydi:
             Qabul etsang tobuqchiman kamina,
            Tarahhum qil tobuqchilar kamina.
Bu o’rinda «kamina» o’zim, men, ikkinchi misrada tobuqchiman «kamiga» degan tajnisli qofiyalar ifodalangan.
         Yarog’ uldir,  ki otlansaq bu shabgir,
        Qilib boshdin-oyoq tunlarni tayg’ir,
        Qochib Farxor iqlimidin oshsaq,
        Borib Navshod Mulkini toloshsaq
        Rizo berdi Guli Mushkin bu so’zg’a,
       Burunqi ahdini qilmadi o’zga….
       Shoir Gul va Navro’zning  go’zal tashqi qiyofasini tasvirlash bilan ularning ma’naviy dunyosini boyitsa, Baxmanning beo’xshov 
qiyofasi, Shayx Najdining do’zaxga o’xshash ko’zi tasviri va boshqalar bilan salbiy obrazlarning razilligini yanada chuqurroq ochadi. U 
iztirob chekayotgan kishini chala so’yib tashlangan parrandaga, jangni qora bulut yoki dahshatli quyunga o’xshatish kabi soda va go’zal 
badiiy vositalar yaratadi. [ 3,  346-bet ] 
Asar g’oyasining yorqinligi va unda insoniy fazilatlarning ulug’lanishi va 
aksincha, salbiy xarakterning qoralanishi, timsollar tasvirining betakrorligi va 
ayrim detallar, obrazlarning ramziyligi, voqealar rivojining interaktivligi va 
jadallashuvi ularga an’anaviy urf-odatlarning singdirilishi-yu axiyri yaxshilik va 
muhabbatning g’alaba qozonishining tasvirlanishi kishida  doston mutolaasi 
jarayonida doston temasi, badiiyatini  g’oyatda aniqlik bilan fahmlashi va asar 
tilini tushunishiga ko’maklashadi.Ko’rinib turganidek, asar kompozitsiyasi va 
qurilishi murakkab emas.Muallif har bir personaj uchun obrazli ifodalar bilan 
sayqal beradi. «Gul va Navro’z» hajmi, mavzusi, obrazlari, g’oyaviy motivlari 
va badiiy qimmati jihatidan mukammal va boshqa dostonlardan  ajralib turuvchi 
asardir.        

         Shoir nafaqat   « Gul va Navro’z», balki boshqa asarlarni ham dunyoga 
taqdim etishi bilan ko’pgina janrlar rivoji uchun hissa qo’sha oldi.Jumladan, 
tuyuq  janrining go’zal namunalarini yaratganligi ko’pgina manbalarda o’z 
tasdig’ini topgan.Bundan tashqari tashbeh, tashxis, tazod,tanosub, husni ta’lil, 
mubolag’a va boshqa tasvir vostilalariga takrorlanmas miniaturalar chizdi, 
ulardan asarning asl mohiyatini ochishda mahorat bilan foydalandi.         U M U M I Y    X U L O S A L A R
         Xulosa o’rnida shuni ayta olamizki, davrlar o’tsa-da, zamonlar o’zgarsa-da insonlar qalbidan muqim joy 
egallagan, ularni ezgu ishlarga ilhomlantira olgan, adib va uning asariga hurmati baland insonlar qalbini zabt 
etgan mukammal, qimmatli asarlarimizning nomi qalbimizdan hamda tariximizdan hech qachon o’chmaydi
        Buyuk tariximizni, sarhadlarimizni, bobokalonlarimizni, ular boshdan kechirgan muhitni guvohi 
bo’lgan bu asarlar hali necha kelajak avlodga bilim berib, tarbiyat etsa neajab. Aslida ularni o’qimoq, 
tadqiq etmoq biz uchun sharaf. Shunday ming minglab asarlar qatoridan yetuk ijodkor adib Mavlono 
Haydar Xorazmiy va uning asarlari o’rin olar ekan, shoirning adabiyotimizni ravnaqiga qo’shgan hissasini 
takror aytsak o’rinlidir.Binobarin, Xorazmiyning o’zbek tilini rivojlantirishdagi xizmatlari ham katta.U 
turkiy tilning chig’atoy shevasidan foydalanish orqali tilni me’yorlashtirish va asrlar davomida saqlanib 
qolgan adabiy an’anani yaratishga yordam berdi.Uning she’riyati va nasri hozirgi zamon adiblari uchun  
namuna bo’lib qolmoqda, uning ta’sirini ko’plab zamonaviy o’zbek yozuvchi va shoirlari ijodida ko’rish 
mumkin.
              « Navro’z»  madhiga  yoki  navro’z  obraziga  bag’ishlangan  asarlar  salmoqli  bo’lib,  ular  orasida 
Haydar  Xorazmiyning  «Gul  va  Navro’z»  ida  Navro’zni  ideal  qahramon,  chin  oshiq  obrazga  ko’targan, 
syujetlarning  professional  tasvirini  chiza  olgan,  kulminatsion  nuqtaning  inson  emotsiyasiga  katta 
taa’ssurot bera oladigan  darajada yetuk san’at asarini tuhfa etdi. « Navro’z»  madhiga  yoki  navro’z  obraziga  bag’ishlangan  asarlar  salmoqli  bo’lib,  ular  orasida  Haydar 
Xorazmiyning  «Gul  va  Navro’z»  ida  Navro’zni  ideal  qahramon,  chin  oshiq  obrazga  ko’targan,  syujetlarning 
professional  tasvirini  chiza  olgan,  kulminatsion  nuqtaning  inson  emotsiyasiga  katta  taa’ssurot  bera 
oladigan  darajada yetuk san’at asarini tuhfa etdi.
                  «Gul  va  Navro’z»  asari  to’g’risida  juda  ko’plab  izlanishlar  olib  borilishi  bilan  birga  tanqidiy  hamda 
munozarali bahslar bir muddat davom etdi. Bu davr mobaynida Haydar Xorazmiy va uning asariga oid bir 
qator  yangi  faktlar  va  isbotlovchi  dalillarning  topilishi  juda  katta  va  samarali  ish  bo’ldi.Hozirda    ko’plab 
adabiyotshunos  olimlarimiz uning tanqidiy matni ustida ish  olib bormoqda .
                        Xalqimiz  ma’naviyatining  shakllanishida  tariximizning      uzoq  o’tmishda  yaratilgan  badiiy  adabiyot   
alohida  qadr-qimmatga  ega.                Darhaqiqat,  har  bir  asar  zamirida  muallif  ichki  kechinmalarini  ifoda 
etuvchi  ilmiy-falsafiy,  ma’naviy  axloqiy,  ishqiy  yoki  qahramonlikning  in’ikosi  yashiringan  bo’ladi.    Ba’zilari   
razolat yoki jaholatni,  adolatsizlik yoki qonxo’rlikni qoralasa,  boshqalari esa dunyoning go’zalligini,  ilohiy 
ishqni yoki ma’rifatparvarlik tuyg’ulari bilan komil insonni tarbiyalaydi.

HAYDAR XORAZMIYNING «GUL VA NAVRO’Z» ASARI

I. KIRISH (ISHNING UMUMIY TAV SIFI) II. Asosiy qism: I. BOB: XV asr birinchi yarmi adabiyoti va Haydar Xorazmiy ijodi 1. 1. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi 1. 2. Shoirning «Gul va Navro’z» dostoni borasidagi bahslarga doir Bob yuzasidan xulosa II. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA «GUL VA NAV RO’Z» SUJETI 2. 1. Mumtoz adabiyotda ramziy dostonnavislik 2. 2. «Gul va Navro’z» turkumidagi dostonlar haqida Bob yuzasidan xulosa III. BOB:Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro’z» dostoni: mavzu, g’oya, poetika masalalari 3. 1. Dostonning sujeti, timsollar olami, kompozitsiyasi, mavzu va g’oyasi 3. 2. Badiiy tasvir vositalarining doston g’oyasini ifoda etishdagi o’rni Bob yuzasidan xolasa III. UMUMIY XULOSALAR IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI MUNDARIJA

TAQDIMOT MAV ZUSINING DOLZARBLIGI VA ZARURIYATITAQDIMOT MAV ZUSINING DOLZARBLIGI VA ZARURIYATI Bugungi kunda shu qadar jadal tarzda rivojlanib borayotgan fan, texnika va texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz, xalqimizning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarimiz hamda milliy o’zligimizni anglatuvchi tariximizni, adabiyotimizni chuqur isloh qilish, targ'ib etish, yangilash va boyitib borish biz yosh kadrlarning oliy maqsadimizdir. O’tmishda yaratilgan mo’tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir insonning shu yurtda istiqomat qiluvchi shaxslarning ulug’ burchidir. Adabiyotimizning asrlar osha davom etib kelayotgan mukammal asarlarini keng xalq ommasiga yetkazishda muhim yutuqlarga erishilmoqda.Shuningdek, hozirgacha ayrim noma’lum bo’lib kelayotgan qo’lyozmalarni aniqlab ularni nashr etish borasida bir qancha ikkilanishlarga sabab bo’layotgan ma’lum bir masalalar diqqatimizni tortadi. Jumladan, «Gul va Navro’z» masnaviyi muallifi masalasi jiddiyroq o’rganishga muhtoj muammolardan biri sanaladi .

TAQDIMOTNING MAQSADI VA VA ZIFALARITAQDIMOTNING MAQSADI VA VA ZIFALARI - - JJ ahon va o’zbek manbalarida keltirilgan Haydar Xorazmiyning hayoti va ijodiga oid bo’lgan ahon va o’zbek manbalarida keltirilgan Haydar Xorazmiyning hayoti va ijodiga oid bo’lgan tadqiqot va mulohazalarni umumlashtirish;tadqiqot va mulohazalarni umumlashtirish; -Haydar Xorazmiy ijodiga milliy istiqlol g’oyasi asosida yondashish;-Haydar Xorazmiy ijodiga milliy istiqlol g’oyasi asosida yondashish; - shoirning adabiy merosi masalasida keltirilgan fikrlar va bahslarni o’rganish va xulosa berish;- shoirning adabiy merosi masalasida keltirilgan fikrlar va bahslarni o’rganish va xulosa berish; - mumtoz adabiyotda “Gul va Navro’z” sujeti, genezisi hamda ramziy an’anaviylikni yoritish;- mumtoz adabiyotda “Gul va Navro’z” sujeti, genezisi hamda ramziy an’anaviylikni yoritish; - shoir masnaviyi va uning janrlar tarkibini o’rganish;- shoir masnaviyi va uning janrlar tarkibini o’rganish; - «Gul va Navro’z» dostonining mavzu va g’oyalar ko’lamini tahlil qilish, ma’naviy san’atlarni - «Gul va Navro’z» dostonining mavzu va g’oyalar ko’lamini tahlil qilish, ma’naviy san’atlarni aniqlash, obrazlar talqini va ularni sharhlash. aniqlash, obrazlar talqini va ularni sharhlash.

TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI - Haydar Xorazmiy ustozlari va zamondosh shoirlari asarlarida qanday talqinda aks etganligi, ularning bir- biriga mosligi, hayotiy kechinmalari va ijodining qay yo‘sinda o‘tganligi hamda mumtoz tarixda tutgan o‘rnini aniqlash; - Shoirning doston janriga qo‘shgan hissasi, dostonda hikoya janrini qo‘llashi va boshqa adiblar dostonlari bilan chog‘ishtirish; - «Gul va Navro‘z» asari yuzasidan izlanish olib borish, asarni poetikasi, kompozitsiyasi, g‘oyaviyligi, personajlar va ma’naviy san’atlar orqali yoritish.