logo

Hind okeani

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

20621.004882812 KB
Hind ok eani        Asosiy  xususiy at lari. 
Eng sho‘r okean, 
eng issiq ko‘rfazi 
mavjud (Fors 
qo‘ltig‘i), eng 
katta suvosti 
deltasi bor, 
cho‘kindi jinslar 
eng qalin (5,5 
km, Gang 
deltasi), Himolay tog‘I 
Gang deltasi       asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng 
kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor (Mozamik bo‘g‘izi),      neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi 
bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda 
yetakchi hisoblanadi.       Geografi k  o‘rni. 
“ Hind” so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni anglatadi.
Bu okean sayyoramizda o‘ziga xos joylashgani bilan ajralib turadi.     Okeanning katta qismi janubiy yarimshardadir. Shimoldan 
Yevrosiyo bilan tutashgan, Tinch  okeandan Katta Zond orollari va 
Avstraliya orqali ajralgan. Maydoni 76 mln km2.  Okean qirg‘oqlari 
unchalik parchalanmagan.     Shimolda Bengaliya va Fors qo‘ltiqlari, Arabiston dengizi 
quruqlikka kirib borgan. Orollar nisbatan kam. Yirik orollar 
okeanning chekkalarida joylashgan. Vulqon va marjon orollari bor.
Vulqon oroli  Marjon oroli  O‘rganilishi. 
Hind okeani sohillari qadimda taraqqiy etgan hududlar 
hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, bundan 6 ming yil oldin odamlar 
Hind okeani va uning dengizlarida suzish boshlangan.     Dastlab arablar, shumerliklar Fors qo‘ltig‘i,  Qizil dengizda 
suzishgan (mil. av. IV–V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (mil. av. VI 
asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan 
qaytib kelganlar.
ArablarShumerliklarFinikiyaliklar    Yevropaliklardan Vasko da Gama (1497–1499) davridan boshlab 
okean haqidagi ma’lumotlar to‘plana boshlashgan.  A. Tasman (1642–1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya 
janubiga) suzib
o‘tgan bo‘lsa, J. Kuk (1771–1775) okean chuqurligini aniqladi.   Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. 
“Chellenjer”
kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960–1965- yillarda 
tashkil etilgan  Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean 
to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.     Ok ean t ubi rely efi . 
Okeanning o‘rtacha chuqurligi 3700 
metr, eng chuqur joyi Yava (Zond) 
cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7 729 m 
ga teng.     Okeanda materik 
sayozligi katta 
maydonni 
egallamagan. Okean 
tagi boshqa 
okeanlardagiga 
qaraganda katta. Uni 
ko‘plab qirlar kesib 
o‘tgan.      G‘arbiy qismida Afrikadan janubda Atlantika tog‘ tizmalari bilan tutashgan 
suvosti tog‘lari cho‘zilgan. Tog‘ tizmasining o‘rta qismida chuqur yoriqlar, 
vulqonlar otilib, zilzilalar bo‘lib turadigan joylar bor. Bu yer po‘sti yoriqlari 
Qizil dengizda davom etadi.    Okeanning Bulardan tashqari, 
Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind 
tog‘lari va Avstraliya- Antarktida 
ko‘tarilmalari bor. Okeanning 
sharqiy qismida Markaziy va 
G‘arbiy Avstraliya botiqlari 
mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy 
Hind tizmasi ajratib turadi. Tog‘ 
tizmalarining kengligi 400–800 
km, balandligi 2–3 km.1
6
3 5
2 4   Suv ining harorat i v a sho‘rligi, oqimlari. 
Okeanning shimoliy qismida suv 
yuzasining harorati yuqori +25…+28 °C, 
janubida esa ancha past.    Suvining sho‘rligi  Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. 
Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42‰), sho‘rligi eng pasti Bengaliya 
qo‘ltig‘i (30–34‰) suvlaridir.
21
Qizil dengizBengaliya qo‘ltig‘i    Okeanning shimoliy qismida oqimlarning hosil bo‘lishiga 
mavsumiy
shamollarning almashinishi ta’sir ko‘rsatadi. Musson shamollari 
suv harakati
yo‘nalishi harakatini o‘zgartiradi.    Okeanda Musson, Janubiy passat, Mozambik, Igna burni iliq 
oqimlari, G‘arbiy shamollar, G‘arbiy Avstraliya, Somali sovuq 
oqimlari bor.  Organik  duny osi. 
Hind okeani 
organik dunyoga 
boy. Uning 
shimoliy qismida
baliqlardan 
sardinella, 
skumbriya, 
akulalar, janubiy 
qismida oqqonli 
baliqlar, masalan, 
muzbaliq va 
boshqalar 
uchraydi. SardinellaSkumbriya
AkulaOqqonli baliq (Muzbaliq) Oqqonli baliq (Muzbaliq)   Ayniqsa, materik sayozligida hayot qaynaydi. Suvo‘tlar suvosti 
o‘tloqlarini hosil qiladi.  Afrika, Osiyo va Avstraliya qirg‘oqlarida qisqichbaqasimonlar, iliq 
suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, mollyuskalar 
(kalmarlar) yashaydi. (65-rasm)
QisqichbaqaDengiz toshbaqasi Dengiz iloni
Dengiz iloniMollyuska (kalmar)  Tabiat  mint aqalari. 
Okeanning ekvatorial mintaqasida iqlim sharoiti 
yil davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv 
harorati 20–28 °C. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 2 
000–3 000 mm ni tashkil etadi. Shunga mos 
tabiat kompleksi shakllangan.20–28 °C 2 000–
3 000 mm     Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik 
kompleksni — iliq va sovuq suv 
massalaridan tashkil topgan tabiat 
komplekslarini ko‘ramiz. Mintaqaning 
g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p (1 
000 mm), iliq oqimlar ta’sirida 
bo‘lganidan yil davomida suvi iliq, 
harorati ancha yuqori bo‘ladi. Sharqiy 
qismida esa sovuq oqimlar ta’sirida yil 
davomida suvning harorati past bo‘ladi, 
yog‘in kam (500 mm) yog‘adi.Iliq Sovuq
1 000 
mm 5 00 
mm Okeanning janubida mo‘tadil va 
subantarktika tabiat mintaqalari 
joylashgan.  Ular tabiatining 
shakllanishida g‘arbiy shamollar va 
muzli Antarktida materigining ta’siri 
kuchli. Mintaqalar yuza suvi nisbatan 
sovuq bo‘lgani uchun shunga mos 
organizmlar yashaydi.  Ek ologik  muammolari v a t abiat ini muhofaza qilish. 
Hind okeanining 
tabiiy boyliklari 
hozircha yetarli 
darajada 
o‘rganilmagan va 
o‘zlashtirilmagan. 
Okean shelfi 
foydali 
qazilmalarga boy. 
Ayniqsa, Fors 
qo‘ltig‘ida neft va 
gaz konlari ko‘p.     Neft qazib olish va tashish suvning ifloslanishiga olib keladi. 
Natijada ko‘plab organizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.      Okeanning shimoli-g‘arbiy sohilidagi chuchuk suvlari deyarli yo‘q 
bo‘lgan mamlakatlarda sho‘r suv chuchitilmoqda.     Hind okeani orqali ko‘plab kemalar qatnaydigan yo‘llar o‘tgan. 
Okeanning shimoliy qismida dengiz yo‘llari ko‘p. Bu joyda shu 
vaqtga qadar kichik yelkanli kemalardan foydalaniladi.   Hind okeani neft bilan ifloslanganlik darajasiga ko‘ra ikkinchi 
o‘rinda turadi. Shuning uchun okean suvini ifloslanishdan saqlash, 
tabiiy boyliklarini asrash talab etiladi.   ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi 
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz

Hind ok eani

Asosiy xususiy at lari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud (Fors qo‘ltig‘i), eng katta suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), Himolay tog‘I Gang deltasi

asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor (Mozamik bo‘g‘izi),

neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.