Hozirgi o‘zbek tilida fonemalarning variantlashuvi, va fonetik jarayon. Hozirgi o‘zbek tilida urg‘u va bo‘g‘in. Nutqning fonetik bo‘linishi.
Hozirgi o‘zbek tilida fonemalarning variantlashuvi, va fonetik jarayon. Hozirgi o‘zbek tilida urg‘u va bo‘g‘in. Nutqning fonetik bo‘linishi. Reja: 1. Fonetik hodisalar. Fonetik hodisalar haqida ma’lumot. 2. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar: assimilyasiya, akkomodasiya, ularning turlari. 3. Pozision omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar: reduksiya, ochiq bo‘g‘indagi unlilarda sifat o‘zgarishi, ayrim jarangli undoshlarning so‘z oxirida jarangsizlanishi. 4. Komibanator va pozision omillarning fonetik jarayonlarda birga ishtirok etish holatlari. 5. Pozision-sintagmatik omillar ta’sirida bo‘ladigan o‘zgarishlar: tovush orttirilishi, tovush tushishi, metateza, dissimilyasiya. 6. Geminasiya, uning til va nutqdagi ahamiyati. 7. Hozirgi o‘zbek tilida urg‘u va bo‘g‘in. Nutqning fonetik bo‘linishi Bo‘g‘in (sillabema). Bo‘g‘in haqida umumiy tushuncha. Bo‘g‘in tuzilishi. Bo‘g‘in markazi. Bo‘g‘in tiplari: barkitilgan bo‘g‘in, berkitilmagan bo‘g‘in, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in. Bo‘g‘in tiplarining boshqacha tasniflari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati. 8. Aksentuatsiya va intonatsiya. Aksentuatsiyaning urg‘ular tizimi ekanligi. Urg‘u tiplari. So‘z urg‘usi, uning fonetik tabiatiga, o‘rniga va harakat qilish belgisiga ko‘ra turlari. Sintagma urg‘usi. Ayriuv urg‘usi, uning turlari. Intonatsiya, uning prosodik elementlari. Intonatsiya turlari. Intonatsiyaning nutqdagi o‘rni.
• Fonetika - tilshunoslikning fonetik birliklar, ular-ning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma`lumot beruvchi bo‘limi. Segment birliklar - so‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza. Supersegment birliklar - urg‘u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment birliklardan farq qiladi. Shakllantiruvchi vazifa – fonetik birliklarning «qurilish materiali», leksema yoki morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari. Tanituvchi vazifa - fonetik birliklarning so‘z qiyofasini «tanib olish» va shu orqali so‘zning ma`nosini «eslab qolish» uchun xizmat qilishi. Fonetik so‘z - nutq tovushlarining ma`lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan so‘zning fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani. 1. Fonetik hodisalar. Fonetik hodisalar haqida ma’lumot.
• Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma`lumot beruvchi turi. Xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir til tovush-lari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. Tarixiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) O‘rganadi. Tavsifiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) O‘rganadi. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab O‘rganadigan fonetika. Eksperimental (instrumental) fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizikakustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika.
• Tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga oladi. Fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik- funktsional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist fonologlar haqida qisqacha ma`lumot berish. Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment birliklarga bo‘linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo‘g‘in kiradi. Bunday birliklar so‘z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo‘nalishda bir- biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan, kitob so‘zidagi ota’ tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo‘g‘in( ki-tob ) segment birliklar, demak, shu so‘z tarkibidagi qismlar sanaladi. b) supersegment birliklar ga urg‘u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador bo‘lib, ularni so‘z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiev) deb nomlash hollari ham uchraydi.Fonetikaning predmeti va maqsadi
• Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi: • 1) shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyuhaya funktsiya ). Bunda fonetik birliklarning so‘z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‘zining tarkib topishida 5ta tovush (p, a, x,t,a), ikkita bo‘g‘in ( pax-ta ) va bitta so‘z urg‘usi ( paxta ) «qurilish materiali» vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so‘zining tovush qiyofasi - fonetik so‘z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak, so‘roq va buyruq gaplarning o‘ziga xos intonatsiyalari, she`riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo‘ladi; • 2 ) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatel`naya funktsiya ). Bunda fonetik so‘z tarkibidagi fonetik birliklarning shu so‘zni va uning ma`nosini «tanib olish» va «eslab qolish» uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: so‘z va uning ma`nosi (yoxud morfema va uning ma`nosi) shu so‘zning (yoki morfemaning) fonetik qobig‘i tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi.