hunarmandchiligi tarixi
“ O`rta Osiyo xalqlarining kulolchilik hunarmandchiligi tarixi”
Reja: I. Kirish; II. Asosiy qism: 1. Kulolchilik hunarmandchiligi tarixi; 2. O`zbekistonda kulolchilik hunarmandchiligiga hissa qo`shgan ustalar; 3. Kulolchilik san’ati maktablari; III. Xulosa.
Kirish O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng Vatan tarixini o’rganish va tadqiq etish, o’zlikni anglashga qiziqish ortdi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan”. Shubhasiz, tarix shohidligi shaxs kamoloti uchun saboq bo’lib, insonga tegishli ta’lim- tarbiya beradi. O’z navbatida haqqoniy tarixni o’rganish va tarixiy merosni tiklashda inson tarixiy xotirasining o’ziga xos o’rni bor. Tarixiy xotira bu – hayot mazmunini, avlodlar o’rtasidagi vorislik tuyg’usini anglash demakdir. San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go’zallik hissi ortdi, voqelikdagi go’zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Hunarmandchilikning bir bo’lagi bo’lgan kulolchilik tarixi ana shu hunarmandchilikning paydo bo’lishidan to hozirgi zamon bosqichigacha bo’lgan davr kulolchilik taraqqiyotini o’rganadi, shu davr mobaynida yashab ijod etgan va ijod qilayotgan kulollar hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishadi, ularning asarlarini tahlil etadi, taqqoslaydi. Kulolchilik tarixi taraqqiyotida sodir bo’lgan turli badiiy maktab, yo’nalish, oqim va uslublar kurashining mohiyatini yoritadi. O’zbekiston kulolchiligi – badiiy ish uslublari eng qadimiy turlaridan hisoblanadi.
Kulolchilik hunarmandchiligi tarixi Kulolchilik qora loydan mo‘jizakor go‘zallik yaratgan SHarqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. Bu qora loy, saxovat, halollik, ezgulik timsolidir. Tuproq insonlarning barcha extiyojini o‘z zimmasiga olgan farovonlik, to‘kinlik, rizq-ro‘z, go‘zallikning eng oliy ko‘rinishi san’atining zaminidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug‘ullanadi. Ular o‘ziga xos tomonlari bilan bir- biridan farq qiladi. O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega.
Kulolchilik charxi miloddan avvalgi 3-ming yillikning boshlarida ixtiro qilingandan keyin kulolchilik bilan erkaklar shug‘ullana boshlaganlar. Keyinchalik l oydan yasalgan idish- tovoqlarni maxsus o‘choq hamda xumdonlarda pishirganlar. VIII—XII asrlarda kulolchilik O‘rta Osiyoda yaxshi rivojlangan. Buni Afrosiyobda va O‘rta Osiyoning boshqa y erlarida topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo madaniyati tez sur’atlar bilan rivojlandi. YAngi ko‘tarilish davri bo‘ldi. O‘rta Osiyoda suvga bo‘lgan ehtiyoj katta bo‘lgani uchun sopol idishlarni tez sur’atlar bilan ishlab chiqarishga ehtiyoj sezildi. Asrlar osha ularning shakli va bezagi nafislashib bordi. Ustalar turli-tuman kulolchilik buyumlarini yasashdan tashqari ularni yuksak did bilan bezay boshladilar.