HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT
HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT BARPO ETISH VA MAMLAKATIMIZNNING XALQARO OBRO‘SI YUKSALISHIDAGI ROLI
O’zbekiston demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallamoqda. Barqarorlik va millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo’lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o’zgartirish sohasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazilmoqda. Hokimiyatning bo’linish prinsipini amalga tatbiq qilish natijasida sud hokimiyatini mustaqil hokimiyat sifatida shakllantirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asosan sud hokimiyatiga odil sudlovni jinoyat, fuqaroviy va xo’jalik ishlari bo’yicha amalga oshirish bilan birgalikda chiqariladigan qonuniy aktlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos bo’lishi ustidan nazorat olib boorish vazifasi yuklangan.
Mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu sohadagi islohotlar demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning zamonaviy strategiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ijtimoiy, siyosiy va davlat-huquqiy hayotning barcha sohalarini qamrab olib, pirovard maqsadi huquqiy davlatchilikni barpo etish bo’lgan ushbu islohotlar Respublikaning sudlov tizimini ham qamrab olmoqda. Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas zarur tarkibiy qismidir. Sud-huquq islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir. Huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida bugungi kunda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Har qanday jamiyatda o’z fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya doim birinchi vazifa sanalgan. Chunki, Sh.Monteskye keltirib o’tganidek,fuqarolik jamiyatida siyosiy erkinlik zarurati huquqiy davlatchilikni barpo etishning muhim sharti bo’lib, bu erkinlik huquqiy davlat fuqarolarining xavfsizligida ifodalanadi. Xususan, “Ozodlik qonun yo’l qo’yadigan hamma narsani qilish huquqidan iborat. Mabodo, fuqaro ushbu qonunlarda ta’qiqlangan narsalarni qiladigan bo’lsa, u ozod bo’lmasdi, zero, boshqa fuqarolar ham xuddi shunday qilgan bo’lardilar”. 1 Demak, Monteskyening fikricha huquqiy davlatga siyosiy qonuniylik va xavfsizlikni qaror toptirishga, hokimiyatni bir-birini cheklab muvozanatga solib turuvchi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’lish yo’li bilan erishiladi. Zero huquqiy davlat suveren bo’lgan xalqning irodasiga bog’langach,“faqat millat chinakam suverendir. Faqat xalqqina chinakkam qonun chiqaruvchibo’la oladi. Faqat xalq irodasigina siyosiy hokimiyat hisoblanadi”