logo

ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17513.752929688 KB
MAVZU:  IJTIMOIY PEDAGOGIKANING 
KATEGORIYALARI VA MEXANIZMLARI 
Reja:

  1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika 
kategoriyalari

  2. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

  3. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.

İjtimoiy pedagogikaning mexanizmlari 
H ar  bir  fanni  shu  fanning  o`rganish  predmetiga  asoslangan  bilimlar  tiz i mi  ajratib 
turadi.  Fanning  bilimlar  tizimi  uning  tushuncha  va  kategoriyalarida  o`z  aksini  topadi. 
Tushuncha  —  real  olamni  bilish  jarayonida  aks  etish  shakllaridan  biri.  Reallikning 
o`zgaruvchanligi  va  ko`p  qirraliligi  tufayli  tushunchalar  dinamik,  rivojlanadigan  tavsifga 
ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`li q  ravishda o`zgaradi.

H ar  qanday  fanning  rivojlanishi  jarayonida  tushunchalar  ana  shu  fan 
kategoriyalariga  birlashadi.  Fan  kategoriyalari  shu  fanda  qo`llaniladigan  yanada 
kattaroq,   amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy 
kategoriyalariga  “ta'lim”,  “tarbiya”,  “ma'lumot”  singari  tushunchalar  kiradi.  Shu 
kategoriyalar  asosida  “shaxs”,  “rivojlanish”,  “faoliyat”,  “jamiyat”,  “ijtimoiylashuv” 
singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi.  Pedagogika kategoreyalar

Ta’lim

O’qish

Tarbiya

Pedagogik faoliyat Ijtimoiy pedagogik kategoriyalar

Ijtimoiy ta’lim

O’qishning ijtimoiy 
jihatlar

Ijtimoiy tarbiya

Ijtimoiy pedagogik 
faoliyat 
Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy 
madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga 
ijtimoiy  madaniyat  tajribalarini  singdirishga,  jamiyatda  o`z-o`zini 
boshqarishga  sharoitlar  yaratishga  qaratilgan  kasbiy  faoliyatdir.  U 
ma'lum  shaxsga  qaratilgan  bo`lib,  aniq  manzilga  yo`naltirilgan 
faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega. 
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan 
ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma 
va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy 
ta’lim deyiladi. 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri 
bo`lgan  ijtimoiy ta'lim  	kategoriyasi ikki tomonlama 
xususiyatga ega. 
Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam 
beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish 
jarayonidir.

Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy so h ada ishlash uchun 
maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy 
yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi 
  dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish

  ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o g’ ish) bolalarni ijtimoiy 
reabilitatsiya qilish  BU ISHLAR IKKI SHAKLDA AMALGA OSHIRILADI:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.

2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik 
qilishi. 
Bolaning ijtimoilashuvi nimaga kerak ? 

Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
xul q -atvorning me’yor va  q oidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga 
ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni  o’ zlashtiradi. 
Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. 
Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini 
topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.  Bu bolimlarni bola ijtimoiy 
ta’limdan oladi. 
Ijtimoiy  tarbiya  esa  bolaning  ijtimoiylashuviga  qaratilgan  ijtimoiy 
ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir.

Ijtimoiy  tarbiya  muammolari  xususida  A.V.Mudrik, 
V.D.Semyonova,  G.N.Filova  singari  olimlar  tadqiqotlar  olib 
borgan. A.V.Mudrik V.D.Semyonova 
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning 
sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar 
almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, 
alohida ko`rinishga ega.  
Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan 
etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, 
o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub 
guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi.

Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va 
tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning 
mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat 
ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb 
h isoblashlariga bog’liq.	
 O’zaro munosabat jarayonida amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, 
ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay 
sharoitlar yaratadi. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti 
sifatida pedagogikaning rivojlanish 
tarixi mobaynida olimlarning diqqat 
markazida bo`lib kelgan.   
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va	 umumiy	 kategoriyasidir. 
Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi	
 uning lug`aviy ma’nosidan 
ancha kengdir. Shuni	
 hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani 
insonning	
 qobiliyati, bilimi,	 qadriyatlar,	 u	 yashayotgan 
jamiyatga munosabatidan iborat 
imkoniyatlarini	
  rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus 
tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon 
sifatida ko’rib chiqish lozim. 
Boshqa  so’zlar  bilan  ifodalaydigan 
bo’lsak  ijtimoiy  tarbiyaning  maqsadi 
insonni  ijobiy  rivojlanishga  qaratilgan 
sharoitlar  yaratish  jarayoniga 
yo’naltirishdir.  IJTIMOIY PEDAGOGIK MEXANIZMLAR
Insonning  ijtimoiylashuvi  turli  omillar,  agentlar  bilan 
hamkorlikda  va  bir  qator  mexanizmlar  asosida  amalga  oshadi. 
Fransuz  olimi  Gabriel  Tard Amerikalik  Uri  Bronfenbrener,  rus 
olimlari  V.S.Muxina  va  A.V.Petrovskiylarning  tadqiqotlari 
ijtimoiylashuv  mexanizmlariga  turli  yondoshuvlarni  keltirib 
chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi 
mexanizmlarni alohida ajratib ko’rsatish imkonini beradi: BOSTIRISH  MEXANIZMI  
U ning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. 
Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy 
va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi. g`ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish 
mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning 
keng tarqalgan usulidir;                      A JRATISH MEXANIZMI
bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson 
o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan 
bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal 
qilishda kuzatiladi.                   O ’Z-O’ZINI CHEKLASH MEXANIZMI
B u mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga 
uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga 
hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o’z menini cheklab qo’yish, 
qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini 
qo’llashni oqlasa bo’ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. 
Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga olib 
keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk 
muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suza 
boshlaydi;                           L OYIHALASH MEXANIZMI
O ’z  kamchiliklarini  boshqalarga tegishli  deb 
hisoblash   loyihalash  mexanizmining  	
mohiyatini  tashkil 
qiladi.  O’ziga,  boshqalarga  qarshi  qaratilga  qaratilgan 
salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab 
qoladi.  SHubhali  inson  hammadan  gumonsiraydi,  xudbin 
hammani xudbin hisoblaydi; 
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKANING KATEGORIYALARI VA MEXANIZMLARI

 Reja:  1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari  2. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.  3. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.  İjtimoiy pedagogikaning mexanizmlari

 H ar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tiz i mi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`li q ravishda o`zgaradi.  H ar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi.

Pedagogika kategoreyalar  Ta’lim  O’qish  Tarbiya  Pedagogik faoliyat Ijtimoiy pedagogik kategoriyalar  Ijtimoiy ta’lim  O’qishning ijtimoiy jihatlar  Ijtimoiy tarbiya  Ijtimoiy pedagogik faoliyat

 Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.  Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.